Hech qachon amalga oshmaydigan fantaziya!

Abu Javid

Bu diyorda ulug‘ bir orzu uchun kurash boshlandi; tarix, balki bunday misolni hech qachon o‘z bag‘rida ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Bu orzu ro‘yobga chiqdi. Islomiy nizom butun Afg‘oniston bo‘ylab barpo bo‘ldi va bosqin tugatildi; o‘sha bosqin edi-ki, Afg‘onistonning charchagan tanasiga soyasini tashlagan edi. Ozodlik keldi, o‘sha chanqoqlikni yillar davomida izlab yurgan jonlarga nasib bo‘ldi.

Ammo hanuz zamonaning fir’avnlari bor-ki, bu orzuni talashga urinadilar va boshimizga tashlangan ozodlik ro‘moli dog‘ tushirishni xohlashadi. Bugun Bagramni egallash da’vosini qilayotgan telba, kecha jahon obro‘sidan ayrilgan mag‘rur hokimdir; endi esa yo‘qotilgan o‘sha mavqeni qaytarib olishni istaydi.
Ammo qanday?
Harbiy hujum yo‘li bilanmi?
Yoki siyosiy muomala orqali?

Agar birinchi yo‘lni tanlasa, bu faqatgina bir marta allaqachon sinovdan o‘tgan va mag‘lub bo‘lgan tajribani takrorlash bo‘ladi. Faqat yo‘qotilgan mavqe qaytib kelmaydi, balki undan-da ko‘proq chandiqlanadi; chunki bu diyor balki ilk bor mustamlaka bo‘lishi mumkin, ammo hech bir mustamlakachi kelmagan-ki, uning davomiyligini kafolatlay olgan bo‘lsin – hatto texnologiya va harbiy qudrat cho‘qqisida bo‘lsa ham.

Agar siyosiy muomalaga umid bog‘lagan bo‘lsa, avvalo mavjud rahbariyatni tanishi kerak. Ajabki, qanday qilib bir mehmonning hurmati uchun hamma narsadan kechgan rahbariyatdan bunday xiyonat kutish mumkin? Qanday qilib yigirma yil davomida aynan shu orzu uchun jang qilgan rahbariyatdan xiyonat kutish mumkin?

Bu mutlaqo mumkin emas – sobit rahbariyat Bagram borasida Tramp bilan bitim qilmaydi. Bu rahbariyatning pozitsiyasi ravshan: Amerikadan Dohadagi kelishuvga sodiq qolishni, Afg‘oniston hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch ishlatmaslikni hamda mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘ragan.

Islomiy Amirlikning pozitsiyasi mutlaqo mantiqiy va aqlan to‘g‘ridir. Shu bilan birga, bu pozitsiya Amerikaga o‘zining o‘tgan mag‘lubiyatlarini ham eslatadi. Ular aytishgan: muvaffaqiyatsiz tajribalarni takrorlash o‘rniga, oqilona va real yo‘l tutish kerak. Agar Amerika mintaqaviy raqobatlar izidan borsa yoki boshqa maqsadlarni ko‘zlasa, ulardan hech biri natija bermaydi. Bizning o‘z manfaatlarimiz bor, eng asosiysi esa – mamlakatning hududiy yaxlitligidir; bu masala aslo savdolashilmaydi.

Bagram Afg‘onistonning bir qismidir. Qimmatli qism, hech qanday narxda begonalashmaydi va aslo sotilmaydi. Bu yerda Afg‘on xalqi begonalarga qarshi turdi, jihod qildi va ularni haydab chiqardi. Endi qayta begonalarni qaytarish uchun qanday aql bilan lobbiy yuritiladi? Bu xalqning yuragini anglash lozim, uning tuyg‘ularini bilish kerak. Agar bu xalq amerikalik bazalarni xohlasa edi, yigirma yil davomida kurashmas edi.

Amerika o‘tgan safar bu tuproqdan hech narsa qo‘lga kirita olmadi, bu safar ham qo‘l qovushtirib qaytadi.

Exit mobile version