Afg’oniston tog’laridan tarix yuragigacha!

Aziz Hessam

12 yil muqaddam aynan shu kunda zamonaviy Afg‘oniston tarixining buyuk siymolaridan biri – bu yurtni halokatli botqoqqa cho‘kib ketishdan qutqargan zot – Haqning da’vatiga labbay deb aytib, bu foniy dunyo bilan xayrlashdi.

Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohid rahmatullohi alayh, Afg‘oniston Islomiy Amiratining asoschisi va birinchi amiri bo‘lib, mamlakat ichki va tashqi inqirozlar girdobida qolgan bir paytda, aniq maqsad va ulug‘ orzular bilan rahbarlikni o‘z zimmasiga oldi.

U jihod yo‘lida beqiyos azob-uqubatlarga duch keldi, biroq hech qachon jihoddan voz kechmadi va maydonni tark etmadi.

Afg‘onistonda kommunistik tuzum qulaganidan so‘ng va ichki urushlar boshlangan bir davrda mamlakat cheksiz muammolarga yuz tutgan edi.

Aynan shu paytda Mulla Muhammad Umar Mujohid rahmatullohi alayh maydonga chiqdi va Tolibon harakatiga asos soldi. Natijada ichki urushlarga yakun yasalib, Afg‘oniston tarixida ilk bor Islom shariatiga asoslangan bir hukumat e’lon qilindi.

Islomiy Amirat, ayniqsa, o‘z boshqaruvining dastlabki yillarida barcha qiyinchilik va to‘siqlarga qaramay, mamlakatda xavfsizlikni ta’minlay oldi.

Afg‘oniston xalqi bu davrda yurtning ko‘plab hududlarida zulm va zo‘ravonlik ostida yashayotgan edi. Mulla Muhammad Umar rahbarligidagi Islomiy Amirat esa tartib va adolatni o‘rnatib, mamlakatni betartiblikka tortayotgan jinoyatchi guruhlarning yo‘liga to‘siq bo‘ldi.

Amirat o‘zining dastlabki besh yillik boshqaruvi davomida mamlakatdagi ko‘plab muammolarni hal etdi; odamlar keng ko‘lamli xavfsizlikka erishdi va mamlakat tang holatdan chiqib ketdi.

Bu davrda Afg‘oniston mustaqil davlat sifatida tanildi, hukumat esa Islom qonunlariga asoslangan edi. Oldingi davrlarda keng tarqalgan korruptsiya va tartibsizlikni yo‘q qilish uchun ko‘plab sa’y-harakatlar qilindi.

Bu davrda qurilish loyihalari boshlandi, shariat asosida sud tizimi joriy etildi va jinoyatlar soni sezilarli darajada kamaydi.

Mulla Muhammad Umar Mujohid rahmatullohi alayh bularning barchasini bevosita nazorat qilib, har doim Islom qonunlari va shariat qoidalarini amaliyotga tatbiq etishga urg‘u bergan edi.

2001 yilda Amerika va ularning ittifoqchilari Afg‘onistonga bosqinchilik qilganida, Islomiy Amirat kuchlari, tinch aholiga katta talafot yetkazilmasligi uchun, shaharlarni tark etdi.

Biroq bu chekinish kurashning yakuni yoki Mullaning yo‘li nihoyasi degani emasdi. U va uning mujahidlari shaharlarni tark etgach ham kurashni davom ettirib, dunyoviy vositalar yo‘qligiga qaramay, zamonning zolim kuchlariga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsatdilar.

Amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar g‘arbning talab va buyruqlari oldida hech qachon bosh egmadi. U ichki va xalqaro eng katta tahdidlarga qarshi matonat bilan turdi.

Mulla Muhammad Umar oddiy rahbar emas edi; u rahbarlik salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, doimo mas’uliyatlar shaxsga emas, balki tamoyillarga asoslanib taqsimlanishi kerak deb hisoblagan. U boshqa rahbarlar kabi ommaviy axborot vositalarida mashhur bo‘lishga yoki o‘ziga ulug‘ shaxsiyat yaratishga urinmadi. Uning o‘lchovi faqat Islom shariatini tatbiq etish edi, xolos.

Nihoyat, 1392 yilda (milodiy 2013), Islomiy Amirat asoschisi va bosqinchilarga qarshi jihod bayroqdori bo‘lgan amirul-mo‘minin Mulla Muhammad Umar Mujohid Robbisiga jo‘nab ketdi. Ammo bu og‘ir xabar jihod manfaatlari va o‘sha davrning nozik sharoitlari sababli ikki yil o‘tib e’lon qilindi. Bu sukunat, Islom va vatan mustaqilligi yo‘lida jonini va aqlini baxsh etgan ulug‘lar tomonidan qilinayotgan dono rejalarning bir qismi edi.

Bugun, Islomiy Amirat yana yurtimizda hukmron bo‘lib turgan bir paytda, har bir mujahid va musulmon zimmasida shuhadolar qoni va Mulla Muhammad Umar kabi samimiy rahbarlarning mehnatlari omonatini asrash vazifasi bor.

Darhaqiqat, hozirgi davr – bizning e’tiqod, taqvo va xalqga fidokor xizmat bilan Islomiy Amirat asoslarini mustahkamlash vaqti. Bu tizim bizning zimdamizga ilohiy va og‘ir omonat sifatida yuklangan. Uni barpo qilish yo‘lida Mulla Muhammad Umar kabi buyuk zotlar dunyoviy manfaat kutmasdan jonlarini fido qildilar.

Bugun biz, minglab shahidlar qoni bilan ranglangan bu yo‘lning merosxo‘rlarimiz. Bizga, bu yurtda tavhid bayrog‘ini yuksak tutib turish mas’uliyati yuklangan.

Exit mobile version