Shoaib Aziz
Muqaddima
Tarix davomida musulmon jamiyatlari doimo diniy qadriyatlarga, ijtimoiy adolatga va siyosiy mustaqillikka asoslangan bir tuzumni izlab kelganlar. Shariat islomiy soyasida insoniyatga obro‘li va izzatli hayotni ta’minlaydigan hayot – bu inson fitratining talabi hisoblanadi.
Afg‘oniston Islomiy Amorati, bu yurtning islomiy, madaniy va tarixiy jamiyatidan vujudga kelgan tuzum sifatida, fidokorlik va jasoratlari bilan musulmon xalqining ko‘p asrlik orzularidan ayrimlarini ro‘yobga chiqara oldi.
Ushbu maqolaning asosiy savoli shudir: Nega men Islomiy Amoratni qo‘llab-quvvatlayman? Nega men Afg‘oniston Islomiy Amoratini mutaodillikdan chiqmagan, ifrot va tafritdan uzoq bir tuzum deb bilaman?
Aslida, har qanday sog‘lom inson har bir masalani haqiqat va adolat asosida baholashi kerak. Men na mansab va na imtiyoz uchun emas, balki faqat haqiqat va voqe’likni bayon qilish uchun qalam oldim va bu borada bir necha nuqtani yozishga qaror qildim.
Ma’lumki, NATO va AQShning bosqinchi harbiy kuchlari, yollanma askarlari va barcha harbiy qurollari bilan Afg‘onistonga hujum qilganidan boshlab, marhum Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohid rahmatullohi alayh to‘la iymon va qat’iy ishonch bilan tarixiga oltin harflar bilan yozilgan so‘zlarni aytdi. U sof karvonning sidqiy dalili bo‘ldi. U bosqinning dastlabki kunlarida radiyo orqali shunday dedi:
Amerika bizga mag‘lubiyatni va’da qilmoqda, ammo Alloh taolo bizga nusrat va g‘alabani va’da qilmoqda; bas, biz kutamiz, qaysi va’da amalga oshishini ko‘ramiz.
Shubhasiz, bu yo‘lning asoschilaridan bo‘lgan bunday rahbarlarning mavjudligi ushbu tuzumning haqqoniyligiga ochiq dalildir. Bosqinchilar kirib kelgandan so‘ng, mustaqil, dindor va mujohid afg‘on xalqi – pok onalardan tug‘ilgan, rostgo‘y ustozlar tarbiyasini olgan va jihod, ozodlik hamda jasorat ruhida ulg‘aygan – kurash va fidokorlik maydoniga qadam qo‘ydi.
Albatta, jihodning hikmatlaridan biri islohchilar va fasodkorlarni ajratishdir. Afg‘onistonning yigirma yillik jihodida ko‘rdikki, eng sof, eng dindor va eng g‘ayratli insonlar – ulamolar, Hofizlar, Qur’oni Karim qori va ushbu yurtning ixlosli xalqi – bu yo‘lda ishtirok etdi. Ular ishq bilan qizigan jihod saflariga yugurib bordilar. Ko‘plari shahidlik sharbatini ichdi, ba’zilari asir bo‘ldi, minglab oilalar ko‘chkin bo‘ldi, minglab ulamo va hofizlar faqat jihod va vatan ozodligi fatvosi uchun o‘ldirildi. Xullas, afg‘onlar zamonaviy tarixda kam uchraydigan sof va muqaddas jihodni boshladilar.
Yigirma bir yillik kurashdan so‘ng, Alloh taolo doim o‘zining mo‘min bandalariga va’da qilgan narsasini haqiqatga aylantirdi. Shahidlarning qonlari, mazlumlarning duolari, azob chekkan onalar va yetimlarning ko‘z yoshlaridan hosil chiqdi. Mujohid Afg‘oniston xalqi ochiq g‘alabaga sazovor bo‘ldi. Biz dushmanlarning sharmandali qochishini, islom dushmanlarining xor bo‘lib qochganini faxr va izzat bilan ko‘rdik. Bu kun Afg‘oniston va dunyo tarixida Amerika va uning ittifoqchilarining sharmandali mag‘lubiyati sifatida yozildi va ozod avlodlar har doim bunga faxrlanib eslaydilar.
Islomiy Amorat g‘alaba qozonganidan va islomiy tuzum o‘rnatilganidan so‘ng, din, izzat va musulmonlarning qadr-qimmati saqlangan to‘liq xavfsizlik va hukumat sharoitida, dushmanlarning hamfikrlari turli tuhmat va asossiz xabarlarni tarqatdilar. Ular yolg‘on va asossiz targ‘ibot bilan xalqning ongini Islomiy Amoratga qarshi buzishga harakat qilmoqdalar.
Endi esa, mujohid va jasur Afg‘oniston xalqining g‘alabasidan qariyb to‘rt yil o‘tgach, islomiy tuzumning mag‘lubiyatidan umidini uzgan kofirlar va munofiqlar asossiz tanqid va behuda e’tirozlar orqali xalq orasida nifoq solishga urinmoqdalar. Ular islomiy tuzum falsafasi va tarixidan bexabardirlar, shar’iy muomala, mas’uliyat va aloqalardan xabarsizdirlar va Rahmat Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning pok siyratlaridan bexabar bo‘lib, shubha va gumonlar tarqatib, ba’zi odamlarni Islomiy Amoratdan sovutmoqdalar.
Aslida, har bir dindor va mustaqil inson bunday tuzumni xohlashi va uni qo‘llab-quvvatlashni o‘ziga vojib deb bilishi kerak. Men Islomiy Amoratni himoya qilishimning asosiy sabablari quyilardir:
Islom shariatini tatbiq qilish: Islomiy Amoratni qo‘llab-quvvatlashimning eng muhim sababi shariat hukmlarining to‘liq amalga oshirilishidir.
Hijob, namoz va boshqa farzlarni bajarish: G‘arbiy madaniy bosqinga qarshi diniy qadriyatlarni himoya qilish.
Xorijiy hukmronlikni tugatish: Islomiy Amorat qarshilik yo‘li bilan mamlakat mustaqilligini qaytardi.
Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash: bu ilmiy, iqtisodiy va madaniy o‘sishga zamin yaratadi va jamiyatni nifoq va bo‘linishdan qutqaradi.
Ijtimoiy adolat va korrupsiyaga qarshi kurash.
Qonun oldida tenglik.
Madaniy bosqinga qarshi turish: Islomiy Amorat ummatni g‘arbiy ommaviy axborot vositalari va tajovuzkor madaniyatdan himoya qiluvchi qalqon bo‘lib turadi.
Xulosa qilib aytganda, Islomiy Amoratni qo‘llab-quvvatlash faqat siyosiy tanlov emas, balki chuqur diniy va iymoniy e’tiqoddir. Bu tuzum islomiy qadriyatlar, mustaqillik, ijtimoiy adolat va islomiy madaniy o‘zlikni saqlash asosida qurilgan. Men ishonamanki, Islomiy Amoratni qo‘llab-quvvatlash aslida dinni, vatanini, izzatni va kelajak avlodlar uchun mustaqil va islomiy istiqbolni qo‘llab-quvvatlashdir.