Pokiston rejimiga muroja‘at; Afg‘onistonga bosqinchilik tarixini yana bir bor ko‘rib chiqing!

Ehsan

Afg‘oniston shunday zamin emaski, uni havo hujumlari va chegaralarni buzish orqali tiz cho‘ktirish mumkin bo‘lsa. Bu yurt o‘z tarixini shahidlar qoni va hech qachon zulm qarshisida bosh egmagan insonlarning g‘ururi bilan yaratgan. Bugun Pokistonning Afg‘oniston tuprog‘iga qilayotgan ketma-ket hujumlari nafaqat qo‘shni davlat suverenitetini poymol qilmoqda, balki har qanday bosqinchini xorlik va sharmandalikka olib kelgan yo‘lga qadam qo‘ymoqda. Bu tajovuzlar endi oddiy chegaraviy muammo emas; balki asrlar davomida o‘z nomini tarix sahifalariga yozgan xalqning tarixi, g‘ururi va e’tiqodiga qarshi ochiq urushdir.

Pokiston jangovar samolyotlari Nangarhor va Paktiya osmonidan bemalol o‘tib, qishloqlar, maktablar va oddiy aholi uylariga bombalar yog‘dirdi. Bu kabi harakatlarni endi o‘zini himoya qilish deb atab bo‘lmaydi. Bu nodon qo‘shnining xato o‘ylangan siyosati bo‘lib, u bir necha bomba bilan bir millatning g‘ururini yo‘q qilish mumkin deb o‘ylamoqda.

Ammo eng katta xato aynan shudir: Afg‘oniston bosqinchilar qabristonidir, ularning maskani emas! Britaniya o‘zining mustamlakachilik kibriga qaramay bu yurtda xor bo‘ldi; Sovet Ittifoqi o‘zining ulkan qudrati bilan bu tog‘larda yemirildi; Amerika esa barcha zamonaviy texnologiyalariga qaramay bu yurtdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Endi esa o‘zining harbiy etiklari bilan bu tuproqqa kirib, sog‘ chiqib ketaman deb o‘ylayotgan qo‘shnining navbati kelgan. Ammo bu faqat xayol va aldanishdir.

Afg‘on xalqi sabrli va bardoshli xalqdir. Ular yillar davomida azob-uqubatlarni boshdan kechirdi, urushlarni ko‘rdi, yaqinlarini yo‘qotdi, ammo hanuz mustahkam turibdi. Biroq bu sabrning ham chegarasi bor. Bu sabr go‘yo kul ostidagi olovdir: kimdir uni bezovta qilmaguncha sokin turadi, ammo u qo‘zg‘atilsa, shunday alangalanadiki, har qanday bosqinchini o‘z ichiga tortadi. Agar Pokiston bu hujumlar javobsiz qoladi deb o‘ylasa, u katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Afg‘on ayollari va bolalari ustiga tushgan har bir bomba bu millat g‘ururiga qadalgan o‘qdir; va kun kelib bu o‘qlar qasos kamonidan otiladi.

Pokiston bilishi kerakki, afg‘onlarning sabrini sinash sherning dumiga tegish bilan barobar. Agar Pokiston rejimi tarixni bilmasa, o‘z rahbarlaridan so‘rasin: bu yurtga bostirib kirganlarga nima bo‘lgan? Iskandar Makedoniy keldi mag‘lub bo‘ldi; Chingizxon keldi halok bo‘ldi; inglizlar keldi qochib ketdi; Sovetlar keldi xor bo‘ldi; Amerika keldi sharmanda holda qaytdi. Endi Pokiston o‘zining cheklangan qudrati bilan shu yo‘lni davom ettirmoqchimi? Mayli, urinib ko‘rsin, ammo bilsin: bu yo‘lning oxiri qabristondir.

Xalqaro huquq nuqtai nazaridan bu tajovuzlar aniq qoralanadi va ularni oqlab bo‘lmaydi. Pokiston o‘zini himoya qilish deb atayotgan narsa oddiy bahonadan boshqa narsa emas. Qaysi xalqaro qonun qo‘shni davlatga hujum qilish va “qarshi guruhlar bor” degan bahona bilan ayollar va bolalarni o‘ldirishga ruxsat beradi? Bu na himoya, na qonuniylik bu to‘liq harbiy jinoyatdir va uni sodir etganlar xalqaro sudlarda javob berishi kerak.

Ammo afg‘on xalqi bu gaplarni ko‘p eshitgan. Xalqaro qonun ko‘pincha harbiy kuch egalari uchun oddiy qog‘oz parchasiga aylangan. Shu sabab Afg‘oniston qog‘ozlarga emas, balki o‘z g‘ururi va e’tiqodiga tayanadi.

Pokiston bilishi kerakki, kelajakdagi javob endi to‘liq diplomatik bo‘lmasligi mumkin. Agar bu tajovuzlar davom etsa va afg‘onlarning iymoniy sabri yana sinovdan o‘tkazilsa, shunday bir qo‘zg‘olon yuzaga keladiki, u nafaqat Afg‘oniston hududida javob beradi, balki bosqinchining o‘z uyigacha yetib boradi. Pokiston bu xalqning iymonini bundan ortiq sinamasin. Agar bu xalqning sabri tugasa, ular butun qudrati va iymoni bilan bosqinchilarga qarshi turib, ularni o‘z hududlarining ichkarisigacha quvib boradi. Bu o‘tkinchi hissiyot emas; bu tarixning va’dasidir.

Afg‘oniston tarixi ko‘p bor isbotlagan: bu xalq oyoqqa turganda, hech bir qudrat unga qarshi tura olmaydi.

Ey tajovuzkor qo‘shni! Hali ham vaqt bor tajovuzni to‘xtat. Hali ham o‘z obro‘yingni saqlab qolishing mumkin. Ammo agar afg‘onlarning sabrini sinashda davom etsang, bilki bu oxirgisi bo‘ladi. Shundan so‘ng shunday bir bo‘ron ko‘tariladiki, u sening nomingni vaqt sahifasidan o‘chiradi. Afg‘oniston eski miltiqlar bilan Sovet tanklariga qarshi turib g‘alaba qozongan erkaklar farzandlari yurtidir.

Afg‘oniston qo‘llari deyarli bo‘sh bo‘lsa ham Amerika uchuvchisiz samolyotlariga qarshi turib, ularni tiz cho‘ktira olgan insonlar birodarlari yurtidir. Bugun Afg‘oniston har qachongidan kuchliroq, har qachongidan birlikda va har qachongidan qat’iyroqdir. Shunday ekan, bu xalq sabrining oxirini hisobga ol va uni ortiq sinama.

وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰ أَمْرِهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Exit mobile version