Akbar jamol
Mulla Axtar Muhammad Mansur
rahimahullohning Amirul-mo‘minin sifatidagi eng buyuk, tarixiy va unutilmas faoliyati shundan iborat ediki, u Afg‘oniston Islomiy Amirligini shunday xavfli inqiroz hamda parchalanish va bo‘linish ehtimolidan saqlab qoldiki, bu harakatning mavjudligi uchun jiddiy tahdid deb qaralayotgan edi.
Bu davr nihoyatda nozik edi; Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohid rahimahulloh Islomiy Amirlik asoschisi va mujohidlarning yagona faol rahbari vafot etgani haqidagi xabar ikki yildan keyin ommaga oshkor bo‘ldi. Bu mavzu fosh bo‘lgach, harakat ichida ma’lum darajada tashkiliy va ruhiy notinchlik yuzaga keldi. Ammo Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahulloh o‘zining tengsiz iymoniy farosati, tadbirkorligi va qat’iy irodasi bilan vaziyatni nazoratga oldi hamda harakatga yangi ruh bag‘ishladi.
Dushman aynan shu ichki ixtiloflardan foydalanishga urinayotgan edi. Ammo Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahulloh kuch ishlatish va qattiqqo‘llik o‘rniga, islomiy birodarlik hamda afg‘on qabilaviy an’analari asosida kelishuv va murosani yo‘lga qo‘ydi. Shu bilan birga ichki birlikni mustahkamlash jarayonida u yana bir katta tashqi fitna Iroq va Shomdan bosh ko‘targan terrorchi ISHID guruhi ta’siri va kengayishi bilan ham yuzma-yuz bo‘ldi.
ISHID Islomiy Amirlikdan norozi ayrim shaxslarni o‘ziga ergashtirib, Viloyati Xuroson nomi ostida parallel tarmoq yaratishga urindi hamda turli guruhlarni tashkil qilish orqali Afg‘oniston jihodini parchalashni boshladi. Aynan shu paytda Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahulloh nasihatomuz, ammo aniq va shar’iy pozitsiyani egallab shunday dedi:
Afg‘oniston zaminida jihod va hukumat nomi ostida hech qachon ikki parallel guruh qabul qilinmaydi.
U mujohidlarni tartibga soldi va Afg‘oniston sharqida, ayniqsa Nangarhor va Zobul viloyatlarida ushbu fitnachi va terrorchi guruhga qarshi qat’iy harbiy amaliyotlarni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu muvaffaqiyatli operatsiyalar natijasida ISHID cheklangan va ta’sirsiz hududga siqib chiqarildi hamda Islomiy Amirlik yagona harbiy va shar’iy kuch sifatidagi mavqeini saqlab qoldi.
Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahulloh Islomiy Amirlik haqida ilgari surilgan barcha shubha va gumonlarga amaliy maydonda, dushmanni mag‘lub etish orqali javob berdi. 2015-yil sentyabr oyida uning bevosita rahbarligi va harbiy strategiyasi asosida mujohidlar Kobuldagi qo‘g‘irchoq hukumat va uning homiysi Amerikani hayratda qoldirib, shimoldagi muhim viloyat markazi Qunduz ni jasorat bilan egallab, o‘z nazoratiga oldilar.
Har qancha Islomiy Amirlik bir necha kundan keyin urushdagi maslahatlar va tinch aholining jonini saqlash maqsadida shaharni tark etgan bo‘lsa-da, bu 2001-yildagi Amerika bosqinidan keyin mujohidlar tomonidan bunday katta va strategik shaharning ilk bor fath etilishi edi. Ushbu ulkan harbiy g‘alaba nafaqat mujohidlar va oddiy xalq ruhiyatini ko‘tardi, balki butun harakatning Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahullohning harbiy qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.
Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahullohning uzoqni ko‘ra bilishi faqat urush maydoni bilan cheklanmagan edi. U Islomiy Amirlikni muqobil siyosiy tizim sifatida ham dunyoga tanitdi. U Islomiy Amirlikning Qatardagi siyosiy idorasini yangi tuzilma asosida tartibga soldi va faollashtirdi. Shuningdek, Rossiya, Xitoy va ayniqsa qo‘shni Eron kabi muhim mintaqaviy davlatlar bilan Islomiy Amirlikning rasmiy va bevosita aloqalariga asos soldi.
Uning muvaffaqiyatli diplomatiyasi natijasida ushbu global kuchlar Islomiy Amirlikni mintaqa barqarorligi uchun muhim va mas’uliyatli kuch sifatida qabul qila boshladilar. Aynan shu kuchli siyosiy va diplomatik poydevor keyinchalik 2021-yilda Amerikaning mag‘lubiyat bilan chiqib ketishi va Islomiy Amirlikning katta g‘alabasi shaklida o‘z natijasini dunyoga namoyon qildi.
Shu sababli, 2015-yildagi o‘ta nozik tarixiy bosqichda aynan Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahullohning iymoniy basirati va tengsiz jasorati Afg‘oniston jihodini ichki bo‘linishdan saqlab qoldi hamda ISHID terrorchi fitnasi sababli uning parchalanib ketishining oldini oldi.
Amirul-mo‘minin Mulla Axtar Muhammad Mansur rahimahullohning eng yorqin faoliyati shundan iborat bo‘ldiki, u jihodiy harakatni mustahkam va buzib bo‘lmas devor kabi birlashtirib ushlab turdi va aynan shu birlik keyinchalik Afg‘onistonda to‘liq islomiy tuzum hukmronligi orzusining amalga oshishiga sabab bo‘ldi.
