Islom tuzumining xususiyatlari! Uchinchi qism

Ahmad Rashid Az-Zarqo

Islomiy tuzumning fazilatlari silsilasini davom ettirar ekanmiz, quyida ushbu tuzumning yana ba’zi muhim afzallik va xususiyatlariga to‘xtalamiz.

2 – Ixtilof, nuqson va zidliklardan poklik:

Islomiy tuzum ilohiy bir tuzum bo‘lganligi sababli, har qanday kamchilik, nuqson, ixtilof va zidliklardan mutlaqo pokdir. Chunki ushbu tuzumning yaratuvchisi va qonun qo‘yuvchisi  mutlaq kamol egasi bo‘lgan Zotdir. U Zotning kamoloti taqozosi bilan tuzumi ham mukammal bo‘ladi, insonlar aqli bilan yaratilgan nuqsonli tuzumlarga o‘xshamaydi.

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

(وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ اللَّهِ لَوَجَدُوا فِيهِ اخْتِلَافًا كَثِيرًا)

(An-Nisa: 82)

Tarjimasi: Agar bu Qur’on Allohdan boshqadan bo‘lganida edi, albatta unda ko‘plab ixtiloflar topilgan bo‘lardi.

Inson tomonidan yaratilgan demokratiya yoki sotsializm kabi tuzumlar inson aqliga tayanadi, bu esa cheklangan. Shu sababli bu kabi tuzumlar doimo qarama-qarshilik va ixtilofga uchraydi. Islomiy qonun esa Alloh tomonidan nozil qilingan bo‘lib, u mukammal va zidliklardan xoli hisoblanadi.

3 – Islomiy tuzum  hurmat, itoat va ishonch asosidagi tuzumdir:

Bir musulmon ushbu tuzum Alloh tomonidan belgilanganiga qat’iy ishonganida, shunda u bunday tuzumga itoat qilish  ibodat, unga bo‘ysunmaslik esa  Allohning g‘azabini keltiradigan ish, degan e’tiqodga ega bo‘ladi. Islomda valiyul-amr (rahbarlar)ga itoat qilishning vojibligi va ularga bo‘ysunmaslikning haromligi haqida ko‘plab oyat va hadislar mavjud.

Alloh taolo Qur’onda shunday deydi.

(يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنكُمْ)

(An-Nisa: 59)

Tarjimasi: Ey mo‘minlar! Allohga itoat qiling, Rasulga itoat qiling va sizlardan bo‘lgan amirlarga (rahbarlarga) ham itoat qiling.

Alloma doktor AbdulKarim Hamdiy «Maqāsidul-Qur’an min tashrī’il-ahkām» nomli kitobida bu oyatni sharhlab aytadi: Bu oyatda valiyul-amrga (ya’ni musulmonlar rahbarlariga) itoat qilishga buyurilgan. Rasululloh ﷺ ga itoat qilishga doir barcha oyatlar ham  u zot musulmonlar ustidan hokim bo‘lganlari uchun  hukm sifatida nozil bo‘lgan.

Rasululloh ﷺ hadisi sharifda shunday deganlar.

«اسْمَعُوا وَأَطِيعُوا، وَإِنْ أُمِّرَ عَلَيْكُمْ عَبْدٌ حَبَشِيٌّ»

(Imom Buxoriy rivoyati)

Tarjimasi: Eshitib bo‘ysuninglar, hatto sizlarga boshliq qilib bir habashiy qul tayinlansa ham!

4 – Islomiy tuzum  qullik va asoratdan najot yo‘li.

Islomiy tuzum  boshqa insoniy tuzumlardan afzal bo‘lib, haqiqiy najot yo‘lidir. Chunki bu tuzum ilohiy hidoyat asosida tanlangan va insoniyat uchun eng mukammal tizimni taqdim etadi. Alloh taolo deydi:

(أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ ۚ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللهِ حُكْمًا لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ)

(Al-Maida: 50)

Tarjimasi: Ular johiliyat hukmini xohlaydilarmi? Yaqin e’tiqod egalari uchun Allohdan go‘zalroq hukm qiluvchi kim bo‘lishi mumkin?

Sotsializm va demokratiya kabi inson tomonidan ishlab chiqilgan tuzumlar qonun chiqarish va qo‘llashda inson aqlini oliy o‘ringa qo‘yadi va insonni har narsaning markazi deb biladi. Islom esa aksincha, qonun chiqarish huquqini faqat Allohga xos qiladi va inson tajribasi o‘rniga ilohiy vahiyga asoslanadi. Islomiy tuzum insonni har xil qullik va asoratdan qutqarish qobiliyatiga ega.

Xulosa qilib aytganda, Islomiy tuzum  johiliyat tuzumlariga muqobil va ularning o‘rnini bosuvchi tizimdir. Bu tuzum insoniyatga to‘liq, adolatli va ishonchli bir yo‘lni taqdim etadi  bu yo‘lda inson dunyoviy va oxirat najotiga erishadi. Holbuki, insonlar yaratgan qonunlar fasod, kamsitish va zulmga to‘la bo‘ladi.

Exit mobile version