Iqbol Hamzah
Pokistonning Afg‘oniston bilan urushida yana bir katta zarar shundan iboratki, u e’tiqodiy kuchlar bilan to‘qnash kelgan. Holbuki, Pokiston askarlari faqat moddiy sabablar uchun jang qiladilar.
Afg‘onistonga qarshi jang qilayotgan har bir pokistonlik askarga, Pokiston generallari unga qanday niyat bilan jang qilayotganini tushuntirib berolmaydi.
Bu urush kofirlarga qarshimi? Har bir pokistonlik askar biladiki, Afg‘oniston askarlari har jihatdan ulardan ko‘ra musulmonroq va Islomga sodiqroqdir.
Bu urush vatanni himoya qilish uchunmi? Bu ham bo‘lishi mumkin emas, chunki hujumni Pokiston boshlagan. Ular hujum qiluvchi tomondir va musulmonlarga qarshi tajovuz holati mavjud. Shuningdek, Pokistondagi ishonchli ulamolar ham aynan shu sababli sukut saqlamoqdalar, chunki ular biladiki, Pokiston generallari nohaq va tajovuzkor urushni boshlagan.
Pokiston tarixida qachon urush bo‘lgan bo‘lsa, barcha mullalar bir ovozdan jihod fatvosini bergan. Ammo bu safar, Pokiston generallarining ko‘p harakatlariga qaramay, ulamolar fatvo berishga rozi bo‘lmadi. Shundan so‘ng ular majburan bir necha cheklangan shaxslarni yollashdi, ular esa hech qanday izoh va dalilsiz, ko‘r-ko‘rona fatvo berdilar. Bu borada har bir pokistonlik fuqaro biladiki, yuz minglab ulamolar bo‘la turib, nega faqat bir nechta kishi chiqib, asosiz fatvo berdi.
Bunga qarama-qarshi ravishda, har bir afg‘on askari ularga nisbatan tajovuz qilinganini biladi va vatanni hamda o‘zini himoya qilish ularning qonuniy va shar’iy haqqidir. Islomiy tizimni himoya qilish ular uchun farzdir. Agar bu yo‘lda halok bo‘lsalar, pok shahid hisoblanadilar, agar qarshi tomonni o‘ldirsalar, Alloh ularga ajr beradi. Har bir afg‘on askari ingliz qonunlariga qarshi shariat va islomiy tizimni himoya qilayotganini biladi va Islom dushmanlari hamda uning sha’oirlariga qarshi kurashayotganini anglaydi. Afg‘on askarlari parchalangan Qur’on, vayron qilingan madrasalar, shahid bo‘lgan bolalar va ayollarni himoya qilish uchun turganliklarini biladilar. Chunki bu shariat va insoniyat taqozosidir.
Tarix davomida qachon moddiyat bilan e’tiqod o‘rtasida urush bo‘lgan bo‘lsa, oxir-oqibat e’tiqod moddiyat ustidan g‘alaba qilgan. Bir tomonda maosh uchun jang qilayotgan pokistonlik askarlar, boshqa tomonda esa shahidlik uchun jang qilayotgan afg‘on askarlar turibdi. Pokiston generallari ilk bor o‘limni hayotdan ko‘ra ko‘proq sevuvchi insonlar bilan to‘qnash kelmoqda. Ular texnikadan qo‘rqmaydi, jihozlarga unchalik e’tibor bermaydi, na martaba istaydi va na moddiyat ular faqat shahidlikni istaydilar.
Ular o‘limdan qo‘rqmaydigan xalq bilan to‘qnash kelishdi. Agar ulardan biri halok bo‘lsa, yana o‘n nafari o‘rnidan turadi. Bu xalq dushmanni mag‘lub etishda katta tajribaga ega va hech qanday dushmandan qo‘rqmaydi. Ular jangga shahid yoki g‘oziy bo‘lish niyatida boradilar, hech qachon jangdan charchamaydilar. Ular jang uchun katta sabr va matonatga ega. Ochlik, tashnalik va qiyinchilikni Alloh tomonidan berilgan fazilat deb biladilar.
Butun dunyo kuch va boylik bilan ularga qarshi chiqqan bo‘lsa-da, ularni taslim qila olmadi, aksincha, dunyo ularning qarshisida tiz cho‘kdi. Dunyoning eng katta qudratlari ularni yenga olmagan ekan, Pokiston generallari qanday qilib ularni bir nechta yollanma askarlar bilan mag‘lub etishni o‘ylayapti?
Ha, bu safar Pokiston generallari shunday bir holatga tushib qolishdiki, qarshi tomonda ham sabr bor, ham urushga to‘liq tayyorgarlik mavjud.
Pokiston generallarining adashuvi shundaki, dunyoning yirik kuchlari allaqachon afg‘onlar bilan to‘qnash kelmaslik kerak degan xulosaga kelgan, ammo ular o‘zlari bu mojaroga kirishdi. Pokiston generallari bu urush ham bir necha hafta yoki oy davom etadi deb o‘ylamoqda, lekin ular bilmaydiki, afg‘onlar uchun bir necha haftalik yoki oylik jang umuman urush hisoblanmaydi. Afg‘onlar har qanday urush uchun yillar davomida tayyorgarlik ko‘radilar va ular har doim qo‘llari bo‘sh bo‘lsa ham g‘alaba qozonganlar.
Afg‘oniston tarixida har safar g‘alaba iymon, sabr va matonat bilan qo‘lga kiritilgan. Aksincha, Pokiston generallari o‘z tarixida uzoq muddatli urushga bardosh bera olmagan va bunday urush uchun yetarli askar ham to‘play olmaydi. Chunki har bir pokistonlik askar uzoq urush uchun katta maosh talab qiladi va bu esa generallar orasidagi korrupsiya sababli imkonsizdir.
Xulosa qilib aytganda, Pokiston generallarining Afg‘oniston bilan to‘qnashuvi hech qanday shar’iy va qonuniy asosga ega emas. Ular o‘z askarlariga motivatsiya bera olmayapti, o‘z xalqiga va siyosatchilariga ham qoniqarli javob bera olmayapti. Bu esa Pokiston harbiy rejimi va generallarining qulashiga olib keladigan asosiy omillardan biridir va yaqin orada butun dunyo bunga guvoh bo‘ladi.
