Ahmad Rashid Zarqa
Islomiy nizomning afzalliklari ketma-ketligining davomida yana bir qancha fazilatlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlariga quyida ishora qilamiz:
5- Islomiy nizom – bu butun dunyo uchun mo‘ljallangan tizimdir
Islom dasturi – bu butun insoniyat, barcha xalqlar, ijtimoiy qatlamlar va mas’uliyatlar uchun mo‘ljallangan global dasturdir. Bu dastur muayyan bir davr, guruh yoki zamonga xos emas, balki qiyomat kunigacha insonlarni hidoyat qilish uchun nozil qilingan to‘liq hayot tizimidir.
Islom musulmonlarni yagona ummat sifatida birlashtirib, global Islomiy nizom barpo qilishni istaydi. Bu esa faqat o‘zaro hamkorlik, ittifoq va jamoaviy itoat orqali amalga oshadi. Alloh taolo Qur’oni Karimning ko‘plab oyatlarida bu haqiqatni bayon qilgan, ya’ni Islomiy nizom global nizomdir:
قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ الله إِلَيْكُمْ جَمِيعًا (اعراف: ۱۵۸):1
Ma’nosi: Ey odamlar! Men hammangizga yuborilgan Allohning rasuliman.
Bu oyat shuni ko‘rsatadiki, Payg‘ambar alayhissalom faqat bir guruh emas, balki butun insoniyat uchun yuborilgan edilar.
وَ أُوحِيَ إِلَيَّ هَذَا الْقُرْآنُ لِأُنذِرَكُم بِهِ وَمَن بَلَغَ (انعام: ۱۹) :2
Ma’nosi: Bu Qur’on menga vahiy qilindi, toki men u bilan sizlarni va bu xabarga yetgan kishilarni ogohlantiray.
:3وَ مَا أَرْ سَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَالَمِينَ (انبیاء: ۱۰۷)
Ma’nosi: Biz seni faqat butun olamlar uchun rahmat qilib yubordik.
:4وَمَا هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَالَمِينَ (قلم: ۵۲)
Ma’nosi: Bu [Qur’on] butun olamlar uchun faqat bir eslatmadir.
Payg‘ambar alayhissalom aytganlar:
«وَكَانَ النَّبِيُّ يُبْعَثُ إِلَى قَوْمِهِ خَاصَّةً، وَبُعِثْتُ إِلَى النَّاسِ عَامَّةً»
Ma’nosi: Oldingi payg‘ambarlar faqat o‘z qavmlariga yuborilar edilar, men esa barcha insonlar uchun yuborildim.
Islom hamma davr va zamonlarda amal qilinadigan to‘liq va umumiy tizimdir. U nasx, tahrif yoki o‘zgartirishni qabul qilmaydi. Alloh taolo yahudiylik va nasroniylik haqida, ularning faqat Bani Isroilga xos ekanini quyidagicha bayon qiladi:
«فَأْتِيَا فِرْعَوْنَ فَقُولَا إِنَّا رَسُولُ رَبِّ الْعَالَمِينَ أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ»
Ma’nosi: Fir’avnga boringlar va aytinglar: Biz Robbul Alamnning yuborilgan elchilarimiz, Bani Isroilni biz bilan yubor.”
Islom muayyan bir hudud yoki davrga xos emas, balki butun insoniyat uchun yuborilgandir. Uning siyosiy tizimi ham global, universal va abadiy tarzda mo‘ljallangan, chunki barcha insonlar yagona Xudoning bandalari bo‘lib, barchalari Uning hidoyatiga muhtojdirlar.
6- Islomiy nizom – mu’tadil va muvozanatli tizimdir
Islomning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu – uning muvozanatli va o‘rtachilik asosidagi tizimga ega bo‘lishidir. Alloh taolo marhamat qiladi:
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَاكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِّتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ (بقره: ۱۴۳)
Ma’nosi: Sizlarni shunday qilib o‘rtacha ummat qilib qo‘ydik, toki sizlar odamlar ustidan guvoh bo‘linglar.
Islom – aqida, ibodat, axloq, ijtimoiy qadriyatlar, tafakkur va siyosiy tizim jihatidan mo‘tadil dindir. Uning siyosiy nizomi ham o‘rtacha va muvozanatlidir. Boshqa tizimlar kabi haddan oshgan (masalan, mutlaq diktatura) yoki butkul bo‘sh qo‘yilgan (masalan, mutlaq demokratiya) emas.
Islomda hokimiyat to‘liq bir kishining qo‘lida bo‘lishi (diktatura) ham rad etiladi, va ayni paytda xalq istaganini hech bir cheklovsiz qilishi mumkin degan qarash (mutlaq demokratiya) ham qabul qilinmaydi. Islomiy siyosiy tafakkurda rahbar “ahl al-hall va al-‘aqd” – ya’ni ilm, taqvo va mutaxassislikka ega kishilar tomonidan saylanadi.
Payg‘ambar alayhissalom aytganlar:
«خَيْرُ الأُمُورِ أَوْسَطُهَا» (Bayhaqiy va boshqalar rivoyati)
Ma’nosi: Eng yaxshi yo‘l – o‘rtacha yo‘ldir.
Shu asosda Islomiy tizim ifrot va tafritdan xoli bo‘lgan mo‘tadil, ilmga asoslangan va maslahatga tayangan tizimdir. Bu tizimda hokimiyat na mutlaq zo‘ravonlik, na butunlay xalqga topshirilgan shaklda bo‘ladi. Aksincha, u ilm va ixtisos egalarining maslahatiga asoslanadi.
Bunday muvozanatli siyosiy tizimning maqsadi – adolatni ta’minlash, tartibni saqlash va dinni har bir davr va avlod ehtiyojlariga moslashtirishdan iboratdir.