O‘rta Sharq ommaviy axborot vositalarining Amerika rasmiylariga tayangan holda xabar berishicha, Suriyaning Dayr az-Zor viloyatida mahalliy IShID qo‘mondonlaridan biri o‘z sherigi bilan birga havo hujumida halok bo‘lgan.
Hisobotlarga ko‘ra, ushbu shaxsning ismi “Abu Yusuf” bo‘lib, IShIDkuchlari orasida “Mahmud” nomi bilan mashhur edi va u Dayr az-Zor viloyatida faoliyat yuritgan.
Suriya Inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv tashkiloti ma’lum qilishicha, Abu Yusuf IShID nazorati ostida “Al-Xayr” nomli ikkinchi darajali viloyatning voliy sifatida Shom mintaqasida faoliyat olib borgan. Ammo hozirgacha IShID ushbu voqea yuzasidan hech qanday munosabat bildirmagan.
Shuni ta’kidlash joizki, Dayr az-Zor Suriyaning shunday shaharlari sirasiga kiradi, bu yerda IShID yashirin ravishda mavjud bo‘lib, vaqti-vaqti bilan mahalliy boy odamlarga, ayniqsa, pul to‘lashdan bosh tortganlarga hujumlar uyushtiradi.