Abdulbasir Umari
Ulamo ummatning ustunlari va payg‘ambarlarning vorislaridir. Ular ummat uchun ruh va yurak kabidir. Ulamodan mahrum bo‘lgan ummat jonsiz jasad kabidir. Ulamolarning martabasi nihoyatda yuksakdir; ular Allohning dinini xalqqa yetkazadilar, ummat yoshlari ongini uyg‘otadilar, yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar, diniy va ijtimoiy tizimlarni barpo qiladilar hamda mo‘minlarga dunyo va oxirat najot yo‘lini ko‘rsatadilar.
Ulamolar ummatning ma’naviy va ruhiy rahbarlaridir. Ular payg‘ambarlarning o‘rnida o‘tirib, ularning vazifalarini ado etadilar. Biz ularga itoat, hurmat va ehtirom ko‘rsatishga buyurilganmiz. Ularning huzurida eng kichik beodoblik, hatto yengil so‘z yoki arzimas harakat ham katta gunoh hisoblanadi.
Oddiy bir musulmonni o‘ldirish ham kofirlik va shirkdan keyingi eng katta gunohlardan biridir. Alloh taolo aytadi:
(وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا)
[An-Nisa: 93]
Ma’nosi: Kimki bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosı jahannamdir, u unda abadiy qolur. Alloh unga g‘azab qiladi, uni la’natlaydi va unga ulkan azob tayyorlab qo‘ygan.
Agar oddiy bir musulmonni o‘ldirish shunchalik katta gunoh bo‘lsa, unda ummatning ma’naviy rahbarlarini o‘ldirishning gunohi qanchalik og‘ir bo‘lar ekan?
Imom Navaviy (rahimahulloh) aytganlar:
«قتل العالم من أعظم الكبائر لأنه إطفاء لنور الدين»
(Sharh Muslim j.16, s.45)
Tarjima: Alimni o‘ldirish eng katta gunohlardandir, chunki bu din nurini o‘chirishdir.
Alloh taolo payg‘ambarlar va adolatga buyuruvchi ulamolarni o‘ldirganlar haqida shunday deydi:
(إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَيَقْتُلُونَ النَّبِيِّينَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَيَقْتُلُونَ الَّذِينَ يَأْمُرُونَ بِالْقِسْطِ مِنَ النَّاسِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ أَلِيمٍ)
[Al Imran: 21]
Ma’nosi: Albatta, Allohning oyatlariga kofir bo‘lgan, payg‘ambarlarni nohaq o‘ldirgan va odamlarni adolatga chaqirganlarni o‘ldirgan kimsalarga og‘ir azob xushxabari ber.
Hadisda ham kelgan:
Abu Ubayda ibn Jarroh (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Men dedim: Ey Rasululloh, qaysi kishi qiyomat kuni eng og‘ir azobga duchor bo‘ladi?
Rasululloh (s.a.v) dedilar:
«رجلٌ قتل نبيّاً أو من أمر بالمعروف ونهى عن المنكر»
Tarjima: Payg‘ambarni yoki yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchi kishini o‘ldirgan odam.
Demak, ulamoni o‘ldirish ulkan gunoh va og‘ir azob sababidir.
Bir olimni o‘ldirish faqat bir inson qonini to‘kish emas, balki ummatdagi nubuvvat merosini yo‘q qilishdir. Oldingi ummatlarda, Bani Isroil payg‘ambarlar va ulamolarni o‘ldirganlarida, Alloh ularni xor, faqir va muhtoj qildi. U zot aytadi:
(وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ وَالْمَسْكَنَةُ وَبَاءُوا بِغَضَبٍ مِنَ اللَّهِ ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا يَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَيَقْتُلُونَ النَّبِيِّينَ بِغَيْرِ الْحَقِّ ۗ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ)
[Al-Baqara: 61]
Ma’nosi: Ularning ustiga xorlik va qashshoqlik solindi, Allohning g‘azabiga uchradilar. Chunki ular Allohning oyatlariga kufr keltirdilar va payg‘ambarlarni nohaq o‘ldirdilar. Ular itoatsiz va tajovuzkor edilar.
Bugungi kunda ulamolarni o‘ldirish Pokistonning to‘g‘ut va harbiy rejimining doimiy vazifasiga aylangan. Ular nohaq ulamolarni shahid qiladilar, qamaydilar, haqni aytishdan to‘xtatadilar, diniy madrasalarni buzadilar va ilmiy markazlarga hujum qiladilar. Qur’on ta’kidlaganidek, bu uyatli jinoyatlar ularni xorlik va qashshoqlikka mubtalo qilgan.
1947-yilda Pokiston tashkil topganidan buyon, uning harbiy rejimi Shayxulislom Maulana Shabbir Ahmad Usmoniy, Maulana Sayyid Abu’l-A’la Maududiy, Maulana Atoulloh Shoh Buxoriy, Maulana Sayyid Sulaymon Nadaviy, Maulana Zafar Ahmad Ansoriy, Maulana Abdulhamid Badayuniy, Maulana Zafar Ahmad Usmoniy va Deoband ulamolarining katta bir guruhiga qarshi chiqdi.
Bu ulamolar zulmga qarshi turdilar, din ahkomlarini tatbiq etishga chaqirdilar. Pokiston harbiy rejimi esa ularni qamoqqa oldi, ba’zilarini uy qamog‘iga soldi, ayrimlarini esa o‘limga hukm qildi. 1971-yilda Pokiston armiyasi Bengal musulmonlarini qatliom qilgan paytda, shahidlar orasida ko‘plab ulamolar, olimlar va yozuvchilar ham bor edi.
Ko‘plab boshqa ulamolar ham harbiy rejim tomonidan sirli tarzda shahid qilindi jumladan: Mufti Nizomiddin Shomziy, G‘oziy Abdur Rashid, Shayx Hasan Jon shahid, Shayx Abdul G‘ani, Shayx Nasibxon va boshqalar. 2007-yilda bu qonxo‘r rejimning Lal Masjid va Jamia Hafsa’ga qilgan hujumi yuzlab olim, tolibi ilm, hofiz va hofizalarni shahid qilgan voqea hali ham Islom olamining yodidadir.
Bugun ham Pokiston harbiy rejimi Afg‘onistonga qarshi urush olib borar ekan, u ichki va xalqaro ulamolar tomonidan keskin qoralanmoqda. Ularning jinoyatlari ulamolarni qo‘zg‘atdi, ba’zilarni hatto unga qarshi qurolli jihodga chorlab qo‘ydi.
Xulosa qilib aytganda: ulamolarning shahid qilinishi eng katta jinoyat va eng jirkanch zulmdir. Bu dajjoliy rejim esa bunday jinoyatlarda doimo ishtirok etib, unga odatlanib qolgan.












