Muxlis
Xavorjlar fitnasi iymonni yemiruvchi, fitnalarning eng kattasi va onasi bo‘lgan. Shu sababli ulug‘ sahobalar roziyallohu anhum Islom ummatiga nisbatan xayrixohlik va mehr-shafqat yuzasidan xavorjlarni yaxshi tanishtirib, ular haqida aniq va ravshan ma’lumotlar berganlar. Shuningdek, xavorjlar haqidagi muborak hadislarni rivoyat qilgan ulug‘ sahobalarning soni ham juda ko‘pdir.
Bu yerda ana shu ulug‘ sahobalarning ismlarini keltiramiz:
Hazrati Sayyiduna Ali karamallohu vajhahu xavorjlarga qarshi kurashgan zot.
Hazrati Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumo.
Hazrati Abu Zarr G‘iforiy roziyallohu anhu.
Hazrati Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumo.
Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo.
Hazrati Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu.
Hazrati Huzayfa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirlaridan voqif bo‘lgan sahoba.
Hazrati Anas ibn Molik roziyallohu anhu.
Hazrati Abu Bakra roziyallohu anhu.
Hazrati Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo.
Mo‘minlarning onasi, hazrati Oisha Siddiqа roziyallohu anho.
Hazrati Abu Barza roziyallohu anhu.
Hazrati Abu Umoma roziyallohu anhu.
Hazrati Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhu.
Hazrati Abu Suhayl roziyallohu anhu.
Hazrati Salmon Forsiy roziyallohu anhu.
Hazrati Abu Rofi’ ibn Xadij roziyallohu anhu.
Hazrati Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu.
Hazrati Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu.
Hazrati Jundub ibn Abdulloh Bajaliy roziyallohu anhumo.
Hazrati Abdurahmon ibn Uroys roziyallohu anhu.
Hazrati Uqba ibn Omir roziyallohu anhu.
Hazrati Talq ibn Ali roziyallohu anhumo.
Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu.
Ummatning allomasi va millatning munozarachisi, hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo.
Mana shu zotlar xavorjlar haqidagi muborak hadislarni rivoyat qilgan yigirma besh nafar ulug‘ sahobadir. Ularning hadislari turli yo‘llar va ko‘plab sanadlar orqali keng miqyosda rivoyat qilingan.
Alloma Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh shunday yozgan:
فَيُفِيدُ مَجْمُوعُ خَبَرِهِمْ: الْقَطْعَ بِصِحَّةِ ذَلِكَ عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
(12/302)
Tarjimasi: Ularning rivoyatlari majmui ushbu hadislarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih tarzda kelganini qat’iy ravishda isbotlaydi.
Alloma Ibn Kasir rahimahulloh taolo shunday yozadi:
الْأَخْبَارُ بِقِتَالِ الْخَوَارِجِ مُتَوَاتِرٌ عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
(Al-Bidoya van-Nihoya, 6/223)
Tarjimasi: Xavorjlarga qarshi jang qilish haqidagi rivoyatlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mutavotir darajada naql qilingan.
Bizning zimmamizda faqat ochiq-oydin yetkazish bor, xolos.














