Afg’onistonning yakkalanishini tugatish; Rossiya global eshiklarni ochadi

Jahid Jubayr

Rossiyaning Islomiy Amorat Afg‘onistonni rasman tan olish haqidagi tarixiy qarori ushbu mamlakatda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlash yo‘lida muhim va ta’sirli qadam bo‘ldi. Bu harakat nafaqat xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston hukumatiga bo‘lgan ishonchini ifodalaydi, balki bu yurtdagi uzoq yillik notinchlik, urush va vahimalarga yakun yasash uchun bir boshlanish bo‘lishi mumkin. Islomiy Amorat Afg‘oniston o‘zining iste’dodli va dono rahbarligi bilan butun Afg‘oniston bo‘ylab xavfsizlik va tartibni to‘liq va mukammal tarzda ta’minlay olishini isbotladi. Bu tan olinishi, aynan shu uzluksiz sa’y-harakatlarga berilgan mukofotdir. E’tirof etish kerakki, Rossiyaning bu qadami rahm-shafqatdan emas, balki siyosiy hisob-kitoblarga asoslanadi. Bu yerda endi yutish yoki yutqazish haqida gap ketmaydi; bu  yer yuzidagi bir mo‘’jizadir; Alloh taolo Qur’onda va’da bergan narsaning timsolidir:

Agar sizlar Allohga yordam bersangizlar, U ham sizlarga yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi. (Muhammad: 7)

Bu g‘alaba, Alloh taoloning va’dasi bu dunyoda ham ro‘yobga chiqishini ko‘rsatmayaptimi?

Rossiya  dunyoning yetakchi kuchlaridan biri sifatida  Afg‘onistondagi jarayonlarda doim muhim rol o‘ynagan. Bu davlat mintaqaviy va global sharoitlarni to‘g‘ri anglab, xalqaro inqirozlarga nisbatan real yechimlar izlayotganini namoyish etdi. Rossiyaning Islomiy Amorat Afg‘onistonni tan olishi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashi bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, xavfsizlik va madaniy sohalardagi keng qamrovli hamkorliklarga ham zamin yaratadi. Bu qadam boshqa davlatlar uchun ham Afg‘onistondagi o‘zgarishlarga ijobiy nigoh bilan qarash va ushbu mamlakat barqarorligi yo‘lida amaliy choralar ko‘rishga bir namunadir.

Islomiy Amorat Afg‘oniston hokimiyat tepasiga kelganidan beri mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida jiddiy sa’y-harakatlar olib bordi. Zo‘ravonliklarning kamayishi, ekstremistik va isyonkor guruhlarga qarshi kurashish hamda fuqarolar uchun xavfsiz hayot muhitini yaratish – bu hukumatning muhim yutuqlaridandir. Rossiyaning ushbu hukumatni rasman tan olishi, Islomiy Amoratning ichki va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini tasdiqlaydi va boshqa davlatlar uchun ham ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga yo‘l ochadi.

Bu Rossiya qarori Afg‘onistonda qayta qurish jarayonlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Islomiy Amorat rasman tan olinishi orqali, yillar davomida urushdan vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklashda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bu nafaqat Afg‘on xalqi hayotini yaxshilashga xizmat qiladi, balki mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va barqaror rivojlanishi uchun ham mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning Islomiy Amorat Afg‘onistonni tan olishi  Afg‘on xalqi va yangi hukumat uchun katta g‘alabadir. Bu qadam xalqaro hamjamiyat asta-sekin Afg‘onistondagi yangi haqiqatlarni qabul qilishga tayyor ekanini va ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda hamkorlikka ochiqligini ko‘rsatadi. Umid qilamizki, Rossiyaning bu qarori boshqa davlatlar uchun ham ilhom manbai bo‘lib, ular ham Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ijobiy va konstruktiv qadamlar tashlaydilar.

 

Exit mobile version