Soxta islomiy guruhlarning islomiy geografiyani parchalashdagi roli!

Sa‘id Fatih

Madaniy davlat ilk islomiy davlat sifatida barpo etildi va juda qisqa fursatda o‘z ildizlarini mustahkamlaidi. Har tong quyosh chiqishi bilan islomiy davlat hududi kengayib borar, odamlar to‘da-to‘da bo‘lib musulmonlar safiga qo‘shilardi. Makka va Madinadan keyin, har bir xalifa davrida dunyoning yirik va muhim shaharlari fath etildi, islomiy davlat rivojlandi. Bu shaharlar orasida ko‘plab payg‘ambarlar alayhimussalom davrida markaziy ahamiyatga ega bo‘lgan, alohida ulug‘lik kasb etgan va payg‘ambarlar yuborilgan hududlar ham bor edi.

Bu hududlarning har biri nihoyatda katta mashaqqat va fidoyiliklar bilan fath qilingan edi. O‘sha davrda harbiy qo‘mondonlarning zakovati, mustahkam iymon va Robbimizning nusratlari asosiy g‘alaba omillari sanalardi. Hech qachon bu yerlar qo‘ldan chiqadi, yana kofirlar hukmron bo‘ladi va yagona islomiy yurt “islomiy davlat” nomi ostida 57 bo‘lakka bo‘linadi, deb o‘ylab ham ko‘rilmagan edi.

Ammo afsuski, ichki kelishmovchiliklar, fasod va musulmon libosidagi islom dushmanlari bu shaharlarning qulashida va parchalanishida asosiy omillar bo‘ldi.

Yagona islomiy yurt biz kutmagan holda 57 bo‘lakka bo‘lindi. Shunga qaramay, dushmanning ko‘ngli hanuz sovimadi va uni 88 bo‘lakka ham ajratmoqchi, holbuki bu yerlarning asl egasi hanuz g‘aflat uyqusida. Baytul-Maqdis Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anh tomonidan, Damashq Xolid ibn Valid va Abu Ubayda roziyallohu anhumo tomonidan, Misr Hazrat Amr ibn Os roziyallohu anh tomonidan, Andalus Toriq ibn Ziyod rahimahulloh tomonidan, G‘arnota Ahmad ibn al-Ahmar rahimahulloh tomonidan, Istanbul Sulton Muhammad Fotih rahimahulloh tomonidan, Samarqand va Buxoro Qutayba ibn Muslim rahimahulloh tomonidan, Balx Ahnaf ibn Qays roziyallohu anh tomonidan, Dehli Muhammad G‘uriy tomonidan, Lohur Sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan, Qashg‘ar Satuq Bug‘roxon tomonidan, Mashhad Abdulloh ibn Omir roziyallohu anh tomonidan va Tabriz Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anh tomonidan fath etilgan edi. Bularning barchasi biz uchun qolgan belgilar edi. Bundan tashqari, yana o‘nlab boshqa shaharlar ham fath etilgan, har bir mintaqada zamon fir’avni o‘sha davr Musosi orqali halokatga uchratilgan edi.

Ammo dushman oramizda hokimiyatparast kishilarni tarbiyaladi, islom nomi ostida va o‘z maqsadlari yo‘lida soxta musulmonlarni josusga aylantirdi va ulardan guruhlar tuzdi. So‘nggi davrlarda esa barcha islomiy shaharlarda siyosiy partiyalar tashkil etdi, ular parchalanish va bosib olish siyosatida dushman uchun nihoyatda samarali bo‘ldi.

Parchalash yo‘lida ummat ichidagi eng xavfli guruhlar qurolli faoliyat, davlat to‘ntarishi va urushlar bilan shug‘ullanganlar bo‘ldi; bugungi IShID shular jumlasidandir. Ular har bir islomiy shahar xavfsizligi uchun katta to‘siqdir. Ularning hujumlari doimo islomiy shaharlarga, musulmonlarga yoki islomiy hukumatlarga qaratilgan. Tashkil topganidan to bugungacha islomni shior qilib kelishadi, ammo barcha amallari islomni zaiflashtirish va islomiy hukumatlarni qulatish yo‘nalishida bo‘lgan.

Exit mobile version