Abu Javid
G‘arbning doimiy harakatlari natijasida jihod mo‘minlar ongida terrorizm va vahshiylik sifatida tasvirlandi. Islomiy tizimni tiklash uchun kurash olib borgan mujohidlar yaxshilik qiluvchilar sifatida tan olinishi o‘rniga, mo‘minlar ongida terrorchi sifatida ko‘rsatildi. Bu g‘arbning rejalaridan biri bo‘lib, to‘liq amalga oshirildi.
Bu quyoshdan ham ravshanroq haqiqatdir: jihod — bu kofirlarning eng ko‘p qo‘rqadigan yo‘lidir; ular tarix davomida jihod maydonlarida va qattiq janglarda mag‘lubiyatning achchiqliklarini tatib ko‘rgan. Islom ummati azamat va ulug‘vorlik cho‘qqisiga chiqqan paytda, bu azamat va ulug‘vorlik jihodning barakasi bilan hosil bo‘lgan. Har bir tarixiy yorqin nuqta, jihod va kurashning barakasidan porlagan.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Madina Munavvaraga hijrat qilgandan so‘ng Islomiy davlatni tashkil etdilar, ammo mamlakatni saqlash va Islomiy tizim hududini kengaytirish uchun shunday g‘azot tarixini qoldirdilar, bu har bir tizim uchun asosiy namunadir.
Ammo, afsuski, g‘azotlar bobini yosh ummatdan yashirishgan; g‘azotlar ularga na tahlil qilinib, na o‘rgatilgan.
Qalam sohiblari bu vazifani bajarishga mas’uldirlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotidagi har bir qadam maslahatlarga va hikmatga asoslanadi. Agar g‘azotlar tahlil qilinsa, ishonch hosil qilingki, ko‘plab shubhalar yo‘qoladi. Islomiy amirlik siyosatini tanqid qilayotganlar sukut saqlaydi va ularning barcha da’volari rad etiladi.
Alloh xohlasa, men bu yo‘nalishda harakat qilmoqchiman! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning g‘azotlarini ketma-ket sizlarga etkazaman.
Allohim, meni o‘zing sevgan va rozi bo‘lgan ishlaringa muvaffaq qilgin!