Xavorij Daesh o‘tmish va hozirda!

Muallif: Abu Usama Xurosaniy

Xavorijiy Daesh o‘zining soxta xalifalik davrida keng ko‘lamli targ‘ibot va musulmon yoshlarning sodda his-tuyg‘ularidan foydalangan holda ko‘plab odamlarni o‘ziga jalb qila oldi.

Ko‘plab odamlar o‘sha paytda dunyoning turli burchaklaridagi musulmonlarning ayanchli ahvolini ko‘rib, bu holatdan chiqish yo‘lini izlashar edi va Daeshning xalifalik e’lonini ummatning ahvolini yaxshilash imkoniyati deb bilishar edi.

Shu sababdan ular dunyoning turli burchaklaridan Daeshning soxta xalifaligi safiga qo‘shilishga qaror qilishdi va ko‘plab guruhlar Daeshning jabhaga qo‘shildi.

Vaqt o‘tishi bilan xavorijiylarning niqobi tushib, ularning haqiqiy tabiatlari oshkor bo‘ldi va endi kamdan-kam odam Daesh xavorijlariga qo‘shilib, ularning safiga kiradi.

Shunday bo‘lsa-da, hozirda ham xavorijiylarning harbiy kiyimini kiygan oz sonli kishilar bor, ular xoh bilib, xoh bilmay, kufr dunyosining manfaatlari yo‘lida hayotlarini qurbon qilmoqdalar.

Bu kichik guruhning aksariyati esa din haqida johil va qora tarixga ega bo‘lgan odamlardir, ular bir zalolatdan boshqa bir zalolatga qadam qo‘ygan.

O‘tmishda ko‘plab voqealar sodir bo‘lgan, ular Daesh a’zolarining qora tarixidan dalolat beradi. Masalan, hozirda Daesh Xurosonning rahbari hisoblangan Sanaulloh G‘afariy haqida gapirib o‘tsak, u o‘zini Daesh Xurosonning yetakchisi deb biladi, lekin o‘tmishda Amrulloh Solih, Afg‘oniston prezidentining birinchi o‘rinbosarining maxsus qo‘riqchisi bo‘lgan.

Rossiyada ham qachonki bir qamoqxonada garovga olish amaliyoti sodir bo‘lganda va yakunda uni amalga oshirganlar o‘ldirilganida, xavorijiy Daesh bu hujumni o‘z zimmasiga oldi. Tekshiruvlar natijasida ularning barchasi oldin narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanganliklari uchun qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.

Bir necha kun oldin Amerika Adliya vazirligi 27 yoshli afg‘onistonlik fuqaro prezidentlik saylovi kuni hujum qilishga urinishda qo‘lga olinganini e’lon qildi.

NBC News ikki amerikalik rasmiylarning bayonotlariga tayanib yozganidek, Nasir Ahmad Tohidiy o‘tgan dushanba kuni Oklaxoma shtatida prezidentlik saylovi kuni odamlarni o‘ldirish maqsadida ikki dona Kalashnikov va o‘q-dorilar olib yurganida FBI tomonidan qo‘lga olingan.

Asl masala shundaki, bu kishi ham xuddi boshqa aldanib qolgan xavorij askarlari kabi, Amerika OAVlari da’vosiga ko‘ra, AQShga ketishidan oldin Afg‘onistonda CIA bilan qo‘riqchi sifatida ishlagan va 2021 yil sentyabr oyida Amerika razvedkasi uni minglab josus va jangchilari bilan birga Afg‘onistondan olib chiqqan.

Bu voqea va boshqa keltirilgan misollar, bu guruh a’zolarining haqiqiy yuzini ko‘rsatib beradi va bu holat xavorijiylarning yo‘nalishidagi buzilishlarga razvedka tarmoqlarining aralashuvi va ularning guruh faoliyatidagi qaror qabul qilishlariga ishora qiladi.

Bu holat xavorijiylarning yo‘nalishidagi buzilishlarni yanada oshkor qilgan holda, butun musulmon ummati uchun ogohlantirishdir, toki ular bu adashganlar safiga qo‘shilishdan o‘zlarini uzoq tutsinlar.

Exit mobile version