ISHID; Islom ummatining birligi va xavfsizligiga tahdid! Birinchi qism

G’ayas-ud-Din Ghori

ISHID nomli bu qora hodisani butunlay yangi bir harakat deb bo‘lmaydi; balki uning fikriy, e’tiqodiy va xulqiy ildizlari Islomning avvalgi davrida “Xavorij” nomi bilan tanilgan guruhga borib taqaladi. Qandayki, Xavorij dinni yuzaki va ifrot talqin qilib, musulmonlarning birlik va birodarlik rishtalarini uzib yuborgan bo‘lsa, bugun ham ISHID o‘sha fikr va yomon amallar bilan ummatning xavfsizligi va birligini tahdid ostiga qo‘ygan.

Tarix davomida ayon bo‘ldiki, bu takfirchi guruh nafaqat Islomni badnom qildi va ummat tanasiga zaharli ildizlar yoydi, balki musulmonlar orasida fitna va ixtilof olovini ham yoqib yubordi. Dushmanlarning eng muhim strategik maqsadlaridan biri ham shundan iborat ediki, ana shunday guruhlar yordamida tafriqa chiqarib, muqaddas Islomni badnom qilsinlar.

Agar bu guruhni diqqat bilan tahlil qilsak, Xavorij (sadr Islom davri) va bugungi Xavorij (ISHID)ning fikriy va tarixiy ildizlari bir manbadan suv ichganini ko‘ramiz. Masalan, o‘sha davr Xavorijlarining mashhur shiori “La hukma illa lillah” edi. Ammo bu shiorni noto‘g‘ri, mutlaq va ifrot tarzda sharhlash ularni musulmonlarni keng ko‘lamda takfir qilishga va islomiy jamiyatga qarshi urushishga undadi.

Qur’oni karim va Sunnatdan chuqur fahmga ega bo‘lmaslik, fikriy tahlil qilolmaslik, solih musulmonlarni keng ko‘lamda takfir qilish, ifrot darajada zo‘ravonlikka yuz tutish, lekin haqiqiy kofirlarga nisbatan yumshoqlik ko‘rsatish, adolatli imomga qarshi chiqish va jamiyatda fitna chiqarish  bu guruhning yaqqol xususiyatlaridan edi.

Ularning botil e’tiqod va qarashlari hatto ulug‘ Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ham e’tiroz qilish darajasiga yetdi va u zotning buyuk amallarini o‘zlari uchun maqbul deb bilmadilar. Bu guruh tarix davomida doimo ummatning ulug‘ shaxsiyatlarini, haqiqiy olimlarni va ixlosli da’vatkorlarni bostirishga va shahid qilishga intilgan.

Bugungi Xavorij ya’ni ISHID ham o‘sha xavorijiy g‘oyaning davomchisi ekanini ko‘rsatmoqda; ular yahudiylar, masihiylar va Islom dushmanlari yordamida Islom ildizlariga tig‘ urmoqda va muqaddas Islom dinini jahon ko‘z o‘ngida zo‘ravon va terrorchi din sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Ularning eng katta sa’y-harakatlari — ummatning najot siri bo‘lgan birlikni yo‘q qilish va musulmonlarning izzatini sindirishdir.

Bugungi davrda hamma uchun ayon bo‘ldiki, dushman dinni chuqur tushunmagan bunday ifrotchi va johil shaxslarni yaratib, ularga yordam berib, Islom tanasiga eng katta zarbani berdi. Ko‘plab islomiy yurtlarda aynan mana shu xavorijlar haqiqiy mujohidlarni bostirish va ummatni parchalash vositasiga aylanishdi. Uning misollarini Suriyada va boshqa hududlarda ko‘rish mumkin.

Afg‘onistonda AQSh bosqini davrida dushmanlar muvaffaqiyatsiz fitna doirasida ISHID Xuroson degan bir shoxcha yaratdilar. Maqsadlari esa  Emomati Islomiy mujohidlarining fidokorona jihodini zaiflashtirish va begunoh ayol va bolalarni vahshiyona o‘ldirish orqali Islomni rahmsiz, shafqatsiz din sifatida ko‘rsatib, G‘arbning nochor tizimini Afg‘onistonda davom ettirish edi.

Ammo Emomati Islomiy mujohidlari  maqsadi Alloh taoloning roziligi, Islomning ulug‘ligi, islomiy nizom o‘rnatish va islomiy qadriyatlar hamda nomusni ozod qilish bo‘lgan bu fidokorlar  hech qachon bu guruhga haddidan oshishga va sionistlar hamda Islom dushmanlarining istaklarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymadilar.

Mujohidlar ilohiy nusrat va yordami bilan tajovuzkor va bosqinchilarni yerga urdilar va, alhamdulillah, Islom dushmanlari bo‘lmish ISHID ham mag‘lubiyat yoqasiga kelmoqda. Inshoolloh, bundan keyin yahudiylar, nasroniylar va boshqa dushmanlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hech qanday guruhga ulamo va ummat orasida fitna, zulm va ixtilof chiqarishga imkon berilmaydi.

Exit mobile version