Duktur Homam Xon
Pokiston armiyasining qayta asos solinishi:
1947-yil 14-avgust kuni jahon xaritasida Pokiston nomli davlat paydo bo‘ldi. Bu davlat Hindistonning g‘arbiy hududlaridan tashkil topgan bo‘lib, u yerda musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etardi; masalan Panjob, Sind, Sarhad (Xaybar Paxtunxva) Balujiston va Kashmir. Sharqda esa Bengal hududi ham uning bir qismi edi. Musulmonlar bu davlatni tashkil qilish uchun katta qurbonliklar berdilar va qalblarida bu yurtda islomiy asoslar, ayniqsa La ilaha illalloh talablari asosida bir tuzum barpo bo‘lishiga umid bog‘lagan edilar.
Ammo amaliy vaziyatga nazar tashlansa, davlat tuzilmalari, ayniqsa armiyada hech qanday tub o‘zgarish yuz bermagani ayon bo‘ladi. Hindiston bo‘linishi natijasida Pokistonga o‘tgan armiya aslida Britaniya davridagi Hind podshohlik armiyasi ning o‘zi edi; uzoq yillar davomida Britaniya mustamlakachiligi manfaatlarini himoya qilib kelgan armiya edi. Ushbu armiyaning tuzilishi, ta’limi, intizomi hamda hatto harbiy tafakkuri va strategiyasi ham katta darajada ingliz uslubiga asoslangan edi.
Taqsimot formulasi asosida ushbu armiyaning va uning mulklarining qariyb o‘ttiz olti (36) foizi Pokistonga tegdi. Bu tarkibga sakkiz (8) piyoda brigadasi, sakkiz (8) artilleriya brigadasi va sakkiz (8) zirhli brigada kirardi. Bundan tashqari Karachi va Chittagongdagi ayrim muhim o‘quv markazlari hamda dengiz inshootlari ham Pokistonga topshirildi. (Pakistan Army, Tarix va Tashkilot Stephen P. Cohen 3-bet)
Shu sababli Pokiston tashkil topgan paytda mamlakatdagi eng katta, eng tartibli va eng milliy tashkilot armiya boshqarmasi edi. Davlatning ilk kunlarida mamlakat kuchli ma’muriy, iqtisodiy va mudofaa muammolariga duch kelgan edi. Bu holatni boshqarishda armiya muhim rol o‘ynadi va buning tabiiy natijasi sifatida keyingi yillar hamda o‘n yilliklarda aynan shu tashkilot davlat boshqaruvini to‘liq qo‘lga oldi. Ammo davlatni isloh qilish va rivojlantirish o‘rniga armiya davlat ustidan hukmronlik qildi hamda o‘zining rivoji va kuchayishini davom ettirdi. Bundan tashqari, armiya Pokiston tashkil topishidan avval qolib ketgan g‘arbona tizimda hech qanday tub o‘zgarish bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.
Ammo muhim savol shuki: bu armiyaning fikriy va nazariy asoslari ham o‘zgardimi yoki yo‘qmi? Haqiqat shundaki, bu borada hech qanday sezilarli qadam tashlanmadi. Garchi ma’lum darajada mahalliy ofitserlarni tayyorlash va tayinlash jarayoni boshlangan bo‘lsa-da, umumiy tuzilma, ta’lim dasturi va ma’muriy tafakkur asosan Britaniya davridagi holaticha qolib ketdi. Agar o‘sha davrning o‘zida keng qamrovli islohot boshlanganida; ya’ni armiyaning fikriy yo‘nalishi islomiy asoslar bo‘yicha shakllantirilganida, ta’lim dasturi o‘zgartirilganida va rahbarlik tuzilmasi hududiy ehtiyojlarga mos ravishda qayta qurilganida, ehtimol yangi va butunlay boshqacha bir armiya paydo bo‘lishi mumkin edi.
Vaqt o‘tishi bilan armiyaning roli yanada kengaydi. Siyosiy beqarorlik, ichki mojarolar va ketma-ket inqirozlar armiyani davlat ishlariga yanada faol aralashishga majbur qildi. Shu tariqa bu tashkilot faqat mudofaa kuchi bo‘lib qolmadi, balki siyosat belgilash va boshqaruvning barcha sohalarida ham ta’sir kuchiga ega bo‘ldi. Agar Pokiston tashkil topganidan keyin jiddiy choralar ko‘rilganida va Angliyaga sodiq bu armiya tubdan o‘zgartirilganida; uning ta’lim dasturi mashhur diniy ulamolar, chegaraviy hudud mujohidlari va zamonaviy harbiy mutaxassislar nazorati ostida qayta ishlab chiqilganida; armiya tuzilmasi to‘liq qayta qurilganida va inglizparast ofitserlar lavozimdan chetlatilganida, ehtimol bu armiya haqiqiy ma’noda Islom armiyasiga aylanishi mumkin edi.
Ammo amaliy haqiqat shuki, na bunday ish amalga oshirildi va na bu yo‘nalishda jiddiy fikr yuritildi. Natijada Pokiston tashkil topganidan keyin ham o‘sha Hind podshohlik armiyasi hech qanday o‘zgarish va islohotsiz saqlanib qoldi. Faqatgina farqi shunda ediki, qo‘llari musulmonlar qoni bilan bulg‘angan o‘sha armiya endi Pok armiyasi nomi bilan tilga olinadigan bo‘ldi.














