Haris Ubayda
Dinni har narsadan ustun qo‘y va uni amalga oshirishda sustkashlik qilma!
Usmoniylar davlatining barcha rahbarlari, Sulton Muhammad Fotihdan oldin ham, undan keyin ham, maxsus islomiy tarbiya asosida voyaga yetkazilgan edilar. Ularning aqidasi to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketmasligi va haqiqiy aqida maqsadlariga ustuvorlik berilishi masalasiga juda katta e’tibor qaratilgan. Ana shu tarbiya natijasida Usmoniy rahbarlar og‘ir diniy urushlarda chiniqqan edilar.
Usmoniylar urush e’lon qilganlarida va xalqni Alloh yo‘lida jihodga da’vat etganlarida, tillaridan mana bu go‘zal so‘zlar jaranglar edi: {Fathlarga keling, yo g‘oziy bo‘ling, yo shahid!}
Usmoniylar davlati hukmron bo‘lgan har bir hududda uning rahbariga {G‘oziy} unvoni berilar edi, ya’ni Ulug‘ Alloh yo‘lida jihod qiluvchi. Bu unvon ularning boshqa barcha laqablaridan ustun bo‘lib, buyuk saltanatlar orasida oliy maqomga ega edi. Usmoniylar davlatining eng buyuk maqsadi islomni himoya qilish va islom bayrog‘ini butun dunyo bo‘ylab baland ko‘tarish edi.
Shu sababli butun saltanat islomiy rangga burkangan edi: xoh oddiy xalq bo‘lsin, xoh zodagonlar; xoh davlat a’zolari, xoh lashkar; xoh madaniyat, xoh qonun; xoh zohir, xoh botin har bir jihatda o‘ziga xos islomiy ruh mujassam edi. Bu holat faqat bir necha yil bilan cheklanmagan, balki Usmoniylar davlati yetti asr davomida aynan shu islomiy asosda mustahkam turib kelgan.
Usmoniy sultonlari dinni har narsadan ustun qo‘yganlar. Har bir sulton bu masalaga alohida e’tibor qaratib, imkon qadar diniy ishlarni vatanning eng chekka hududlarigacha yoyishga harakat qilgan. Ular o‘zlarining asl tan olinishi islom ekanini, merosi va sivilizatsiyasi islom asosida qurilganini ta’kidlashgan. Musulmonlar yashagan har bir hududda butun islom ummati uchun maktablar, masjidlar va ta’lim muassasalarida yagona va tartibli o‘quv dasturi amal qilgan. Ularning maqsadi musulmon yoshlar shuni anglab yetsinki: biz musulmonlar birmiz va kelajagimiz faqat islom bilan bog‘liqdir; hayotimiz ham, o‘limimiz ham faqat islom uchun bo‘lishi kerak.
Kichik maktablarda bolalarning ongiga shu aqida singdirilar edi: biz musulmonlar birmiz. Hatto bola tug‘ilgan paytda ro‘yxatga olish hujjatlarida hech qanday boshqa millat yozilmas, balki faqat Islom deb qayd etilar edi. Shaxsiy hujjatlarida ham faqat Musulmon degan yozuv bo‘lar, bundan boshqa hech qanday tan olinishi qabul qilinmas edi.
Usmoniylar turklar, arablar, cherkaslar, albaniylar, kurdlar va boshqa qavmlar o‘rtasida kamsitish qilmaganlar. Usmoniylar davlatining maqsadi shundan iborat ediki, uning hududida yashovchi odamlar faqat bitta din islom asosida birlashsinlar. Ularning nazarida, har bir inson uchun eng buyuk faxr o‘zini musulmon deb atash edi.
Usmoniylar Ulug‘ Alloh yo‘lida jasorat ko‘rsatgan har bir g‘oziy qahramonni ulug‘lashgan. Bu qahramonlarni tarixning oltin sahifalariga bitishgan. Chunki ularning e’tiqodiga ko‘ra, barcha musulmonlar bir-biriga birodar edilar, nasab jihatidan uzoq bo‘lsalar ham.
Usmoniy qahramonlaridan biri Abdulloh al-Battol bo‘lib, u hijriy 122-yilda Umaviylar davrida Kichik Osiyodagi Akrinin jangida shahid bo‘lgan. Imom Tabariy hijriy 122-yil voqealarini yozib, u haqda shunday deydi:
Bu jangda musulmonlar orasidan Abdulloh al-Battol Rum yerida shahid bo‘ldi.
Usmoniylar Abdulloh al-Battolni o‘z qahramonlari deb bilishgan, garchi u nasab jihatidan arab bo‘lsa-da, holbuki Usmoniylar davlati hijriy yettinchi asrda barpo bo‘lgan edi. Usmoniy qahramonlari islom qahramonlari va tarixdagi haqiqiy mujohidlar edilar. Usmoniylar davlatining sultonlari maxsus unvon va sifatlar bilan tanilgan bo‘lib, ulardan ularning eng buyuk maqsadi islomga xizmat qilish bo‘lgani yaqqol ko‘rinib turardi. Bu unvonlardan ba’zilari quyidagilar edi:
Sulton al-G‘uzot, Sulton al-Mujohidin, Xodim al-Haramayn ash-Sharifayn, va Xalifatul Muslimin.
Diniy ishlarga sodiq bo‘lmagan, katta gunohlardan tiyilmaydigan va nopokliklarga botgan kishilar bilan do‘stlik ham, xizmat ham qilma.
