Da’vodan amalgacha; zamonamiz xavorijlarining sharmandalik faoliyatlariga bir nazar! 7-qism

Muallif: Usoma Nuhzat

DAISh(ISHID)  xavorijlari o‘zlarining soxta «xalifalik»lari paydo bo‘lganidan beri, amr bil ma’ruf va nahy anil munkar (yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish), islom jamiyatini gunoh va munkarlardan poklash, uni salafus-solih zamoniga qaytarish kabi shiorlarni ilgari surganlar.

Ammo ularning xatti-harakatlari, amallari va islom olamiga qoldirgan ta’sirlarini chuqur tahlil qilinsa, bu jirkanch guruh o‘zini yomonlikdan qaytaruvchilar deb da’vo qilgan holda, aslida din, aql va inson fitratidagi eng katta munkarlarni sodir etayotganini ochiq-oydin ko‘rsatadi.

Zamonaviy xorijlar, ilk islom davridagi aqliy ajdodlariga o‘xshab, tashqi ko‘rinishga haddan ortiq urg‘u berib, Islomning muqaddas tushunchalarini yuzaki va noto‘g‘ri talqin qilmoqdalar.

Ular doimo nahy anil munkar ni begunoh odamlarni bostirish, zo‘ravonlik, qatl etish va musulmonlarni ommaviy ravishda kofir deb chiqarish vositasi sifatida ishlatib, bu nom ostida o‘z jinoyatlariga go‘yoki shar’iy asos yaratib kelganlar.

Holbuki, Qur’oni karim va Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlari nahy anil munkarni donolik, go‘zal nasihat, adolat va insof bilan bir qatorda amalga oshirishga buyuradi.

Ammo DAISh(ISHID) esa islomga zid bo‘lgan zo‘ravonlikni qurol qilib, masjidlarga portlovchi vositalar qo‘yish, muxoliflarni boshini kesish va hattoki odamlarni tiriklayin yoqish kabi harakatlarga qo‘l urdi. Bu amallar esa Islom ta’limotida eng yomon munkarlar sirasiga kiradi.

Mazkur maqolada, DAISh(ISHID) xavorilari tomonidan sodir etilgan eng katta munkarlardan ba’zilariga qisqacha to‘xtalamiz:

Nohaq jon olish:

Qur’oni karimda ochiq-oydin aytilgan: Kim bir insonni (nohaq holda), jon evaziga bo‘lmasa yoki yerda buzg‘unchilik qilmagan bo‘lsa, o‘ldirsa  u go‘yo butun insoniyatni o‘ldirgandek bo‘ladi.DAISh(ISHID)esa musulmonlar, bolalar va ayollarni beayov va tartibsiz tarzda qatli om qilgan.

Muqaddasotga hurmatsizlik:

Moziylarga, masjidlarga va hattoki Payg‘ambarimizga oid tarixiy yodgorliklarga hujum qilish, ularni buzish  bu go‘yoki bid’atlarga qarshi kurash bahonasida amalga oshirilgan va Islom tarixi va Payg‘ambar ta’limotiga nisbatan chuqur johillikni ifodalaydi.

Musulmonlarni takfir qilish:

Zamonaviy xorijiylar o‘zlarining tor doiradagi aqidaviy qarashlari asosida har qanday muxolif musulmonni kofir deb chiqarishadi. Holbuki, Rasululloh (sallollohu alayhi vasallam) aytganlar: Kim bir musulmonni kafir desa, holbuki u bunga loyiq bo‘lmasa, bu so‘z o‘ziga qaytadi.

Islomiy tushunchalardan noto‘g‘ri foydalanish:

Jihod, xalifalik, hudud va shariatni tatbiq qilish kabi ulug‘ tushunchalar DAISh(ISHID) tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, ularni bosqinchilik, hukmronlik va kuch quroliga aylantirib yuborildi.

Xulosa qilib aytganda,(ISHID) DAIShning amaliyoti nafaqat Islom dinining shafqatsiz va zulmatli bir qiyofasini dunyoga namoyon qildi, balki ichki urushlar, yurtsizlik, va islom ummati orasida nafratning keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Ular nahy anil munkar deb qilgan amallar aslida johiliyat davrining munkarlarini diniy niqob ostida tiklashdan boshqa narsa emas edi. Bu esa  din va insoniyatga bir paytning o‘zida qilinadigan ikki karra zulmdir.

Exit mobile version