Ehson Sajdi
ISHIDning sud tizimi bu Islom shari’atining ochiq, ataylab va tashkilotli tarzda buzilgan shakli bo‘lib, u maxsus siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan va tuzilgan edi. Bu zolim tizim quyidagi xususiyatlarga asoslanib ish yuritardi:
ISHID Islomning rahmoniy ruhiga butunlay zid bo‘lgan, qattiq va g‘ayriinsoniy jazolarni qo‘llardi; masalan, qo‘l-oyoq kesish, toshbo‘ron qilish, ommaviy o‘lim jazosini bajarish bularning barchasi Islomda adolat va inson sha’nini saqlash uchun belgilangan fiqhiy shart-sharoitlarga rioya qilmasdan amalga oshirilardi.
Islom fiqhida har qanday hudud jazosini ijro etish uchun aniq va murakkab shartlar belgilangan bo‘lib, bu amalda ularning qo‘llanish doirasini juda toraytiradi. Masalan, zino isbotlanishi uchun to‘rt adolatli guvoh kerak, o‘g‘rilikda esa o‘g‘rilangan mol shariat belgilagan miqdorga yetgan bo‘lishi va o‘g‘ri kambag‘al ahvolda bo‘lmasligi lozim. Ammo ISHID ataylab bu shartlarni e’tiborsiz qoldirib, Islomni yovuz, zolim va mantiqsiz ko‘rsatishga urinardi.
Bu takfirchi guruh ayollar va bolalar huquqlarini ochiq buzib, diniy ozchilik ayollarni jinsiy qullikka olib, bolalarni harbiy vosita sifatida ishlatgan. Holbuki, Islom ayol va bolalarga alohida huquqlar bergan va ularga zulm qilishni qat’iyan harom deb bilgan. Nodon shaxslar tomonidan soxta sudlar tashkil etish, ayblanuvchini o‘zini himoya qilish huquqidan mahrum etish, oldindan belgilangan hukmlar chiqarish bu antiislomiy va g‘ayriinsoniy tizimning boshqa ochiq belgilaridan edi.
ISHID takfir tushunchasidan suiiste’mol qilib, har bir muxolifini soxta va asossiz bahonalar bilan murtad deb e’lon qilardi. Holbuki, Islomda musulmonni kofir deb atash nihoyatda nozik masala bo‘lib, bu faqat chuqur fiqhiy tekshiruvdan so‘ng ulamolar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Qur’oni karimda aniq aytilgan:
’’إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ ٱللَّهِ أَتْقَاكُمْ‘‘
(Albatta, sizlardan Alloh huzurida eng ulug‘ingiz – eng taqvodor bo‘lganingizdir).
Ammo ISHID taqvo mezonini faqat o‘z guruhiga sadoqat bilan o‘lchardi.
Falsafiy tahlil nuqtai nazaridan, ISHIDning sud tizimi Islom bilan hech qanday fikriy yoki qadriy bog‘liqqa ega emas edi. U aslida g‘arb mustamlakachi kuchlarining siyosiy quroliga aylangan bo‘lib, ular quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan edilar:
- Islomni butun dunyo oldida zo‘ravon, zolim va g‘ayriinsoniy ko‘rsatish;
- G‘arb yoshlarini ruhiy osoyishtalik va ma’naviy haqiqatni izlashdan to‘xtatish;
- Islom mamlakatlariga harbiy aralashuvlarni oqlash;
- Musulmon ummati orasida nizo va adovat urug‘ini sochish.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ISHIDning faoliyati eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan yillar (2014 2017)da Yevropa yoshlari orasida Islomga qiziqish keskin kamaygan. Bu aynan ISHID loyihasining asl maqsadi edi: g‘arb yoshlarini Islomning haqiqiy, rahmoniy mohiyatidan qo‘rqitish va ularga bu dinning go‘zalligini anglashga to‘sqinlik qilish.
Haqiqiy Islom bu adolat, rahm-shafqat va insof dini.
Islom shari’ati sud tizimi bu shaxsiy huquqlarni ham, ijtimoiy manfaatlarni ham himoya qiladigan adolatli tizimdir. Har bir musulmonning burchi shuki, u Islomning asl, insoniy va adolatli qiyofasini dunyoga tanitsin, toki mustamlakachilik va g‘ayriinsoniy loyihalarning soyasi yo‘qolsin.
