Valid Viar
Zamonaviy taraqqiyot va bugungi texnologiya cho‘qqilari bilan urushlarning turi va mohiyati butunlay o‘zgardi. Dunyoning yirik mustamlakachi davlatlari o‘zlarini bevosita yo‘qotishlar insoniy va moliyaviy zararlaridan asrashga harakat qilmoqdalar va buning o‘rniga targ‘ibot va ruhiy bosim orqali olib boriladigan xavfliroq urushga yuz tutganlar.
Bu turdagi urushda barcha zamonaviy ilmiy va texnik vositalar u halol bo‘ladimi yo‘qmi ishga solinadi va asosiy maqsad dushmanni zaiflashtirish va yo‘q qilishdir. Kofirlarning islomiy mamlakatlar va musulmonlarga qarshi tarixiy urushi ham ayni shu uslubda, ya’ni yashirin vositalar orqali davom etmoqda. Chunki tarixiy haqiqatlar shuni isbotlaganki kofirlar musulmonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlarda doimo mag‘lub bo‘lib kelgan. Endi esa shu mag‘lubiyatlarni qoplash uchun sovuq va fikriy urush shakliga o‘tishgan.
Bu urushda islom dushmani bo‘lgan davlatlar bevosita ishtirok etadi va imkon qadar o‘zlarining barcha targ‘ibot vositalari ommaviy axborot vositalari nashriyot markazlari va texnologik tarmoqlaridan musulmonlar ayniqsa yoshlarga chalg‘ituvchi sovutuvchi va adashtiruvchi maqsadlarda foydalanishga harakat qiladilar. Ular shuningdek islomiy mamlakatlar orasida tashqi tomondan islomiy ko‘rinadigan lekin aslida qadimgi xavorijlarning davomi bo‘lgan guruhlarni mustahkamlab ularni zamonaviy va yashirin fitna sifatida ishlatmoqdalar.
Bu guruhlardan biri zamonaviy fitna ISHIDdir. Kofir davlatlar bu guruhni Islom va musulmonlarni badnom qilish maqsadida, islomiy timsollar va qadriyatlardan suiistifoda qilib tuzganlar. Bu guruh Iroq Suriya va bir muddat oldingi Jamhuriyat davridagi Afg‘onistonda dahshatli va qora tarixini yozgan.
ISHID avval boshda Xuroson nomi ostida xavorij bosqinchilar va avvalgi Jamhuriyat razvedka idoralari tomonidan moliyalashtirilib kuchli va mutlaqo islomiy guruh sifatida o‘zini tanitishga harakat qildi. Ammo Islomiy Amirlik mujohidlarining qat’iy kurashi va fidokorligi bilan tez orada tor-mor qilindi. Har qanday mag‘lub guruh kabi ISHID ham mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z mavjudligini kuchli ko‘rsatish uchun targ‘ibot va ruhiy urushga o‘tdi.
ISHID Afg‘onistonda sharmandali mag‘lubiyatga uchragach, keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini boshladi. Bu targ‘ibot G‘arbning qo‘llovi bilan ularning ommaviy axborot vositalari va bog‘liq axborot agentliklari orqali tarqatiladi. Ular bu orqali musulmonlarga ta’sir o‘tkazmoqchi o‘zlarini kuchli ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar. Ammo aslida bu targ‘ibot ularning vahshiylik zo‘ravonlik va dahshatining yuzaga chiqishidir. Ular inson jasadlarini yoqish bosh kesish va tana yo‘q qilishdan ham cho‘chimaydilar. Shu tarzda ular jang maydonida va haqiqat yo‘lida ko‘rgan mag‘lubiyatlarining g‘azabini chiqarishga harakat qiladilar.
Ularning targ‘ibot vositalari videolar, nashrlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali faol tarqalmoqda. O‘zlarini islom merosxo‘rlari va qonuniy hokimlar deb tanishtiradilar. Kurashlarini qonuniy ko‘rsatish uchun Qur’on oyatlari hadislari va fiqhiy masalalarni tahrif qilib odamlarni aldab saflariga tortishga harakat qiladilar. Ammo haqiqat shundaki ularning onlayn manzillari hech kimdan yashirin emas, lekin ularning ildizlari va nazorati homiy va rejachilar qo‘lida bo‘lgani uchun bu saytlar na buzilgan na senzura qilingan aksincha tobora yuqori sifatda kengayib bormoqda. Bu esa ISHIDning bosqinchilar qo‘lida vosita ekanligiga ochiq dalildir. Ular fikriy va sovuq urush maydonida islomiy libosdagi robotlar kabidirlar.
Ularning til va tasvirli xabarlari ko‘plab grammatik xatolar tahriflar va zidliklarga to‘la. Ehtimol bu materiallar aslida begona tillarda ishlab chiqilgandir. Shu bilan birga o‘zlarini islomiy qadriyatlarga eng sodiq va bilimdon sifatida ko‘rsatmoqchidirlar. Ammo haqiqatda ular faqat vosita sifatida foydalanilmoqda. Bugungi Afg‘oniston xalqi diniy bilim va siyosiy ong jihatdan shu darajagacha yetdiki hatto oddiy odamlar ham chinakam mujohidlar bilan yolg‘on da’vogarlarni farqlay olishadi. So‘nggi to‘rt yillik Islomiy Amirlik hukmronligi bu haqiqatni xalq uchun yaqqol namoyon qildi haqiqiy islom va islomiy boshqaruvning yagona vakili shu tuzumdir.
ISHID o‘z faoliyati davomida ko‘p bor islomiy xalifalik tushunchasining ruhiy jozibasidan foydalanishga harakat qilgan. Ayniqsa yoshlarga o‘smirlarga xayoliy va’dalar berib, ularni o‘z safiga jalb etgan va so‘ngra ularni bosqinchilar maqsadiga shafqatsiz xizmatga jalb qilgan. Ular ayrim sodda va tajribasiz musulmon yoshlarning sof diniy his-tuyg‘ularidan foydalanib islomiy xalifalikni barpo etish shahid bo‘lish jannat va dunyoviy ehtiyojlar uchun dollarli maoshlar va’dalari bilan o‘zlariga tortgan. Ko‘pchilik bu yoshlardan keyinchalik pushaymon bo‘lgan va ularning oilalari bu xatoni anglab yetgan.
Boshqa tomondan, ISHID o‘z da’vatini rad etgan yoki ularning yo‘ldan ozgan yo‘nalishidan yuz o‘girgan erkak ayol yosh-yoshli qarigacha bo‘lgan kishilarni o‘lim qamoq va yo‘q qilish bilan tahdid qilgan. Ularning bu uslublari islomiy axloq va xalifalik askarlari degan da’volarining yolg‘onligini fosh etadi. Aqli va sog‘lom vijdoni bor har bir musulmon bu zamonaviy fitnaning kofirlar tomonidan yaratilganini to‘g‘ri tushunadi va haqiqiy islomga tayanib bu shaytoniy mag‘lub guruh tuzog‘idan qutuladi.