Yahudiylar kimlar dir? 11_qism

Rif‘at Shafiq

Yahudiylarning sifatlarini o‘rganishni davom ettirar ekanmiz, ushbu qismda ularning yana bir xususiyatiga to‘xtalamiz.

10- Din sha’oirlarini masxara qilish va istehzo qilish

Yahudiylarning yomon sifatlari qatorida yana biri shuki, ular doimo din sha’oirlarini masxara qilib, tahqir qilganlar va hozir ham shunday qilmoqdalar. Dinga nisbatan istehzo va masxara qilish juda yomon xulq bo‘lib, Alloh taolo Qur’oni karimda uni bir necha bor qattiq so‘zlar bilan qoralagan.

Yahudiylar tarix davomida bu sifatga ega bo‘lganlar, chunki ular kibr kasalligiga mubtalo bo‘lgan edilar. Ana shu kibr ularni haqqa qarshi bosh ko‘tarishga va ilohiy hukmlarni tahqirlashga undagan.

Alloh taolo marhamat qiladi:
{Ey iymon keltirganlar! Sizdan oldin kitob berilganlar va kofirlar ichidan diningizni masxara va o‘yin qilganlarni do‘st tutmanglar. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqinglar.} (Moida: 57)

Bu oyatdan so‘ng Alloh taolo yana marhamat qiladi:
{Qachon sizlar namozga chaqirsangizlar, uni masxara va o‘yin qiladilar. Bu ularning aqlsiz qavm ekanliklaridandir.} (Moida: 58)

Oyatlardagi ma’noni yaxshiroq tushunish uchun uning nozil bo‘lish sababiga murojaat qilamiz. Alloma Qurtubiy rahimahulloh o‘z tafsirida Kalbiydan rivoyat qiladi:

Kalbiy aytadi: muazzin azon aytganda va musulmonlar namozga turganlarida, yahudiylar: Turishdi, lekin turmasin edi! der edilar. Musulmonlar ruku’ va sajda qilganlarida esa ularga kulardilar. Azon haqida esa: Sen ilgari ummatlarda eshitilmagan bir yangilik chiqarding. Bu qanday ovoz xuddi eshakning ovoziga o‘xshaydi! Qanday yomon ovoz va qanday yomon ish! der edilar.

Aslida din va muqaddas narsalarni masxara qilish aqlsizlik belgisidir. Alloh taolo yuqoridagi oyatda ham buni ochiq bayon qiladi:
{Bu ularning aqlsiz qavm ekanliklaridandir}.

Alloma Qurtubiy rahimahulloh ushbu jumla tafsirida shunday deydi: bu yerda “zalika” ishora so‘zi ularning istehzosi va masxarasiga qaytadi. Ya’ni ularning bu masxara va o‘yinlari sabab ular nodon va aqlsiz qavm bo‘lib, narsalarni to‘g‘ri anglay olmaydilar va o‘zlariga ayon bo‘lgan haqqa ham inod va adovatlari sabab javob bermaydilar.

Salaflardan rivoyat qilingan:
Kim Allohning dinidan biror narsani masxara qilsa, o‘z iymonini xavf ostiga qo‘ygan bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, zikr etilgan oyatlardan aniq bo‘ladiki, yahudiylar din sha’oirlarini masxara qilish sifatiga ega bo‘lganlar va doimo uni takrorlab kelganlar. Bu sifat faqat oldingi yahudiylargagina xos emas, balki bugungi yahudiylar ham ularning izidan borib, shu ishni qilmoqdalar va islomiy sha’oirlarni tahqir qilmoqdalar. Dunyo ko‘p bor guvoh bo‘ldiki, ular masjidul Aqsoga oyoq kiyim bilan kirganlar, masjid va madrasalarni bombardimon qilganlar va ularning hurmatini saqlamaganlar. Shu orqali hammaga ayon bo‘ldiki, bugungi yahudiylar ham ushbu sifatni hanuz davom ettirmoqdalar.

Exit mobile version