Abdulloh Arab
IShID fitnasi — u paydo bo‘lgan ilk kunlaridayoq ko‘plab odamlarni umidga to‘ldirgandi. Go‘yo ummatning zulmatga botgan kechalari tong yorug‘ligiga yaqinlashayotgandek, yo‘qolgan shon-shuhrat qaytadigandek tuyulgandi. Ammo hammaga zid ravishda, IShID o‘zi bilan butunlay boshqa bir haqiqatni olib keldi.
Ha! IShID ummatning dardini kamaytirmadi, aksincha, o‘zi ulkan bir dardga aylandi va allaqachon jarohatlangan ummat tanasini yanada ko‘proq yaraladi. Rostdan ham bu guruhning oxiri nima bo‘ldi? Ular o‘z maqsadlariga erisha oldilarmi? Islom ummatini uni qiynab kelayotgan inqiroz va musibatlardan qutqara oldilarmi? Yoki oxir-oqibat, dastlabki shiorlaridan boshqa hech narsa qolmadimi?
IShID dastlab Islom xalifaligini barpo etish va ummatni qutqarish shiori bilan maydonga chiqqan edi. Ammo yillar o‘tib, u Islomga qarshi razvedka kuchlari uchun eng qulay vositaga aylandi va ular belgilab bergan yo‘nalishda harakat qila boshladi.
Agar IShID faoliyatining natijasini Islom dushmanlarining maqsadlari nuqtayi nazaridan baholasak, aytish mumkinki, ular dushmanlarning barcha istaklarini eng mukammal tarzda amalga oshirdilar: begunoh musulmonlarning ommaviy qatl etilishi, Islomiy mamlakatlarning vayron qilinishi, jihodiy guruhlarga qarshi urush, butun ummatni takfir qilish, rabbaniy ulamolarning suiqasd bilan o‘ldirilishi, Islom ummatining yosh avlodini qurbon qilish va yana o‘nlab boshqa fojialar shular jumlasidandir.
Ammo agar IShIDni uning dastlabki yillarda ko‘targan shiorlari asosida baholaydigan bo‘lsak, bu harakatga muvaffaqiyatsizlik va parchalanishdan boshqa hech narsa nasib etmadi. Juda qisqa fursatda ularning haybati va qudrati nol darajaga tushdi va nazoratida bo‘lgan barcha hududlarni birin-ketin boy berdilar.
Endi savol shuki: xalifalik o‘rnatish da’vosi va yer yuzida hokimiyat shiorlarini ko‘targan IShID nega kutilganidan ham tezroq qulab tushdi va barcha orzu-umidlari puchga chiqdi?
Holbuki, IShID moliyaviy va insoniy resurslar jihatidan ancha ta’minlangan edi va uning qudrati ko‘plab boshqa guruhlarga nisbatan yuqoriroq ko‘rinardi. Shunga qaramay, bu imkoniyatlar ham uni tezkor inqirozdan qutqara olmadi va barqarorligini kafolatlay olmadi.
Ushbu maqolalar turkumida biz haqiqatga tayanib, IShIDning muvaffaqiyatsizligiga olib kelgan eng muhim omillarni va uning razvedka kuchlari qo‘lidagi vositaga aylanish sabablarini eslatib o‘tishga harakat qilamiz hamda bir nechta asosiy nuqtalarni yozma shaklda bayon etamiz.
