Rafiq
O‘nlab yillik urush va tartibsizliklardan so‘ng afg‘onlar bugun o‘zlarini xavfsiz va farovon his qilmoqdalar. Ammo qadimiy dushmanlar afg‘onlarning xavfsizligi va farovonligi qarshisida so‘nggi qurollarini ishga solib ko‘rmoqdalar. Afg‘onlar qo‘shnichilikda o‘z e’tiqod va ishonchlariga ko‘ra eng va’dasiga sodiq, samimiy, mehmondo‘st va mehribon xalqlardan biridir. Pokiston va uning rejimi ham aynan shu xususiyatlar sabab afg‘onlarning samimiyligi va xolisligidan doimo suiiste’mol qilib kelgan.
Hozirda Pokiston rejimi tomonidan afg‘onlar xavfsizligini izdan chiqaruvchi va vayronkor guruhlarni qo‘llab-quvvatlash tashkil etish hamda o‘qitish uning afg‘onlarga nisbatan yaxshi niyatda emasligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Albatta bu rejim o‘nlab yillardan beri ham yaxshi niyatda bo‘lmagan. Ammo u doimo afg‘onlarning sabr-toqati va bardoshini sinab kelib, buni ularning zaifligi va bexabarligi deb o‘ylagan.
Pokiston hududi va uning chegaraoldi mintaqalarida olib borilgan so‘nggi tergov va operatsiyalar shuni isbotladiki, yovuzlik buzg‘unchilik va fitna markazlari mazkur rejim tomonidan moliyaviy mafkuraviy va o‘z maqsadlari yo‘lida tayyorlanib ishga solinmoqda. Buning evaziga Pokiston rejimi xalqaro razvedka tashkilotlaridan ishonch va imtiyozlar qo‘lga kiritib shu yo‘l bilan mavjud iqtisodiy inqirozini bartaraf etishga urinadi. Ammo ushbu nopok va sharmandali doiralarning so‘nggi operatsiyalari Pokiston rejimini shu darajada larzaga soldiki amalga oshirilayotgan yovuz maqsadlar foyda o‘rniga ularning o‘zi uchun zarar manbaiga aylandi.
Tarix sahifalarida haqiqiy musulmon boshqaruvi hech qachon hech bir yovuz unsurga kengayish va mustahkam o‘rnashib olish imkonini bermagan. Bugun ham biz buzg‘unchilik vayronkorlik va beqarorlik loyihalarini amalga oshirayotgan guruhlar to‘dalar va ularning homiylariga yurtimizda xavfsizlikni buzish va vayronkorlik qilish niyatidagi faoliyatlarini davom ettirishlariga imkon bermaymiz. Aksincha bugun bizda fasod buzg‘unchilik va yovuzlik o‘choqlari o‘z o‘rnini mustahkamlab olishidan oldin, ularni qat’iyat va hushyorlik bilan ildizi bilan yo‘q qilish mas’uliyati va qudrati mavjud.
Yana bir bor Pokiston musulmon xalqi va siyosatchilariga e’tiqodiy va madaniy birodarlik nuqtayi nazaridan aytamizki Afg‘oniston va afg‘onlarni o‘ttiz yil avvalgi holati bilan tasavvur qilmanglar. Aks holda makkor qaram va yollanma bir rejimning yovuz maqsadlari qurboniga aylanasizlar. Bugun Afg‘oniston Islomiy Amirligi o‘zining hushyor va oqilona siyosati hamda tizimi bilan shunday bir darajaga yetdiki, xalq va o‘z tizimiga qarshi qaratilgan vayronkor unsurlar va maqsadlarni nafaqat mamlakat ichida, balki mamlakat tashqarisida ham oqilona hushyor va keskin choralar orqali bostirish qudratiga ega. Buni esa qisqa vaqt ichida sizlarning va butun dunyoning ko‘z o‘ngida amalda isbotladi.
Yovuzlik, fasod va vayronkorlikning har qanday yo‘nalishiga qarshi qat’iyat va keskinlik Islomiy Amirlik razvedka tizimining siyosatidir. Bu shunday siyosatki botil va vayronkor unsurlarga birlashish, davom etish faoliyat yuritish va o‘z ishlarini takrorlash imkonini aslo bermaydi. Bu siyosatni faqat mudofaa deb emas, balki Islomiy Amirlikning qat’iyatini takrorlanishining oldini olish yo‘lida hujumkor siyosat deb biling.












