Turkiya ichki ishlar vaziri payshanba kuni GURZ-1 deb nomlangan operatsiyada IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib 72 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi.
Ali Yerlikaya o’zining X foydalanuvchi akkauntida bu bayonotlarni bildirdi va bu odamlar 13 viloyatda qo’lga olinganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan buyon IShID odamlari va pullarini o‘tkazish uchun muhim markaz bo‘lgan Turkiyada IShID/Xavorijga qarshi amaliyotlar kengayib, o‘nlab odamlar unga aloqadorlik jinoyati uchun hibsga olingan.