Aziz Jalol

Nega DAISh(ISHID) guruhi jozibador edi? Xalifalikka qo‘shilishni psixologik tahlil qilish

Urushlardan toliqqan, tartibsiz va xiralashgan Yaqin Sharqda DAISh (ISHID)guruhi minglab odamlarni butun dunyodan o‘ziga tortgan hodisaga aylandi. Bu halokatli joziba, odamlarning ongini o‘rab olgan ipak to‘rday psixologik omillar majmuasidan ildiz olgan edi.

  1. Shaxsiyat va ma’no ehtiyoji:

Shaxsiyat va ma’no izlash, bu jozibadorlikning birinchi omili edi. Modern dunyo ko‘plab insonlardan an’anaviy rishtalarni va tegishlilik tuyg‘usini tortib olgan bir davrda, DAISh(ISHID) asl qadriyatlarga qaytishni va’da qilardi. Islomiy hukumatni tiklash va xalifalikni jonlantirish shiori, Sharq va G‘arbdagi ma’no izlovchi adashgan yoshlarga qorong‘ulik ichida porlagan mash’ala kabi ko‘rinar edi. Bu guruh, jamiyat chekkasida o‘zini yolg‘iz his qilgan avlodning ojizligidan mohirlik bilan foydalanardi.

  1. Ekstremizm psixologiyasi:

(ISHID)DAIShning sodda va’da va takliflari nozik ongli kishilar uchun jozibador va vasvasaga soluvchi edi. Ular dunyoni faqat ikki bo‘lakka ajratardi: “yo biz bilan, yo bizga qarshi. Bu ikkiyuzli va soddalashtirilgan hikoya, zamonaviy dunyoning murakkabligidan charchaganlar uchun taskin bag‘ishlardi. Javobsiz savollar o‘rniga, ular aniq va tayyor javoblar olishardi.

  1. G‘urur va qudrat:

G‘urur va kuch tuyg‘usi ham muhim ta’sir omillaridan edi. (ISHID) DAISh a’zolariga o‘zlarini ustun guruhga mansub deb his qilishni uqtirardi. Harbiy videolar va soxta g‘alabalarning namoyishi ularda muvaffaqiyatli bir harakatning bir qismi bo‘lishi illuzasiyasini tug‘dirardi. Jamiyatida o‘zini beqadr his qilgan yoshlar uchun bu o‘zini qahramon deb tasavvur qilish imkoniyati edi.

  1. Ijtimoiy tarmoqlar:

Ijtimoiy tarmoqlar bu jarayonda muhim rol o‘ynadi. (ISHID) DAIShning professional targ‘iboti zo‘ravonlikni afsonaviy shaklga keltirgan, uni epik tomosha sifatida namoyish qilgan edi. Bu tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda virusdek tarqalib, nozik onglarga ega yoshlarning miyasini zaharlardi.

  1. Jamoaviy psixologiya:

Jamoaviy psixologiya ham e’tibordan chetda qolmadi. Ko‘plab odamlar bir harakatga qo‘shilganida, bu harakat bir turdagi qonuniylik va haqiqat tusini oladi. DAISh(ISHID) minglab tarafdorlarini ochiq maydonlarda namoyish qilib, ularga tarixiy va yirik bir harakatning a’zosi bo‘lish illuzasiyasini berardi.

Yakunda tahlil qilib aytganda, (ISHID)DAIShning jozibadorligi bu guruhning o‘z kuchidan emas, balki global jamiyatning zaifliklari va zamonaviy inson ruhiyatidagi inqirozlardan kelib chiqardi. Ular zamonaviy insoniyatning ruhiy yaralaridan qanday foydalanishni yaxshi bilishar va bu jarohatlarni o‘zlarining yovuz maqsadlariga xizmat qiladigan qurolga aylantirishgan edi.

  1. Hissiy aloqalar va idealizm:

Hissiy bog‘lanishlar va idealistik qarashlar ham bu guruhga odam jalb etishda muhim omil bo‘lgan. DAISh “Islom ummatini qayta tiklash” haqida epik rivoyat to‘qib, insonlarga o‘zidan yuksak bir ideallikka mansublik tuyg‘usini singdirgan. Bu “tarix yaratish” tuyg‘usi, oliy maqsad izlovchi idealist yoshlarga qarshi turib bo‘lmas va jozibador tuyulardi. Ular o‘zlarini yangi bir sivilizatsiyani qurayotgan askarlar deb hisoblardi  ammo aslida shafqatsiz zo‘ravonlik mashinasining bir bo‘lagiga aylanishganini anglamas edilar.

  1. Miya chayishning asta-sekinlik jarayoni:

Miya chayishning asta-sekinlik bilan kechuvchi jarayoni ham bu jarayonda asosiy rol o‘ynagan. DAISh(ISHID) psixologik uslublardan foydalangan holda odamlarni avval muloyimlik bilan o‘ziga tortardi, so‘ng ularni ochiq zo‘ravonlikni qabul qilish sari qadamma-qadam yetaklardi. Ekstremizm pillapoyalari deb nomlanuvchi bu jarayon tufayli, odamlar o‘zlari bilmagan holda zo‘ravonlikni amalga oshiruvchi faollarga aylanishardi.

Bugun qattiqqo‘l qotillarga aylangan ko‘plab kishilar bir paytlar oddiy yoshlar edi, ular G‘arb universitetlarining yotoqxonasida yoki qahvaxonalarida DAISh targ‘ibot videolarini tomosha qilib o‘tirishgan edi.

 

Exit mobile version