IShID bo’sh qafasda

Muallif: Toha Khorasani

Hozirgi vaqtda DAISh o’zini bir qafasda joylashtirib olgan, lekin na tomoshabinlari bor va na tarafdorlari.
Chunki ular diniy va ijtimoiy sobit bo’lgan hech qanday tamoyilga rioya qilmaydilar va hech qachon o’ylamagan edilar-ki, bir kun xalq oldida turib qolishadi va bu xalqlarning tarafdorliksiz qanday taqdirga duch kelishlarini hisobga olmaganlar.

Xalqning ushbu harakatning dastlabki kunlaridagi tasavvuri ko’p mehr va kuch-quvvat bilan to’la edi, lekin ko’p o’tmay ular o’z aslini ko’rsatdilar va o’zlari bilan olib kelgan turg’un tafakkur bilan xalqlar va tarafdorlarini yo’qotdilar.

Jang maydonida muvaffaqiyatga erishgan odam yoki harakat xalq qo’llab-quvvatlashi bilan bo’ladi va, albatta, xalq dini va islomiy shariat farmonlariga muvofiq bo’lgan harakat va shaxslarni qo’llab-quvvatlaydi.
DAISh hodisasi so’nggi paytlarda shunday bir halokat va xorlik holatiga tushib qoldiki, nafaqat xalq ularni tashlab ketdi, balki endi dunyo islom olimlaridan hech biri ularga ijobiy qarash bilan qaramaydi.

DAISh guruhining tashkiloti o’zining keskin yo’nalishi bilan, hech qachon kuch ishlatish javob bo’lmaganini e’tiborsiz qoldirib, o’z yo’lini davom ettirdi va uning natijasi hamma uchun ma’lum va ravshandir.

Ushbu harakat xalq orasida vahshat va dahshatni namoyish etib, yumshoq va itoatkorlik fikrini shubha ostiga qo’ydi; bu guruhning tafakkur va tushunchasi ichida yumshoqlik va itoatkorlik degan narsa yo’q.

Dindorlikda qattiq va mustahkam bo’lish munosib va qabul qilinadigan narsa, lekin o’zgarishi mumkin bo’lgan ijtimoiy masalalarda inson dinga o’xshash mustahkam va bir fikrda bo’lishi, bu to’liq sog’lom aqlga zid bo’lgan narsadir.

Inson zamonning o’zgarishlarini e’tiborga olishi va jamiyatda mavjud bo’lgan o’zgarishlarga asoslanib, ijtimoiy va jamoat hayotini baholashi kerak. Dinda mustahkam bo’lish va sobit qolish, vahshiylik va dahshat bilan bo’lgan fikr o’rtasida mutlaqo farq va zidlik bor. DAISh harakati o’z yolg’izligida dunyo uchun rejalashtirgan rejalar ular o’zlarining nosobit va buzuvchi tafakkurlariga o’xshaydi.

Hozirgi zamon dunyosida kichik va yopiq fikrlash rivojlanish yo’li emas, balki insonning tafakkur va qarashi dunyodagi sezilarli o’zgarishlarga keng ochilishi kerak.

Diniy tafakkurda mustahkam bo’lish eng sharafli narsa, lekin diniy qizil chiziqlar buzilmaguncha, inson yumshoqlikni ko’rsatishi mumkin.

Atrofida devor qurib olgan va boshqalarni qamoqxonada deb o’ylagan odamlar va harakatlar, vaqtni isrof qilishdan va Allohning ne’matlariga shukr qilmaslikdan boshqa hech narsa qilmaydi.

DAISh bu yovuz hodisa, o’zini haqiqiy dushmandan bo’sh qafasda ko’rib qoldi va shuning uchun ba’zida dushmanlarining unga bergan maxsus ismi bilan musulmonlarga hujum qiladi, ba’zida esa boshqa musulmon va guruhga boshqa bir nom va laqab bilan hujum qiladi.

leave a reply