Shoaib Ahmad
Jamiyatda mish-mishlarning kengayishi qalblarni bir-biridan ajratadi, ishonchni zaiflashtiradi va dushmanning maqsadlariga yo‘l ochib beradi. Mish-mish vaqtida jilovlanmasa, ummatning ittifoqi va barqarorligini yoqib yuboradigan olov uchquniga o‘xshaydi. Bu hodisa fikriy urushning muhim qurollaridan biridir dushman esa undan ummatning ma’naviy poydevorlariga zarba berish uchun foydalanadi.
Qur’on Karim musulmonlarga har qanday xabarni qabul qilishdan avval tekshirishni buyuradi, chunki tekshirmasdan bir gapni qabul qilish buzuqlik va fasodga sabab bo‘ladi:
«Ey mo‘minlar! Agar sizga bir fosiq xabar keltirsa, uni tekshirib ko‘ring…» (Hujurot: 6)
Dushmanlar qurol bilan g‘alaba qozona olmaganda fikriy urushni boshlaydilar. Ular targ‘ibot, yolg‘on tarqatish va mish-mishlar orqali ummat safida qo‘rquv ishonchsizlik va tafriqa hosil qiladilar. Bu urushning maqsadi ummatning e’tiqodini zaiflashtirish, rahbariyat va tizimga nisbatan shubha uyg‘otishdir. Bu urush qurol bilan emas balki so‘z ommaviy axborot vositalari va onglar orqali olib boriladi.
Islom har bir so‘zni tarqatishda rostgo‘ylik va tekshiruvni buyuradi va asossiz gaplarni tarqatishdan ogohlantiradi. Payg‘ambar alayhissalom marhamat qiladilar:
«Kishining har eshitgan narsasini gapiraverishi uni yolg‘onchiga aylantirish uchun yetarlidir.» (Rovohu Muslim)
Ya’ni insonning har eshitganini so‘zlab yurishi uni yolg‘onchi bo‘lishiga kifoya qiladi. Bu hadis so‘zda tasdiq va tekshiruvning qadri qanchalik muhimligini ko‘rsatadi chunki tekshirilmagan gaplar fikriy tartibsizlik va ummat orasida g‘alayon keltirib chiqaradi.
Har bir mish-mishning ortida bir maqsad yotadi, eng katta maqsad esa tizim va rahbariyatga shubha solish odamlarni imon va birliklaridan uzoqlashtirishdir. Dushman millatlarni ichidan yemirishga urinadi. Qur’on Karim bunday kishilar haqida aytadi:
Mo‘minlar orasida yomon ishlar tarqalishini istovchilar uchun og‘riqli azob bordir… (Nur: 19)
Bu oyat yomon xabarlar tarqalishidan lazzat oladigan kishilarning ruhiyatini tasvirlaydi.
Mish-mishlar faqat fikriy bezovtalik keltirib chiqarmaydi, balki ishonch birlik va hamjihatlikning poydevorini ham buzadi. Mish-mishning olovi harbiy urushdagi qilichdan ham xavfliroqdir chunki bu yuraklar va tafakkurlarga qarshi urushdir. Agar xalq bunga befarq bo‘lsa dushmanning maqsadi o‘z qo‘llari bilan amalga oshadi.
Mo‘min bu aql va imon orasida muvozanat saqlaydigan kishi; u his-tuyg‘ularga asir bo‘lmaydi, eshitgan har gapdan ta’sirlanmaydi. U biladiki har bir xabar da’vo yoki g‘oya aql taqvo va haqiqat mezonida o‘lchanmog‘i lozim. Shu sababdan mo‘min har xabar manbai va maqsadiga e’tibor beradi, shunda u yolg‘on va hiyla tuzog‘iga tushmaydi.
Alloh taolo Qur’onda bu prinsipni shunday bayon qiladi:
Ularga xavf yoki tinchlik haqida biror xabar kelganida uni darhol yoyib yuboradilar. Holbuki agar uni Payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan mas’ul kishilarga topshirganlarida ularning orasidagi ishni anglay oluvchilar uni bilgan bo‘lur edilar… (Niso: 83)
Ya’ni ular xavfsizlik yoki xavfga oid xabarni eshitgan zahoti tarqatadilar; holbuki uni Payg‘ambar yoki mas’ul rahbarlarga topshirsalar ularning ichidagi fahmli kishilar haqiqatni bilgan bo‘lur edilar.
Bu oyat mo‘min uchun bir axloqiy va fikriy asosni belgilaydi: xavfsizlik siyosat yoki tizimga doir muhim xabar tarqalsa mo‘min uni tekshirmasdan va tasdiqlamasdan yoymasligi kerak. Islomning talabi shunchaki beparvolik emas balki mas’uliyat va hushyorlikdir.
Bu oyatda ikki muhim nuqta bor:
- Aza‘u bih ya’ni ular darhol xabarni tarqatadilar. Bu fikrsiz hissiyotga berilgan va bexabar kishilarning odatidir.
- Va law raddūhu ilā r-rasūli va ilā ulīl-amr… bu esa Islom tafakkur tizimining asosi: muhim xabarlarni bilimli, tajribali va mas’ul kishilar ulamolar, yetakchilar va mutaxassislar ko‘rib chiqmog‘i kerak.
Bu oyat bizga o‘rgatadi: ummatning fikriy barqarorligi diqqat bilan o‘rganish va ongli maslahat»ga bog‘liqdir mish-mish tarqatishga emas. Mo‘min fikriy tartibni saqlovchi bo‘lishi kerak tartibsizlik manbai emas.
Boshqacha aytganda, bu oyat xabar boshqaruvi, axborot mas’uliyati va fikriy muvozanatning ilohiy qonunidir. Mo‘min kim? U til va tafakkur o‘rtasidagi chegarani biladigan aql va taqvo o‘rtasida muvozanatni saqlaydigan va so‘z tarqatishda ummatning foydasi va maslahati haqida o‘ylaydigan insodir dushman targ‘ibotiga emas.
Islom ummati omonat va rostgo‘ylik ummatidir. Har bir musulmon ummatning izzati va barqarorligini himoya qiluvchi bo‘lishi kerak. Kimki tekshirmasdan gap tarqatadi u bilib-bilmay dushman targ‘ibotining bir bo‘lagiga aylanadi. Bu esa musulmon uchun katta fikriy va iymoniy mas’uliyatdir: tili va so‘zini haq yo‘lida ishlatmog‘i botilga xizmat qilmasligi lozim.
OAV (matbuot) ham muhim rol o‘ynaydi, chunki ular jamoatchilik fikrini shakllantiradi. Agar ummatning OAV’lari asossiz mish-mishlarni yoysa bu millatning fikriy xavfsizligiga xiyonatdir. Islomiy OAV omonat rostlik va ummat manfaatlariga asoslanib ish ko‘rishi kerak, begona dasturlar va ajandalarga emas.
Mo‘min shubhali xabar eshitganda, uni taqvo aql va ilm nuri bilan o‘lchaydi. U ishonchli manbalarni izlaydi va yolg‘on targ‘ibotni takrorlashdan tiyiladi. Bu xatti-harakat mo‘minning fikriy qarshiligi va sobitligining belgisi.
Biz imon g‘ayrat va uyg‘oq tafakkur egasi bo‘lgan ummatmiz. Keling har bir mish-mish, manfiy targ‘ibot va yolg‘on xabarga qarshi Qur’on va aql nuri bilan turaylik. Alloh taolo marhamat qiladi:
Allohning arqonidan barchangiz mahkam ushlanglar va bo‘linmanglar… (Oli Imron: 103)
Ya’ni Allohning arqoniga mahkam yopishinglar va tafriqaga tushmanglar… Demak mish-mishlarga qarshi turish nafaqat aqlning talabi balki imonning ham bir qismidir.