Dini ta’limga ehtiyoj!

Hasson Mujohed
Alloh Taolo marhamat qiladi: (ma’nosi) Nega har bir qavmdan bir guruh (ilm o‘rganish uchun) safarga chiqmaydi, toki dinda chuqur bilim hosil qilsinlar va qavmlariga qaytgach ularni ogohlantirsinlar? Shoyad (gunoh va osiylikdan) saqlanib qolalar. (Tavba: 122)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar:
Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdur. (Ibn Moja rivoyati)
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana dedilar:
Dinni o‘rganing va (boshqalarga) o‘rgating. Meros va zakotga oid masalalarni bilib oling va odamlarga o‘rgating. Qur’onni o‘rganing va boshqalarga o‘rgating. Chunki men yaqinda sizlardan ketaman. Ilm ko‘tariladi, fitnalar paydo bo‘ladi. Hatto ikki kishi bir diniy masalada ixtilof qiladi-yu ular orasida hukm qiladigan odamni topa olmaydilar. (Mishkatul-Masobih Kitabul-Ilm)
Kim kechasi baland yerga chiqib uylarni tomosha qilsa, har bir uyda chiroq yog‘du solib, hayot davom etayotganini ko‘radi. Ammo birdan chiroqsiz, qorong‘u bir uy ko‘ziga tashlanadi. Bunday uy nafaqat notug‘ri ko‘rinadi balki insonning ko‘ngliga ham og‘ir botadi  chunki u nurdan va go‘zallikdan mahrumdir.
Bu manzara aynan shunday jamiyatning misoli bo‘lib, unda har bir uy din ilmi, hidoyat va taqvo nuri bilan yoritilgan bo‘ladi. Ammo bir uy esa bu hamma ne’matlardan mahrum dinni bilmaydi, jahl zulmatida qolgan va ilohiy nurning barakasidan bebahra. Bunday uy nafaqat jamiyat uchun tashvishlidir balki har bir ogoh qalb uchun dardlidir  chunki ilm va hidoyatning yo‘qligi tashqi zulmatdan ham xatarlidir.
Nega dinga bo‘lgan ehtiyoj bu qadar zarur?
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni Madinada baland joyga chiqib dedilar:
Men ko‘rgan narsalarni sizlar ham ko‘rasizlarmi?
Dedik: Yo‘q.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar:
Men sizlarning uylaringizga yomg‘ir tomchilaridek yog‘ilib tushadigan fitnalarni ko‘rib turibman. (Mishkat, 462-bet)
Bu hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiyomatgacha musulmonlar boshiga tushadigan fitnalardan ogohlantirdilar va bu fitnalarga qarshi faqat ilm orqali hushyor bo‘lish mumkinligini ko‘rsatdilar.
Fitna  arab tilida insonning aqli, irodasi va dinini xavfga soladigan, uni haq yo‘ldan chalg‘itadigan har qanday sinovga aytiladi  u botil fikr bo‘lsin yoki nafs istagi bo‘lsin. Inson ilm orqali o‘zini ham, oilasini ham fitnalardan saqlay oladi.
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar:
Yaxshi amallarga shoshilinglar qorong‘u tun bo‘laklari kabi fitnalar kelishidan oldin. (O‘sha kezlarda) inson ertalab mo‘min bo‘ladi-yu kechga yetmay kofir bo‘lib qoladi yoki kechasi mo‘min bo‘ladi-yu, ertalab kofir bo‘lib qoladi. Dini evaziga dunyoni sotib oladi. (Muslim rivoyati)
Bugun musulmonlar aynan shu hadisning jonli namunasi bo‘lib yashamoqdalar; fitnalar har tomonni qoplagan. Inson o‘tkinchi dunyo hayoti uchun tabiiy ehtiyojlarga muhtoj bo‘lsa, abadiy oxirat hayoti uchun diniy ilmga ming baravar ko‘proq muhtojdir. Chunki inson ibodat uchun yaratilgan, uning muvaffaqiyati ham ibodatdadir. Ilmsiz ibodat esa muvaffaqiyat keltirmaydi.
Ilmga bo‘lgan eski ishtiyoqni tiriltirish shart.
Avvalgi davrlarda ilm juda rivojlangan edi. Har kim o‘z imkoniga qarab din o‘rganuvchi edi. Bir olim shaharga kirsa, hatto do‘kondorlar ham ilm o‘rganish uchun do‘konlarini yopishardi. Bir olimning majlisiga minglab odamlar qalam-qog‘oz bilan kelishardi. Dindagi ilm uchun alohida kunlar belgilangan edi. Odamlar bir masalaning javobi uchun, yoki bir hadisni topish uchun mamlakatdan mamlakatga safar qilishardi; ochlikdan daraxt barglarini yeganlar, oyoqlari qon bo‘lguncha yurganlar, kiyimlarini sotib yuborganlar ham bo‘lgan. Ammo shunga qaramay ilmga tashnalik susaymasdi.
Shu sababli dunyo ular ilmidan yoritildi. Qirq yoshli ulamolar buyuk asarlar yaratdilar, nafaqat musulmonlar, balki kofirlar ham ularning ilmiy yutuqlaridan foyda ko‘rdilar.
Ammo bizning zamonda diniy bilimimiz juda oz. Tafsilotli ilmni qo‘ying, hatto imonning zaruriy asoslarini ham to‘liq bilmaymiz. Namoz haj ro‘za, zakotni ham ko‘pchilik to‘g‘ri ado etmayapti. Jamiyatimiz ilm tanqisligidan falaj bo‘lgan  savdo-sotiqdan tortib, shaxsiy va ijtimoiy hayotgacha ko‘p ishlar g‘ayrislomiy tarzda yurmoqda.
Bugun odamlar dunyoviy ishlarda usta, lekin dinda ko‘rdirlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar:
Alloh dunyo ishlarini bilib, din ishlarini bilmaydigan bandani yomon ko‘radi. (Ibn Hibbonga ko‘ra)
Xulosa
Biz avlodimizni johillikdan qutqarishimiz shart  chunki johillik barcha baxtsizliklarning onasidir. Fisq, ixtilof, gunoh fitna  barchasining ildizi johillikdir. Johillik  shaytonning inson qalbiga kiradigan darvozasi.
Hindistonning Nadvatul-Ulom (Lucknow) markazida chop etiladigan Ta’mir Hayot jurnalining o‘tgan yilgi 3-sonida bir hisobotga tayanib aytiladi:
Bugun musulmonlarning atigi 3 yoki 4 foizi din o‘rganmoqda. Bu esa Allohning: Nega har bir guruhdan bir qismi ilm o‘rganish uchun chiqmaydi?  degan hukmiga nisbatan juda ozdir. Jurnal yana shunday deydi: Aholining 97 foizi dunyo ishlari bilan band, 3 foizi ilm bilan band bo‘lgan ummatning oqibati nima bo‘ladi? Islohmi yoki adashishmi?
Keling o‘zimizni va farzandlarimizni din bilan ogoh qilaylik. Halol-haromni bilib, imonni saqlaylik. Agar farzandlarimiz ilmsiz qolsa kelajakda ismda musulmon ammo fikrda, kiyimda modada kofirlarga o‘xshab ketadilar. Ilm  kelajak avlodlarimizning qurolidir. Bu qurolsiz ular nafs va shaytonga taslim bo‘ladi va dushmanlar ularni yo‘ldan ozdiradilar.
Exit mobile version