Haris Obaida
Allohu Akbar! Alloh nihoyatda buyukdir, sen sevgan daraxtlarning mevalari undan avval sharafli otang ekkan edi.
Misr sultonining maktubida shunday keladi:
Allohu Akbar! Haza an-nasru val-zafaru, haza huval-fathu, la yaz’umu-l-bashar.
Allohu Akbar! Bu fath va g‘alaba insonlarning xayol va tasavvuridan ham yuksak bo‘lgan zafardir.
Sulton Misr saroyining shoiri tomonidan Qustantiniya fathiga bag‘ishlangan so‘zlar:
Shunday bo‘lmog‘i kerakki, Alloh rizosi uchun iroda baland bo‘lsin, aks holda o‘tkir qilichlar ro‘molchalardan farqsizdir.
Sening lashkaring otlari ulkan dengizdek to‘lqinlanadigan lashkardir, to‘lqinlari qo‘rquv va haybat taratadi.
Bu lashkarni har tomondan g‘alaba bayrog‘i o‘rab olgan; bu bayroq — faqat g‘alabaning belgisi emas, balki g‘alabaning o‘zi va muvaffaqiyatning o‘zidir; bu lashkarning xizmatkorlari ham uning g‘alabasiga bo‘ysundir.
Ey Islomning yordamchisi! Ey hujumlaring haqidagi qissa tarix kitobining so‘nggi sahifalarigacha yoziladigan zot!
Bu g‘alaba muborak bo‘lsin! Uning xotirasi yerdagi jazirama kunlardek boqiy qoladi, osmonlar va yulduzlar yo‘lini ham uni ulug‘lash uchun belgilab beradi.
Sulton Muhammad Fotihning Makkayi Muazzama volisiga maktubi:
Sulton Muhammad Fotih Makkayi Muazzama volisiga maktub yozib, fath xabarini yetkazdi, duolarini so‘radi va qimmatbaho tuhfa jo‘natdi. Maktubdan ayrim parchalar quyidagicha:
Avval Makkayi Mukarrama volisini madh etib, so‘ngra shunday yozdi:
Biz bu maktubni sizga jo‘natdik taqdir qilgan fathni xushxabar qilish uchun. Alloh bu yilda bizni shunday fath bilan aziz qildi, bunday g‘alabani na bir ko‘z ko‘rgan va na bir quloq eshitgan edi. Bu buyuk fath Qustantiniya fathidir. Sizdan xohlaymizki, bu xushxabarni eshitib shod bo‘ling va siz bilan birga Haramayni sharifaynda yashovchi olimlar, solihlar, zohidlar, obidlar, mashoyixlar, taqvodor imomlar, katta-kichik barcha quvonch izhor etsinlar.
Ey Ka’ba pardasiga yopishganlar! Ya’ni imonlari mustahkam, hech qachon larzaga kelmaydigan zotlar, Zamzam va Maqomi Ibrohimning sohiblari, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qo‘shnichiligida i’tikof qiluvchilar, Arafotda bizning saltanatimiz uchun duoga qo‘l ochuvchilar!
Alloh taolo ularning barakoti ila bizga rahmat va karam yomg‘irini yog‘dirsin, darajalarini yuksaltirsin.
Men vakilim qo‘li bilan sizlarga bu tuhfalarning barchasini jo‘natdim; bu tuhfa faqat siz uchundir:
To‘liq miqdorda oltin florinlar (tilla tangalar), g‘animat mollari, bir tezkor ot.
Yett ming florin kambag‘allarga, ikki ming florin ulug‘lar va amirlarga, ming florin maxsus Haramayni sharifayn xizmatkorlariga, qolganlari esa Makka va Madina faqirlariga taqsim qilinadi. Sizdan xohlayman, bu mablag‘larni adolatli taqsim eting.
Barcha musulmonlardan so‘rayman: bizni duolarida yod etsinlar, bizga lutf va ehson qilsinlar.
Alloh sizlarni asrasin va Qiyomatgacha sizlarga saodat va izzatni barqaror qilsin.