IShID jangarilarining motivatsiyasi

Atiqulloh Said

ISHID – bu yirik davlatlar tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun Yaqin Sharqda va dunyoning eng boy neft hududida yaratilgan va moliyalashtirilgan bir jangari guruhdir. Ushbu guruh a’zolari dastlab faqat shariatni amalga oshirish uchun nomigagina kurash boshladilar, ammo o‘z saflarida dinning ahamiyatidan mutlaqo bexabar bo‘lgan tartibsizlik va beqarorlik tufayli noma’lum taqdir bilan yuzma-yuz kelishdi.

 

Ularning yetakchilari aniq emas, ularning rahbarlik joyi dunyoning hech bir yerida ma’lum emas va hatto ISHID jangchilarining hech biri ular kim tomonidan, nima uchun va qanday boshqarilayotganini bilmaydi.

ISHID quyi tabaqasi esa fohishalik va har qanday narsani yo‘qotib bo‘lgan ahvoldadir; ular o‘z oila a’zolarini o‘z do‘stlari tomonidan jinsiy zo‘rlashga uchragan holda ko‘radi, ayollardan biri bir necha jangari bilan nikohlanadi va farzandlari kimdan ekanligi aniq emas. ISHID ning kelajakdagi jangovar kuchi bu beotalar bo‘lib, ular Blackwater (Blokvoter) kabi yovvoyi va qonxo‘r bo‘lib yetishadi.

 

ISHID ning kelajak jangchilarining yagona va asosiy maqsadi o‘z shahvatlarini qanday qondirish va moddiy manfaatlarga erishish bo‘lishi mumkin. Bu maqsad ulardan ko‘r va nodon bir lashkar yasab beradi.

 

Ular na oila, na hayot va na kelajakka ega; demak, shubhasiz, dunyo ularni o‘z manfaati uchun ishlatadigan eng yaxshi razvedka o‘yinchilariga aylanishadi. Hozirda ISHID jaholat va shahvatparastlikka asoslangan holda mintaqa va dunyodagi ko‘plab nodon yoshlarni o‘ziga jalb qilmoqda, ammo ularning barchasining yagona motivatsiyasi faqat shahvatparastlik va moddiyatparastlikdir.

Exit mobile version