Basir Abid
Yaqin Sharq global iqtisodiyotning muhim markazlaridan biri hisoblanadi; so‘nggi paytlarda u kuchli moddiy va ma’naviy bosimlarga duch kelmoqda. Nafaqat ushbu mintaqadagi arab davlatlari va xalqlari, balki diniy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan umumiy bog‘liqliklarga ega bo‘lgan boshqa davlatlar ham kuchli bosim ostida qolmoqda. Agar mintaqa qo‘shni xalqlarining sukuti shu tarzda davom etsa, yaqin kelajakda bundan ham yomonroq vaziyatlarga duch kelish ehtimoli bor.
Hozirgi vaqtda faqat Eron ochiq tarzda butun G‘arb va Isroil bilan qarama-qarshilikda. Bir tomondan, Qatar, Quvayt, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlarida Amerika institutlari asoslarini zaiflashtirgan, boshqa tomondan esa ayrim shu davlatlarning obyektlarini ham nishonga olgan. Bu holat ushbu mamlakatlarda uzoq davom etuvchi qasos ruhiyatini shakllantirishi mumkin. Ammo agar bu davlatlar o‘zlarining g‘arbparast siyosatlarini qayta ko‘rib chiqsalar tarix davomida doimo dushman foydasiga xizmat qilgan va hozir ham musulmon xalqlar G‘arb hamda Isroil manfaatlari uchun qurbon bo‘layotgan siyosatlar unda Yaqin Sharq va mintaqa kelajagi farovonlik va xavfsizlik sari yo‘nalishi mumkin. Bu esa faqat G‘arb ta’sirini, ayniqsa AQShning harbiy va noharlbiy ishtirokini mintaqa va barcha islomiy davlatlardan to‘liq chiqarib yuborish orqali amalga oshishi mumkin.
Shunga qaramay, AQSh va Isroil tashqi tomondan muvaffaqiyatsizdek ko‘rinsa-da va Eron ularga qarshi muvaffaqiyatli ko‘rinayotgan bo‘lsa ham, AQSh hali ham barcha imkoniyatlari bilan Eronga qarshi hujumlarini davom ettirmoqda. Biroq hozirgacha Suriya, Turkiya va Pokistondagi Amerika nishonlariga qarshi hech qanday hujum haqida xabar berilmagan. Bu holatni bir tomondan Eronning strategik ehtiyotkorligi bilan izohlash mumkin; chunki bunday hujumlar amalga oshirilsa, ushbu davlatlar Eronning o‘ziga qarshi chiqishi yoki AQShga quruqlik yo‘li orqali Eron bilan to‘qnashish imkonini berishi mumkin. Pokiston ham o‘z sharoitlari va majburiyatlariga ko‘ra bunday harakatga oldindan tayyor turibdi, ya’ni o‘zining zaif iqtisodiyoti uchun manba topishga intiladi; xuddi avval ham AQSh talabiga binoan Afg‘onistonga qarshi asossiz va muvaffaqiyatsiz urush boshlagani kabi.
Ushbu barcha muammolarni inobatga olgan holda, Yaqin Sharq va mintaqa davlatlari, ayniqsa islomiy mamlakatlar (yaqin kelajakda ularning haj karvonlari yo‘lga chiqadi) G‘arbga qarshi Eron bilan bir safda turishlari kerak, toki G‘arb tomonidan hech qanday xarajatsiz qo‘lga kiritilayotgan yo‘qotilgan manfaatlarni qaytarib olishsin hamda diniy, madaniy, siyosiy qadriyatlarni va zamonaviy dunyoning eng muhim omili bo‘lgan iqtisodiyotni o‘z qo‘llarida saqlashsin.
Hozirgi o‘zgarishlar nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun dunyo hukumatlari uchun ham muammolar va tahdidlar yaratmoqda. Chunki bir tomondan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush, boshqa tomondan esa Isroil va AQShning Eron bilan qarama-qarshiligi global neft narxlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa boshqa tovarlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bundan tashqari, dunyoning ko‘plab havo va quruqlik yo‘llari xavfsiz emas holatga kelgan.
Natijada, AQSh va Venesuela, AQSh–Isroil va Eron, Eron va Arab yarimoroli, AQSh va Xitoy, AQSh va Shimoliy Koreya, AQSh–Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlar orasida eng katta vayronagarchilikni AQSh keltirib chiqargan. Ushbu vaziyat qarshisida qarama-qarshi davlatlar umumiy strategiya ishlab chiqishlari zarur, toki dunyoni yadro urushi xavfidan saqlab qolishsin. So‘nggi tadqiqot va bashoratlarga ko‘ra, agar yadro urushi yuz bersa, dunyo aholisining qariyb uch milliard nafari kasal va nogiron holga keladi, ularning yashash vositalari oddiy yog‘och va tosh qurollarga tushib qoladi va yashash joylari g‘orlar bilan cheklanadi.












