IShID hodisasini tarixiy-falsafiy tahlil qilish; G’oyadan harakatgacha! O’ninchi qism

Ehson Sajdiy

Qonli birlik: ISHID firqasining firqachilik og‘ishlari tahlili va islomiy birlik da’volari

Islomiy birlik dinimizning asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi; bu prinsip musulmonlarning birdamligi, birodarligi va hamkorligini ta’kidlab, ular oldida turgan sinovlarga qarshi kurashishda islom jamiyatining mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi. Qur’oni Karim va Payg‘ambar alayhissalomning hadislarida bir necha bor ittifoqning ahamiyati bayon etilib, tafriqa va ixtilofdan qaytarilgan.

Bugungi kunda siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolar ko‘pligiga qaramay, musulmonlar o‘rtasida birdamlikka ehtiyoj har qachongidan ham ko‘proq sezilmoqda. Birlik nafaqat diniy prinsip, balki fitnalarni to‘sish va dushmanlarning fitnalariga qarshi turish uchun amaliy zaruratdir. Shu bois, islomiy birlik tushunchasini to‘g‘ri anglash dolzarb va jiddiy e’tibor talab qiladigan masalalardandir.

Afsuski, ISHID xavorijlar kabi takfirchi guruhlar, islomiy ummatning birlik da’vogarlaridan bo‘lsalarda, amalda islom olamining birdamligiga eng katta zarbalarni berdilar. Ular nafaqat «وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا» prinsipidan yuz o‘girdilar, balki ilohiy tushunchalarni va islomiy qoidalarni chuqur soxtalashtirib  birlik niqobi ostida islomga zid loyihani taqdim etdilar.

Islom dushmanlarining qo‘lidagi vositaga aylangan bu takfirchi guruhlar diniy tushunchalar haqida xavfli noto‘g‘ri qarashlar tarqatib, hatto islomning asosiy qoidalarini oyoq osti qildilar va g‘arazli targ‘ibotlari bilan islom jamiyatini ichidan zaiflashtirdilar. ISHID xavorijlar va ularga aloqador guruhlar xalifalik soyasida islomiy birlik shiorini ko‘tarsalarda  amalda musulmonlar o‘rtasida tafriqa va adovat urug‘ini sepib, islomning chehra va obro‘sini G‘arb olamida xiralashtirdilar.

Qur’oni Karimda  ummat  tushunchasi barcha musulmonlarni, ularning mazhabiy, madaniy yoki qavmiy farqlaridan qat’iy nazar, qamrab oladi. Islom   yagona ummat birdamligiga asoslangan din. Surai Oli Imron oyatida aytilganidek:

«إِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِ.»   Darhaqiqat  bu sizlarning ummatlaringiz   yagona ummatdir  va men sizlarning Robbingizman  Bas  Menga ibodat qilinglar.  Ammo ISHID bu ilohiy haqiqatni inkor qilib  ummatni o‘z firqa chegarasiga qisqartirdi.

Bu guruh rahbarlari va tarafdorlari nazarida, faqat ularning fikriy yo‘nalishiga to‘liq ergashgan kishilar  haqiqiy musulmon  sanaladi, boshqalar esa murtad yoki  ummat dushmani  deb qaraladi. Holbuki  Islom doimo  islomiy birodarlik ni ta’kidlab  birlik ichidagi farqlarning mavjudligini tabiiy haqiqat sifatida tan oladi.

ISHID mafkurasining yana bir jihati musulmonlar orasida soxta ierarxiya yaratish edi. Ularning nazarida faqat o‘z a’zolari haqiqiy islom yo‘lovchilari hisoblanar, kimki ularning fikrini bo‘lishmasa yoki ekstremistik mafkurasiga ergashmasa, u jazoga yoki hatto o‘limga loyiq deb qaralardi. Bu qarash esa ochiqdan-ochiq Qur’ondagi  «إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ ٱللهِ أَتْقَاكُمْ»  Albatta sizlarning eng ulug‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir qoidasi bilan ziddiyatlidir.

Islom mantiqida insonning qadr-qimmati va maqomi uning guruhiy yoki firqaviy mansubligiga emas, balki taqvo va axloqiga bog‘liqdir. ISHID bu uslub bilan nafaqat islomiy qadriyatlarni xira qildi  balki adolatsiz tizim yaratib  islomiy ummat qalbiga nifoq urug‘ini sochdi.

Exit mobile version