Abdan Safi
AQSh Kongressining Vakillar Palatasi Afg‘onistonga yordamlarni to‘xtatish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilganidan so‘ng, ayrim yovuz niyatli OAV va tahlilchilar shunday mish-mishlarni tarqatdilarki, go‘yoki bu qaror Islomiy Amirlikning(ISHID) DAIShga qarshi kurashini zaiflashtiradi. Bunday da’volar xoh johillikdan bo‘lsin, xoh siyosiy g‘arazlardan kelib chiqsin haqiqat bilan hech qanday aloqasi yo‘q, balki bu Afg‘onistonning hozirgi chuqur xavfsizlik, e’tiqodiy va xalqiy haqiqatlarini inkor etuvchi ma’lumotiy chalg‘itishdir.
Islomiy Amirlik Afg‘onistoni xalq orasidan chiqqan, islomiy, tarixiy tajribalarga tayangan bir harakatdirki, u yovuz bosqinchilikni ag‘darish va islomiy tuzumni o‘rnatish yo‘lida yigirma yil qurbon bergan. Bunga qarshi (ISHID) DAISh esa bir chetdan keltirilgan, takfirchi va ekstremistik harakat bo‘lib, u Iroq va Shomdagi urushlardan so‘ng razvedka loyihalari orqali Afg‘onistonga ko‘chirildi va bu yerda ham qonli fitna alovini yoqishga urindi.
Islomiy Amirlik Afg‘onistoni nuqtayi nazaridan(ISHID) DAISh chet eldan keltirilgan bir guruhdirki, na islomiy qonuniyligi bor, na shar’iy asosga ega, na xalqiy qo‘llab-quvvatlashga ega va na diniy ijtimo’ga. Bu bir fitnachi harakat bo‘lib, ummat safini bo‘lib tashlaydi, musulmonlarni kofirga chiqaradi, olimlardan tortib begunoh musulmonlar va bolalargacha o‘ldirgan, va “islom” nomidan islom ruhini jarohatlagan.
Islomiy Amirlik nazarida (ISHID) DAIShga qarshi kurash faqat xavfsizlik zarurati emas, balki shar’iy farz, ummat oldidagi mas’uliyat va ummatning borligi masalasidir. Bu kurashning maqsadi xavorij mafkurasini tor-mor qilishdir. Bunday mafkura na birlikni tan oladi, na olimlarning o‘rnini, na ummat manfaatini. Bu jang hech qachon mablag‘ olish uchun emas, balki sof dinni asrash uchundir; shahidlar qonining hurmatini himoya qilish uchun olib borilmoqda; bu Alloh taoloning roziligini topish yo‘lidagi bir jihoddir, na Vashingtondan va na boshqa tashkilotlardan yordam olish uchun emas.
So‘nggi yillarda Islomiy Amirlik Afg‘onistoni (ISHID) DAIShga qarshi shiddatli va misli ko‘rilmagan kurash olib bordi, holbuki u paytda na davlatga ega edi, na byudjetga, na rasman tan olinishga va na tashqi yordamga. Shunga qaramay, u Nangarhor dan to Zabulgacha(ISHID)DAISh fitnasining ildizlarini sug‘urib tashladi. Bu kurash faqat qurol bilan emas, balki xalq qo‘llab-quvvatlovi, olimlarning yo‘l-yo‘riqlari va chuqur e’tiqodiy ishonch bilan olib borildi. Islomiy Amirlik uchun bu urush — islomiy, ummatga oid, milliy, shar’iy va axloqiy mas’uliyatdir, na chetdan bosim, na tashviqot mahsuli.
Boshqa tomondan, go‘yoki AQSh yordamlarining to‘xtatilishi Amirlikning (ISHID) DAIShga qarshi kurashini izdan chiqaradi degan iddao butunlay xato. Chunki bu urush o‘sha paytdan boshlanganki, AQShning harbiy kuchlari hali Afg‘onistonda hozir bo‘lgan edi. Shunga qaramay, Amirlik o‘z kurashini davom ettirgan. Aksincha, ayrim hollarda AQSh samolyotlari(ISHID) DAISh jangarilarini xavfli hududlardan qutqarib ketgani yoki ularga harbiy jihozlar bilan yordam bergani kuzatilgan. Hatto ayrim texnologiyalar va qurollar, faqat AQShning maxsus kuchlari qo‘lida bo‘lganlari (ISHID)DAISh qo‘liga o‘tganiga doir dalillar mavjud. Shu bois, haqiqat ochiq-oydin: Islomiy Amirlik(ISHID) DAIShga qarshi kurashni o‘z imkoniyatlariga, razvedka tarmog‘iga, e’tiqodiy qat’iyatga va xalq qo‘llab-quvvatloviga tayangan holda olib bormoqda, na chetdan moliyalashtirishga.
Bundan tashqari, Afg‘on xalqi (ISHID)DAIShdan nafratlanadi, xalq orasida, olimlar, qabila oqsoqollari va yoshlar orasida(ISHID) DAIShga qarshi chuqur va samimiy nafrat mavjud. (ISHID) DAISh mafkurasi afg‘onlar uchun yot, noma’lum va qonxo‘r bir mafkuradir. Islomiy Amirlik esa aynan shu xalqning ovozi, irodasi va rahbariyatidir. Shu bois bu urush xalq qalbi bilan bog‘liqdir, chet ellik bank hisoblari bilan emas.
Demak, agar AQSh yordamlarini to‘xtatsa — bu ularning siyosiy qaroridir, lekin hech qachon bu Islomiy Amirlikning e’tiqodiy pozitsiyasiga, xalqiy irodasiga va jihodiy mavqeiga zarar yetkaza olmaydi. Aksincha, bu holat mustaqillikni, barqarorlikni va xalqqa tayangan tizimni yanada kuchaytiradi.
Hammaga ayon bo‘lishi kerak: Islomiy Amirlik bilan (ISHID) DAISh o‘rtasidagi jang bu imon jangi, borliq jangi, ummat birligi va islomiy ummatning najoti uchun bo‘lgan kurashdir. Bu urush na mablag‘ uchun, na shuhrat uchun, na mansab uchun bu “La ilaha illallah” da’vatchilari bilan xavorij o‘rtasidagi urushdir. Bu urush fitna butkul yo‘q bo‘lib, din faqat Alloh uchun bo‘lmaguncha davom etadi.