Xoled Janan
Xalqaro istixborot raportlari, mintaqaviy manbalar va hujjatlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini (Islom davlati) deb atagan ISHID guruhi Afg‘onistonda Amoratning keng ko‘lamli va nishonli amaliyotlaridan keyin mamlakatdan qochib, hozir Pokiston hududini o‘ziga xavfsiz panohgoh, tashkiliy markaz va fitna uyushtirish o‘chog‘iga aylantirgan.
Pokistonda nafaqat ISHID a’zolari moliyaviy jihatdan ta’minlanadi, tayyorgarlikdan o‘tadi va targ‘ibot vositalari bilan qurollantiriladi, balki ular uchun jangovar topshiriqlar rejalashtirilib, so‘ng qo‘shni davlatlar va mintaqaga vayronkorlik, fitna va beqarorlik tarqatish uchun yuboriladilar. Bu jarayon nafaqat qo‘shni davlatlarning milliy xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi, balki butun mintaqa, xususan Markaziy va Janubiy Osiyo barqarorligi uchun katta tahdid hisoblanadi.
Pokiston xavfsizlik idoralarining bunday oshkora yoki pinhona hamkorligi ushbu davlatning ISHID bilan bo‘lgan ikkiyuzlamachi siyosatini ravshan namoyon etadi. Agar xalqaro hamjamiyat bu masalani jiddiy qabul qilmasa va Pokistondan o‘z mas’uliyatlarini ado etishni talab etmasa, bu olov butun mintaqani o‘z ichiga oladi.
Burhon Zaydning o‘ldirilishi ISHIDning Pokiston hududida faoliyat yuritayotganining aniq isbotidir. Hujjatli va xavfsizlik manbalariga tayanadigan al-Marsad hisobotlariga ko‘ra, Burhon nomi bilan tanilgan va (Zayd) sifatida ham mashhur bo‘lgan yuqori martabali bir ISHID a’zosi Pokistonning Panjob viloyati, Qasur tumanida noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan o‘ldirilgan. Burhon Pokistondan turgan holda ISHIDning terror tarmog‘ini moliyalashtirish, muvofiqlashtirish va boshqarishda muhim o‘rin tutgan. Uning Pokistonda mavjud bo‘lishi bu hududdan ISHIDning yashirin faoliyatlari uchun keng foydalanilayotganining yaqqol dalilidir.
Burhon Zayd o‘ldirilgandan so‘ng, Pokiston idoralari uning ISHID bilan aloqadorligini inkor qildilar. Ammo al-Marsad undan va Pokistonlik yana bir mashhur ISHID qo‘mondoni Umar Bajuriy bilan tushgan umumiy suratni e’lon qildi. Umar Bajuriy 20 oktabr 2024 kuni Amorat xavfsizlik kuchlari tomonidan Kunar viloyati, Manugi tumanida yana bir ISHID a’zosi bilan birga yo‘q qilingan shaxsdir.
Islohotli xavfsizlik manbasidan olingan bu surat Pokistonlik ISHID tarmog‘i orasidagi aloqalar, muvofiqlik va umumiy maqsadlarni ochiq isbotlab beradi. Bu hujjat Pokiston tomonidan ISHID faoliyatlari yo‘qligi haqidagi barcha inkorlarni butkul rad etadi.
Bundan tashqari, Amoratning xavfsizlik idoralari yaqinda ko‘plab Pokistonlik ISHID a’zolarini tiriklayin qo‘lga olganlar. Hibsga olingan bu terrorchilar nafaqat tashkilotning tuzilmasi, vazifalari va markazlari haqida ma’lumot berganlar, balki o‘z iqrorlarida Pokiston istixborot idoralari tomonidan moliyalashtirilganlari, qurollantirilganlari va o‘qitilganlarini ochiq bayon qilganlar. Ularning bu fosh etishlari Pokistonning ISHID orqali Afg‘oniston va mintaqaga qarshi vayronkor faoliyatlarni qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ayni paytda ISHID Afg‘onistonda Amoratning kuchli operatsiyalari ostida tor-mor etilayotgan bir vaqtda, Pokiston ularning qayta tashkil topishi va jonlanishi uchun zamin yaratmoqda. Xalqaro tashkilotlar, BMT, qo‘shni davlatlar va mintaqa tahlilchilari uchun Pokiston hududi ISHIDning faoliyat, yashirinib olish va fitna uyushtirish markaziga aylanganligi allaqachon isbotlangan.
Endi xalqaro hamjamiyatning Pokistondan javobgarlik talab qilishi, bu davlatning ikkiyuzlamachi siyosatini mas’uliyat bilan tan olishi va uni javobgar etishi zarur. Agar bu amalga oshirilmasa, dunyo yana qaytarib bo‘lmaydigan qonli falokatga yuz tutadi.














