Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bosqinlari va ulardan olingan ibratlar III qism

Abu Rayan Al-Hamidiy

Ikkinchi: Buvot g‘azoti

Buvot g‘azoti g‘azovotlar ketma-ketligida ikkinchi g‘azot hisoblanadi. Hijratning ikkinchi yilida, Rabiul avval yoki Rabius saniy oyida Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam vahiy orqali Quraysh karvoni, Umayya ibn Xalaf boshchiligida, Makkai Mukarramaga tomon harakatlanayotganidan xabar topdilar. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam 200 nafar sodiq sahobalari bilan ushbu karvonga hujum qilish niyatida Buvot hududiga tomon yo‘l oldilar.

 

Ushbu g‘azotning bayrog‘i oq rangda edi va uni Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anh ko‘targan edilar. Karvon oldinroq o‘tib ketgani sababli Islom qo‘shini jang qilmasdan Madinaga qaytdi. O‘sha paytda Madinadagi davlat ishlari musulmonlarning oldingi safdoshi bo‘lgan Sa’id ibn Maz’un roziyallohu anh tomonidan boshqarilgan edi.

 

Buvot — bu Makka va Shom yo‘lidagi bir tog‘ nomi bo‘lib, u Madinadan taxminan 48 mil uzoqlikda joylashgan.

 

Uchinchi: Ushayra g‘azoti

Siyrat olimlarining aksariyatiga ko‘ra, Ushayra g‘azoti g‘azovotlar ketma-ketligida uchinchi g‘azot hisoblanadi. Ushbu uchinchi Islom lashkari, hijratning ikkinchi yilida, Jumadul ula oyida, Quraysh karvoni Shom tomon ketayotgani haqida xabar olib, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam boshchiligida 200 nafar muhojir bilan Madinadan Ushayra hududiga tomon yo‘l oldi.

 

Yo‘l davomida Ibn Azhar maydonida bir daraxt soyasida dam olib, ovqatlandilar va namoz o‘qidilar. Keyin Yalayl hududida ham dam olib, so‘ngra Ushayra hududiga yetib bordilar.

 

Madinada Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam Abu Salama ibn Abdul Asad roziyallohu anhni o‘z o‘rinbosari qilib tayinladilar. Karvon oldinroq o‘tib ketgani sababli hech qanday jang bo‘lmadi. Ammo musulmonlar Bani Mudlij qabilasi bilan sulh tuzdilar va Madinaga qaytdilar.

 

Shomdan Makkaga qaytib kelayotgan xuddi o‘sha karvon musulmonlar bilan qayta to‘qnash keldi va bu voqea katta Badr g‘azotiga sabab bo‘ldi.

 

Shubha va unga javob:

Ushbu uchta g‘azotda Islom lashkarining maqsadi Qurayshning savdo karvonlari edi. Ular Shomdan Makkaga yoki Makkadan Shomga yo‘l olishar edi. Endi Islomga qarshi bo‘lganlar: «Nega Payg‘ambar sallollohu alayhi va sallam savdo va harbiy bo‘lmagan karvonlarni nishonga oldilar? Bu Islomning tamoyillariga zid emasmi?» degan shubhani o‘rtaga tashlamoqdalar.

 

Bunga javob shuki, Payg‘ambar sallollohu alayhi va sallam va ularning sahobalari Makkadan kuch bilan haydab chiqarilgan edi. Ularning mol-mulklari, uy-joylari va bog‘lari tortib olingan edi. Shu sababli, bu g‘azotlar o‘z mol-mulklarini yoki ularning qiymatini qaytarib olish uchun amalga oshirilgan edi va bu boshqalarning mol-mulkiga nisbatan tajovuz emas edi.

 

Shu sababdan, Badr g‘azotidan oldin, bu g‘azotlarda birorta ansor ishtirok etmagan edi. Ishtirok etganlarning barchasi faqat muhojirlar edi, chunki urush Quraysh bilan muhojir musulmonlar o‘rtasida edi.

Exit mobile version