Abdan Safi
NATO va AQSh tomonidan Afg‘onistonning yigirma yillik bosqinidan so‘ng, bu yurtda endilikda xalq orasidan chiqqan va mintaqaviy hamda jahon kuchlaridan mustaqil bir hokimiyat siyosiy hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan.
Bunday bir vaziyatda mintaqadagi eng muhim masalalardan biri — bu Islomiy Amoratni dunyodagi yirik kuchlar, ayniqsa Rossiya tomonidan rasman tan olinishi masalasidir. Rossiya Markaziy Osiyo va hatto Yaqin Sharqdagi o‘zgarishlarda muhim rol o‘ynaydigan kuch hisoblanadi.
Quyidagi eslatmada Rossiya Federatsiyasi tomonidan Islomiy Amoratni rasman tan olishining ba’zi asosiy siyosiy sabablariga to‘xtalamiz:
Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash:
Rossiyaning asosiy xavotirlaridan biri janubiy chegaralar xavfsizligi va Markaziy Osiyodagi beqarorlikning oldini olishdir. Amorat bilan rasmiy hamkorlik chegaralardagi xavfsizlikni mustahkamlash, buzg‘unchi guruhlarning kirib kelishini to‘xtatish va umumiy tahdidlarni kamaytirishga zamin yaratadi.
G‘arbning suiste’mollariga yo‘l qo‘ymaslik:
G‘arb Afg‘onistondagi vaziyatdan siyosiy bosim va sanksiyalar orqali foydalanishga urinar ekan, Rossiyaning rasmiy tan olishi — g‘arbning bu yerda inqiroz yaratish rejalarini amalda to‘xtatadigan bir harakat bo‘ladi. Bu esa g‘arbga aniq bir signal bo‘lib xizmat qiladi: Afg‘oniston endilikda begona kuchlarning aralashuvi uchun maydon bo‘lmaydi.
Iqtisodiy va savdo hamkorliklarini kengaytirish:
Afg‘oniston muhim tranzit yo‘llari va boy tabiiy resurslarga ega. Islomiy Amoratni rasman tan olish albatta infratuzilma investitsiyalari, transport, energetika va savdo bo‘yicha qo‘shma loyihalar uchun yo‘l ochadi. Bu esa nafaqat Afg‘oniston iqtisodiyotiga, balki Rossiyaning iqtisodiy manfaatlariga ham xizmat qiladi.
Maydondagi haqiqatlarga hurmat:
Hatto qarshilar uchun ham ayonki, Islomiy Amorat Afg‘oniston siyosiy maydonida barqaror bir haqiqatga aylangan va xalq irodasi bilan, begona kuchlarga tayanmasdan boshqarilmoqda.
Shuning uchun, agar bu haqiqat inkor qilinsa, faqat diplomatik muhit murakkablashadi. Aksincha, uni rasmiy tan olish — siyosiy aql-zakovatlilik va mintaqadagi yangi sharoitlarni tushunganlik alomatidir.
Mintaqaviy hamkorliklarni kuchaytirish:
Islomiy Amoratni tan olish orqali Rossiya Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi loyihalar, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kobul bilan ijobiy muloqot mintaqaviy aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
Islom dini nuqtai nazaridan ham, mustaqil va ummat manfaatlariga asoslangan islomiy bir davlatning mavjud bo‘lishi — islom ummatining izzati va manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.
Musulmonlar to‘la xavfsizlikda, diniy qadriyatlarga asoslangan bir boshqaruv ostida yashay olsalar, dushman kuchlarning ta’siri zaiflashadi va islomiy birlik asta-sekin mustahkamlanadi.
Haqiqat shuki, bu qaror Rossiyaning xavfsizlik va iqtisodiy manfaatlarini kafolatlaydi, va ayni paytda butun islom olamida bir xalqning iroda va mustaqilligiga ko‘rsatilgan hurmat belgisi bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Afg‘onistonda kuchli bir islomiy hukumat — faqat dindor xalqning ehtiyoji emas, balki begona kuchlarning aralashuvi va ajratish rejalariga qarshi turgan ulkan bir to‘siqdir. Bu haqiqat yirik davlatlar nigohidan chetda qolmasligi lozim.