Ahmad Aziz
Islomda jihod aniq va muqaddas tushuncha bo‘lib, u aniq shar’iy hukmlar, belgilangan chegaralar va oliy maqsadlarga ega. Bu maqsadlar jumlasiga dinni saqlash, o‘zini himoya qilish, insoniy qadr-qimmatni asrash va adolatni qaror toptirish kiradi. Ammo hozirgi zamonda IShID kabi guruhlar ushbu yuksak va muqaddas tushunchani buzib talqin qilib, jihod nomi ostida zo‘ravonlik, qirg‘in va vayronagarchilikni oqlamoqdalar.
Aslida, bu noto‘g‘ri islomiy guruh (IShID) qilayotgan ish jihod emas; balki din niqobi ostidagi ochiq-oydin aqidaviy og‘ishdir. Islom shariatida jihod muayyan shartlarga, aniq maqsadlarga va qonuniy rahbariyatga bog‘liq bo‘lib, u hech qachon begunoh insonlarni o‘ldirish, musulmonlarni takfir qilish va jamiyatlarni vayron qilish degani emas. Holbuki, IShID so‘nggi yillarda aynan shunday jinoyatlarni sodir etib, ularni jihod deb atamoqda.
IShID jihodni o‘zining siyosiy va fikriy maqsadlariga erishish vositasiga aylantirib, uni axloq, aql va shariat maqosidlaridan ajratib qo‘ydi. Ushbu guruh a’zolaridan ba’zilari IShIDning asl mohiyati va haqiqatidan bexabar bo‘lib, oyat va hadislardan tanlab-parcha qilib foydalanish orqali dinga yuzaki va haddan tashqari ekstremistik tushuncha beradilar.
Butun dunyoga shuni anglatish lozimki, ayollar, bolalar va qariyalarni o‘ldirishga olib keladigan zo‘ravonlik va terrorchilik harakatlari dinimizda mutlaqo o‘rin yo‘q va u Islomdan butunlay yiroqdir. Bunday amallarni sodir etayotgan shaxslar Islom ulamolari tomonidan ochiq va qat’iy qoralanishi, shuningdek, bu kabi keskin va ekstremistik fikrlarning tarqalishiga har qanday yo‘l bilan to‘sqinlik qilinishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, IShID muammosining asosiy ildizi aqidada va dinni tushunish uslubidagi og‘ishdir. Bu adashgan guruh takfirni keng, qoidalarsiz va haddan tashqari darajada qo‘llaydi. Hatto musulmonlarning va haqiqiy Islom ulamolarining qariyb to‘qson foizini kofirga chiqaradi. Ular musulmonlarning qonini osonlik bilan halol deb biladilar va paydo bo‘lganidan buyon butun e’tiborlarini musulmonlarni yo‘q qilishga qaratib kelmoqdalar; bularning barchasini esa o‘zlari uchun jihod deb ataydilar.
Bu kabi harakatlar Islom tarixidagi dastlabki xavorijlar bilan yaqqol o‘xshashlikka ega. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni haddan oshgan va haq yo‘ldan chiqqanlar sifatida ta’riflaganlar. IShIDning harakatlari nafaqat minglab begunoh insonlarning o‘limiga va ko‘chkinchi bo‘lishiga sabab bo‘ldi, balki Islomning muqaddas qiyofasini global miqyosda shikastlab, ummat orasida tafriqa va zaiflikka zamin yaratdi.
IShID muqaddas jihod nomidan suiiste’mol qilib, Islomga eng katta xiyonatni qildi.
Haqiqiy jihod shariat doirasida bo‘ladi, haddan oshish, takfir va qon to‘kishda emas. Diniy ongni mustahkamlash va Islomni to‘g‘ri, muvozanatli hamda asl manbalarga tayangan holda tushunishga qaytish bu xavfli og‘ishgan guruhlarga qarshi kurashning yagona samarali yo‘lidir.
