Usama Nuhzat
Islom tarixi isloh hidoyat va ummatni najotga eltish da’vosini qilgan harakatlar va guruhlar bilan to‘lib-toshgan. Ammo bu harakatlarning ko‘pi ummatga yo‘l ko‘rsatish o‘rniga o‘zlari fitna va inqiroz manbaiga aylanishgan.
Bu jarayonning eng ravshan va mashhur namunasi ISHID bo‘lib u bir jihatdan xavorijlarning davomchisi hisoblanadi. Xuddi islomning dastlabki asrlarida (din himoyasi) va ummat islohoti shiorlari ostida g‘ayriislomiy amallar qilgan xavorijlar singari, bugungi zamon xavorijlari ham din nomi bilan islom jamiyatlariga vayronkorlik va halokat olib kelmoqdalar.
Xavorijlar birinchi marta Siffin jangidan keyin islom tarixida maydonga chiqishdi. Ular o‘zlarini haq (himoyachilari) deb atashardi ammo dinni noto‘g‘ri talqin qilganliklari sababli musulmonlarni haq va botilga ajratib o‘z fikriga qo‘shilmaganlarning barchasini takfir qilib ularni o‘limga mahkum qilishardi.
Shariatni bunday tor va xato talqin etish yangi bir zo‘ravonlik va tafriqa to‘lqinini yuzaga keltirdi. 21-asrda paydo bo‘lgan ISHID ana shu xavorij g‘oyasining zamonaviy ko‘rinishidir. Ular o‘zlarini haqiqiy xalifat egasi deb e’lon qilib ummatning najot yo‘li faqat o‘zlariga ergashishdadir deb da’vo qilishardi.
ISHID o‘zini ummatni najotga chiqaruvchi kuch sifatida ko‘rsatib sahnaga chiqqan bo‘lsa-da juda tezda ummat uchun eng katta kulfatga aylandi. Ularning zulmlari islom ummati uchun nihoyatda keng va chuqur bo‘lib bu maqolada ular keltirgan ba’zi asosiy ofatlar zikr qilinadi. ISHID xavorijlari qadam qo‘ygan Suriya Iroq va boshqa hududlardagi shaharlar va infratuzilma butunlay vayron bo‘ldi minglab odamlar boshpanasiz va darbadar qoldi.
ISHID turli islomiy guruhlarni takfir qilib ozchiliklarga hujum qilish orqali ummatning birligini nishonga oldi. Shia va sunniy musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlar, turli elatlar va hatto qo‘shni musulmon xalqlar orasidagi aloqalar ham bu guruhning zo‘ravonligi sabab keskin yomonlashdi. Bu amallar xorijiy davlatlarning aralashuviga yo‘l ochdi va siyosiydan tashqari, madaniy va ruhiy jarohatlar ham keltirib chiqardi, bu esa kelajak avlodlarga ham zarar yetkazadigan darajadadir.
Bundan tashqari ISHID ijtimoiy tarmoqlar va maxsus targ‘ibot uslublaridan foydalanib pok va adolatli jamiyat haqidagi yolg‘on tasvir yaratdi. Bu aldovchi targ‘ibot ko‘plab haqiqat izlovchi iste’dodli yoshlarni yo‘ldan urdi. Ular ummat najoti to‘g‘risidagi bo‘sh va’dalarga ishonib o‘zlarini halokatga tashladilar va dunyo ham oxirat ham qo‘llaridan ketdi.
Xulosa qilib aytganda ISHID xavorijlarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki ummatning najoti zo‘ravonlik va ifrot yo‘li bilan kelmaydi. Haqiqiy islom tinchlik adolat va mo‘tadillik dindir. Har qanday buzilgan talqinni kuch bilan odamlar boshiga solish urinishlari nafaqat samarasiz balki ummat uchun yangi fitna va musibat tug‘diradi.
