Muhammad Sodiq Tariq
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
Aziz va jasoratli din xizmatkorlari, mashaqqatlarga charchamagan askarlar!
Sizlarning zafarlaringiz muborak bo‘lsin! Bu xushxabar Alloh taoloning yordami bilan yer va osmon orasidagi yorqin nurdir, u barcha samimiylarning qalbini quvonch va xursandchilik bilan to‘ldirdi. Sizlarning tinmas jihodingiz, fidokorliklaringiz va har bir qadamingiz Allohning roziligi yo‘lida Islom karvonini ulug‘vorlik va sharaf tomon yetaklaydigan bir mash’aldir.
Sizlar, Badr jangida ko‘p sonli kofir lashkarlarini bir necha qilich kuchi bilan yenggan zotlarning vorislarisiz. Sizlarning sabr-toqat, mashaqqatlarga bardosh berish va cheksiz fidokorlik bilan to‘la hayotingiz boshqa musulmonlar uchun buyuk ilhomdir; shundayki, imon yo‘lida hech qanday to‘siq ularning iroda qalbini susaytira olmaydi.
Sizlarning jihodingiz samarasida bir mintaqaning ozodligi Allohning yordami bilan namoyon bo‘ldi. Bu esa charchagan, ammo g‘olib yelkangizga katta mas’uliyatlar yuklaydi. Shu bois, qalb dardlari bilan bir necha qisqa so‘zlarni sizlarga eslatmoqchiman.
1-: Taqvoni tanlang!
Aziz birodarlar! Ishonchim komilki, taqvo jihod maydonida sizlarning kuchli yo‘lchi nuringiz bo‘ldi. G‘alabadan so‘ng ham Alloh taolodan qo‘rqing, uning buyruqlariga amal qiling. Taqvo sizga boshqaruvda aniqlik va shaffoflikni baxsh etadi.
Taqvo – imonning ziynati, amallarning nuri va har bir musulmonning asosiy muvaffaqiyat siridir. Taqvo sizlarni sinovlarda sabr qilishga undagani kabi, endi sizlarni ko‘p ne’matlar uchun shukr qilishga undashi kerak. Sabr va shukr – taqvoning komilligini ko‘rsatuvchi fazilatlardir.
2-: Xalqqa mehr-muhabbat hadya qiling!
G‘alabangizdan tashqari, bu uzoq kurashda yonma-yon turgan sodiq xalqning mashaqqatlarini unutmang. Ularning uylarini sizlarning jihod qal’angiz, dasturxonlarini rizq-ro‘z markazingiz, qalblarini esa muhabbat uyasi deb biling.
Ular farzandlarining ochligini, oilalarining boshpanasiz qolishini va hayotlaridagi turli qiyinchiliklarni qurbon qildilar, toki Allohning dini qiyomatga qadar barqaror bo‘lsin va Islomiy tizim ularga soyabon bo‘lib xizmat qilsin. Shu bois, ularni Islomiy tizimning shirin bag‘rida muhabbat bilan qabul qiling.
3-: Birligingizni mustahkamlang!
Birlik – qalblarning toshdek mustahkam qal’asidir, uni hech qanday to‘fon vayron qila olmaydi. Ixtilof o‘rniga, birodarlik va hamjihatlik qal’asini mehr va samimiyat g‘ishtlari bilan mustahkam qiling.
Birlik faqat Allohning shariatiga asoslangan holda amalga oshishi va foyda keltirishi mumkin. Qur’on va Sunnat ko‘rsatmalarini jamiyatlaringizga yo‘naltiruvchi nur qilib oling. Musulmonlar safida nizolar urug‘ini sochadigan guruhlardan ehtiyot bo‘ling.
4-: Dinni muvozanat kuchi bilan rivojlantiring!
Islom hayotning barcha jihatlarida muvozanat yo‘lini o‘rgatdi; unda haddan tashqari ortiqcha ketish ham, beparvolik ham yo‘q. Sizlar Allohning dinining vakillarisisiz.
5-: G‘urur sizlarni halokatga olib bormasligiga e’tibor bering!
Barcha mashaqqatlar, fidokorliklar va qurbonliklaringiz samimiy qalbdan chiqqan sof ibodatlar edi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar g‘urur qalbda joy oladigan bo‘lsa, barcha ibodatlar bir zumda suv ustidagi ko‘pik kabi qadrsiz bo‘lib qoladi.
G‘urur insonni o‘z harakatlariga maftun qiladi va Allohning nusratini yodidan chiqaradi. Sizlarning g‘alabangiz Allohning yordami bilan bo‘ldi. Agar bu nusrat g‘ururga singib ketadigan bo‘lsa, barakot eshiklari yopiladi va, Xudoning o‘zi asrasin, mag‘lubiyat nasib bo‘lishi mumkin.
6-: Vaqtinchalik mansab va lavozimlarga bog‘lanib qolmang!
Har qanday mansab va lavozim Alloh taoloning sinovi hisoblanadi. Alloh sizga xalq xizmatini va haqni barpo etish imkoniyatini berdi. Agar bu imkoniyatga xiyonat qilinsa, mansab siz uchun na sharaf va na ne’mat bo‘ladi.
Bugun siz hokimiyat cho‘qqisida turgansiz, ammo ertaga zamon to‘lqini bu cho‘qqini boshqalarga topshiradi. Tarix bizga ko‘rsatdiki, hukmdorlar va podshohlar birin-ketin o‘tib ketgan, ammo faqat ularning amallari qolgan. Shuning uchun hozirgi imkoniyatdan to‘g‘ri foydalaning.
Xulosa o‘rnida:
Yana bir bor, Afg‘onistonning mujahid xalqi nomidan sizlarga samimiy tabriklarimni izhor qilaman. Alloh taolo sizlarni doimo zafarli va Islomning haqiqiy qiyofasini tanitishda muvaffaqiyatli qilsin.
Was-salamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!