Abu Umayr Afg‘oniy
G‘arbning ISHIDni tashkil etish va undan foydalanishdan ko‘zlagan yana bir maqsadi jihod va qitoldan musulmonlar hamda dunyo jamoatchiligi nazdida nafrat uyg‘otish va uni badnom qilish edi.
G‘arb ISHID vositasida jihodni musulmonlar va butun dunyoga shunday ta’rif va tasvirda taqdim etdiki, go‘yo Alloh saqlasin jihod qo‘rqitish, zulm qilish, begunoh insonlarni o‘ldirish va vayronagarchilikdan iborat ekan. ISHID jihodni badnom qilish maqsadida shunday amallarni amalga oshirdiki, natijada ko‘plab johil musulmonlar va yoshlar ongida jihod haqida xunuk va noto‘g‘ri tasavvur shakllandi.
Alloh taolo tomonidan buyurilgan muqaddas amr va farz bo‘lgan jihod (qitol) kofirlar va g‘arb davlatlari qattiq qo‘rqadigan masalalardan biri bo‘lib, musulmonlarning o‘zlarini himoya qilishlari uchun shariatda joiz deb qaraladigan kurash shaklidir.
Musulmonlar jihodni o‘zlarini qonuniy himoya qilish, nomus va mol-mulklarini asrash, shuningdek, urushayotgan kofirlarga qarshi o‘z yurtlarini himoya qilish, zulmdan qutulish va islomiy tuzumni himoya qilish maqsadida amalga oshiradilar.
Ha, jihodda begunoh insonlarni o‘ldirish qat’iy ravishda man etilgan. Ammo g‘arb davlatlari musulmonlarning ushbu muqaddas diniy farzini badnom qilish maqsadida ISHID orqali quyidagi amallarni amalga oshirdilar:
ISHID minglab begunoh insonlarni, ayniqsa musulmonlarni o‘ldirdi va bu ishlarni jihod deb atadi.
Holbuki, shariatda insonni dunyoda olov bilan jazolash man etilgan. Sharif hadishda:
لَا تُعَذِّبُوا بِعَذَابِ اللهِ
ya’ni: Allohning azobi (olov) bilan azoblamanglar, deb kelgan.
Sahih al-Buxoriy, Jihod va siyar kitobi, Allohning azobi bilan azoblamanglar bobi, 3016-hadis.
Ammo ISHID Iordaniya fuqarosi bo‘lgan bir uchuvchini tiriklayin olovda yoqib yubordi va bu jinoyatni videoga oldi. Butun dunyo ushbu dahshatli manzaraga guvoh bo‘ldi. ISHID esa bu vahshiylikni jihod deb atadi.
Sharif hadislarda urush vaqtida bolalar va ayollarni o‘ldirmaslik hamda ularni nishonga olmaslik buyurilgan.
Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
نَهَى رَسُولُ اللهِ صلی الله علیه وسلم عَنْ قَتْلِ النِّسَاءِ وَالصِّبْيَانِ
ya’ni: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar va bolalarni o‘ldirishdan qaytardilar, deganlar.
«Sahih al-Buxoriy» 3015-hadis; «Sahih Muslim» 1744-hadis.
Ammo ISHID Iroq va Afg‘onistonda minglab bolalar va ayollarni ataylab, jihod nomi ostida o‘ldirdi. Shuningdek, minglab diniy markazlar, masjidlar va maktablarni jihod nomi bilan vayron qildi va ularni ataylab harbiy nishonga aylantirdi.














