Bacha Kakar
Pokiston 1947-yilda Britaniya Hindistonidan ajralib chiqqan bo‘lib, go‘yoki mustaqilligini qo‘lga kiritdi ammo haqiqatda bu yurt hech qachon haqiqiy ozodlikka erishmadi. Ingliz askarlari chiqib ketdi, biroq mustamlakachilik tafakkuri o‘z libosini almashtirib bo‘lsa-da o‘sha holicha qolaverdi.
Ayub Xondan tortib Bajvayu Osim Munirgacha, har doim Ravalpindida tayinlangan bir general Pokiston xalqining taqdirini belgilab keldi mazlum xalqga qaysi xorlikni qabul qilish kerakligini ular belgiladi. Bu rejim hech qachon xalq tomonidan qabul qilinmagan, hokimiyatni esa doim kuch bilan yelkalari ustiga yuklagan.
Bu badnom rejim tirik qolish uchun milliy byudjetning yetmish foizini fo‘jga ajratadi, holbuki mamlakatda qashshoqlik darajasi qirq foizga yetgan. Majburiy g‘oyib qilinganlar, sudsiz qatl etishlar, tabiiy boyliklarning talon-toroj qilinishi bular Pokistonning 78 yillik tarixidagi qora sahifalarning bir qismidir.
Pokiston paydo bo‘lganidan buyon Islom nomi va diniy shiorlardan foydalanib keldi ammo Islomga xizmat qilish uchun emas, balki aynan Islom va musulmonlarga zarar yetkazish vositasi sifatida. Uning tarixi xiyonat va makr bilan to‘la; uncha katta bo‘lmagan bir misol arab mujohidlarini qo‘lga olib, Amerikaga topshirishidir. Ular osoyishta hayotini, oilasini tark etib, bosqinchilarga qarshi jihod uchun kelgan edilar.
Dastlab IShID paydo bo‘lganida, ayrimlar bu guruhni ummatning najotkori deb o‘ylagan edi. Ammo bugun hech kimga sir emas: bu noto‘g‘ri yo‘ldagi guruh faqat Islomni zaiflashtirish loyihasidir. Shu haqiqat Pokistonni ushbu guruh a’zolarini yollab, o‘z razil rejalarini amalga oshirish uchun foydalanishga undadi.
Bu botil frontda nafaqat Pokiston va IShID balki sionistik rejim terrorchilari bilan yaqin aloqalar ham mavjud edi. Bu esa yirtqich Isroil rejimi uchun aralashuv eshiklarini ochdi. Ana shunda IShIDPokiston Sionizm uchburchagi shakllandi. Har bir tomon o‘z nomiga ega, ammo maqsadlari mushtarak Islomga qarshi rejalar.
Quyida ushbu qorong‘i uchburchakning ayrim amallarini ko‘rib chiqamiz:
- Baloch ozodlik kurashchilariga qarshi urush
Bu uchlikning umumiy maqsadlaridan biri Baloch Ozodlik Armiyasini (BLA) yo‘q qilish edi. Bu guruh hududni ajratib olish uchun emas, balki Pokiston armiyasining zulmiga qarshi qo‘zg‘olgan.
Ha, Pokistonga yetmish foiz gazni yetkazib beradigan viloyatning odamlarining sakson foizi hali ham elektrsiz yashaydi. Reko Diq va Saindak konlari armiyaning hamda xitoylik kompaniyalarining taloniga uchraydi, yerning asl egalariga hech qanday ulush berilmaydi. Qolgan minglab jinoyatlar esa bu maqolaga sig‘maydi.
- Tehrik-e-Tolibon Pokistonga qarshi kurash
Pokistonning keng targ‘ibotiga zid ravishda, TTP Afg‘onistondan import qilingan kuch emas bu guruh Pokiston armiyasining yillar davomida o‘z xalqiga qilgan zulmining mahsulidir. Swat, Vaziriston va Mohmanddagi qonli operatsiyalar minglab begunohlarni o‘ldirdi, madrasalar vayron qilindi, millionlab odamlar uyidan quvildi. Shu azob-uqubatlar yosh avlodda qo‘zg‘olon ruhini uyg‘otdi. Har bir TTP a’zosi Pokistonlikdir ularning dushmani esa sakson yildirki, pushtunlarni ikkinchi darajali fuqaro deb bilgan armiyadir. Bu dushmanlik bugun avvalgidan ham chuqur.
- Afg‘oniston Islomiy Nizomiga qarshi kurash
Pokiston–IShID–Isroil ittifoqining eng asosiy maqsadi Afg‘oniston Islomiy Nizomini zaiflashtirishdir. To‘rt yil avval tashkil topgan bu mustaqil Islom hukumati shu qisqa muddatda dunyoga o‘z qudrati va mustaqilligini namoyon qildi.
IShID terrorchilari AQSh bosqini davrida ham afg‘on mujohidlariga qarshi harakat qilgan edi. Ammo Afg‘onistonda tor-mor etilgandan so‘ng, ular endi Pokistonning ISI va sionistik Mossad soyasida tashqarida tayyorlanib, vaqti-vaqti bilan Afg‘onistonda fitna qo‘zg‘ashga urinib kelmoqda. Ammo ularning barcha rejalarini Islomiy Nizomning fidokor askarlari barbod qilmoqda.
O‘quvchi savol berishi mumkin:
Nega Isroil Pokiston va IShID bilan yonma-yon turadi?
Javob qisqa: manfaat.
Sionizm musulmonlar orasida beqarorlik yaratishga doim intiladi toki hech bir mustaqil, kuchli Islomiy davlat paydo bo‘lmasin. Baloch qo‘zg‘olonini bostirish, Pakistan Talibaniga qarshi yashirin urush, Afg‘oniston Islomiy Nizomiga bosim bularning barchasi Islom olamining kuchini so‘rib, uning qudratli bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu bois IShID va ISI faqat vositadir beqarorlik, bo‘linish va mustaqil Islom hukumatlarining kuchayishiga to‘sqinlik qilish vositasi.
