Qaysi adolatni «Xalqaro jinoyat sudi» amalga oshiradi?!

Sharif Bovor

Har kuni yuzlab falastinlik bolalar sionistik Isroil rejimining bombardimonlari ostida qon kechayotgan bir zamonda, “Xalqaro jinoyat sudi” nomli sud butun bu insoniyatga qarshi jinoyatlarni ko‘rmaslikka oladi. Buning o‘rniga, Afg‘onistonda yillar davomida jasorat va mardlik bilan jihod qilgan, mamlakatlariga mustaqillik, xavfsizlik va osoyishtalik olib kelgan Islomiy Amorat rahbarlarini hibsga olish va sud qilish bilan tahdid qiladi.

Bu aynan o‘sha “adalat”dirki, G‘arb unga faxrlanadi; adolat bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa – G‘azo bolalarining qonini ko‘rmaydi, ammo bu yurtdagi tinchlikni tiklaganlarni sud qilishga urinadi.

Islomiy Amorat Afg‘oniston – dono va farosatli rahbarlari boshchiligida, yillar davom etgan beqarorlik va urushlardan so‘ng, xalqiga tinchlik va barqarorlik keltirdi. Bu hukumatning qonunlari – islomiy shariat asosida tuzilgan qonunlardir; o‘sha shariatki, asrlar davomida insoniyatga adolat olib kelgan, lekin bugun G‘arb sudlarida “insoniyatga qarshi jinoyat” sifatida baholanmoqda! Axir, mana shu “adalat”mi, dunyo faxrlanayotgan narsa?!

Bu xalqaro sud – amalda hech bir vakolati bo‘lmagan, katta kuchlarning qo‘lidagi bir vosita, ko‘p bora ko‘rsatgan: u Isroilning jinoyatlari qarshisida jim qolgan, lekin bugun Afg‘onistonni bosqinchilardan xalos etgan rahbariyatga qarshi hukm chiqarishga urinmoqda.

Axir bu ochiqchasiga kamsitishning o‘zi katta jinoyat emasmi?! Axir G‘azo erkaklari, ayollari va bolalari odam emasmi?! Nega o‘zlaringiz yaratgan qonunlar ularga tatbiq qilinmaydi?! Nega sionistik Isroil rejimini sud qilmayapsizlar?!

Islomiy Amorat rahbari – donolik va hushyorlik bilan Afg‘onistonni urush girdobidan najot topgan sohilga yetkazgan shaxsdir. U har doim islomiy adolatni targ‘ib qilgan, lekin bugun u G‘arb siyosatchilari soyasida faoliyat yuritayotgan sud tomonidan ayblanmoqda. O‘sha sudki, hatto G‘azo bolalarining qonini to‘kayotgan Netanyahuga qarshi bir dona hibsga olish qarori ham chiqarmagan.

Bugun dunyo adolat degan tamashani tomosha qilmoqda; adolat degani – faqat zaiflarga nisbatan tatbiq qilinayotgan bir vositaga aylangan. Ammo Afg‘oniston xalqi o‘zining qat’iy iymoni bilan biladiki, yagona haqiqiy adolat – bu ilohiy adolatdir. G‘arb tomonidan tuzilgan sudlar hech qachon bizning rahbarlarimizning qonuniyligini so‘roq ostiga ololmaydi.

Haqiqiy adolat – bu Qur’oni Karimning hayotbaxsh oyatlaridan olingan adolatdir, emas esa vakolatsiz sudlarning majburan chiqarilgan hukmlari. Shuni unutmaslik kerakki, kuch egalarining nazorati ostida faoliyat yuritayotgan siyosiy sudlar, haqiqatning ildiziga bolta urayotgan bu sudlar – bizning nazarimizda na huquqiy kuchga ega va na hurmatga loyiqdir. Ularning hukmlari biz uchun rad etilgandir.

Exit mobile version