Soroush Niksir
(ISHID)DAIShning qulashi omillari: jang maydonidagi mag‘lubiyat
Bir paytlar o‘zlarini «mag‘lubiyatni bilmaydigan davlat» deb bilgan DAISh(ISHID) yirtqichlari islom olamining taqdirini o‘zgartiraman deb da’vo qilgan edilar. Ammo bu afsona yolg‘ondan boshqa narsa emasdi va harbiy bo‘ronlar qarshisida bardosh berolmadi. Ularning qulashi keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar boshlanishi bilan tezlashdi. DAISh(ISHID) tanasiga ilk og‘ir zarba – 2017-yilda Musul shahrining qulashidir.
Musul – bir vaqtlar DAISh(ISHID) da’vo qilgan xalifalikning moliyaviy va ramziy poytaxti hisoblangan bu shahar 9 oylik urushdan so‘ng Iroq kuchlari va xalqaro koalitsiya tomonidan ozod qilindi. Bu bilan (ISHID)DAIShning ildizlari bu yerda quritildi. Musulning qulashini faqat harbiy mag‘lubiyat deb bo‘lmaydi, bu (ISHID)DAIShning da’vo qilingan qonuniyligiga o‘lim zarbasi bo‘ldi. Shahar vayronalari va DAISh(ISHID) jangchilarining qochib ketayotgan suratlari ularning «mag‘lubiyat bilmas» afsonasini barbod qildi. Avval «jihod» va «qarshilik» degan yolg‘on nido bilan dunyoni to‘ldirgan bu to‘da haqiqiy jang maydoniga yetganda, qarshilik qilish o‘rniga qochishni afzal ko‘rdi.
(ISHID)DAIShning harbiy strategiyasi asimmetrik urush va yashirin operatsiyalarga asoslangan bo‘lib, yangi harbiy taktikalarga duch kelgach, samarasiz bo‘lib qoldi. Koalitsiya kuchlari sun’iy yo‘ldosh razvedkasi, aniq havo hujumlari va mahalliy qarshilik guruhlari bilan hamkorlikda bu guruhni asta-sekin yakson qildilar. Suriyada esa 2017-yilda koalitsiya havo yordami bilan Suriya Demokratik Kuchlari DAIShning ma’muriy poytaxti bo‘lgan Raqqa shahrini ozod qildilar. Bu ketma-ket mag‘lubiyatlar(ISHID) DAIShning hududini toraytiribgina qolmay, uning jangchilari ruhiyatini ham jiddiy zaiflashtirdi.
E’tiborga molik jihatlardan biri – so‘nggi oylar davomida DAISh(ISHID) jangchilarining xatti-harakatidagi o‘zgarishdir. Ko‘plab yuqori martabali qo‘mondonlar jangda o‘lish o‘rniga o‘z hayotini saqlab qolishga harakat qildilar. Ba’zilar qiyofa va shaxsiyatini o‘zgartirib qochib ketdi, past martabali oddiy jangchilar esa odam qalqoni sifatida urushga yuborildi. Bu ikkiyuzlama munosabat yetakchilar bilan oddiy jangchilar o‘rtasidagi chuqur tafovutni ochib berdi. (ISHID)DAIShdan qochgan jangchilardan biri shunday degan: “Qo‘mondonim bir necha hafta oldin oilasi bilan qochib ketganini bilgach, hammasi tugaganini angladim.”
Harbiy tahlilchilarning fikricha, DAISh(ISHID) oxir-oqibat o‘z strategiyasining qurboniga aylandi. Dastlab, terroristik taktikalar va shahar ichidagi urush bilan ba’zi yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, hech qachon muntazam armiya va klassik strategiyalarga ega kuchlarga qarshi tura olmadi. Yuqori martabali qo‘mondonlar o‘ldirilgach, samarali harbiy rahbarlik yo‘qligi har qanday qayta tashkilotni imkonsiz qildi.
DAISh(ISHID) o‘zini qayta tashkil eta olmadi va xalifaligi xalifasiz qolib ketdi. Bir vaqtlar “xalifalik lashkari” deb taqdim etilgan bu guruh cho‘l va sahrolarda tarqoq va qochqin guruhlarga aylantirildi.
(ISHID)DAIShning harbiy mag‘lubiyati faqat strategik g‘alaba emas, balki ulkan bir xayolning tugashi bo‘ldi. Bir vaqtlar minglab aldangan yoshlarni o‘ziga jalb qilgan “abadiy xalifalik” afsonasi jang maydonining haqiqatlari oldida so‘ndi. Bu mag‘lubiyat shuni isbotladi: hech bir guruh, hatto eng aldovli shiorlar va mohirona targ‘ibot bilan chiqqan taqdirda ham, xalq iroda va xalq qarshiligiga bardosh bera olmaydi.
Bu voqeadan olinadigan eng katta saboq shundaki: zo‘ravonlik, qirg‘in va talonchilik hech qachon haqiqiy hukumat o‘rnini bosa olmaydi; va har qanday tuzum agar firib va qo‘rquv asosida qurilgan bo‘lsa, albatta qulashga mahkumdir.