IShID sayohati; Iroqdagi yuksalishdan Afg’onistondagi mag’lubiyatgacha

Farhod Forotan

IShID nomi bilan tanilgan guruh Yaqin Sharqdagi inqirozlar va beqarorliklardan paydo bo‘lgan eng ekstremistik va shafqatsiz guruhlardan biridir. Bu guruh dastlab Iroqda yuzaga kelib, markaziy hukumatning zaifligi, siyosiy bo‘shliqlar va diniy hamda etnik mojarolardan foydalanib, tezkorlik bilan kuchayib, keng hududlarni o‘z nazorati ostiga oldi.

 

Biroq, bu guruhning maqsadlari faqat Iroq bilan cheklanib qolmadi. U tezda o‘z faoliyatini Suriyaga va keyinchalik boshqa hududlarga, xususan, Afg‘oniston va Markaziy Osiyoga kengaytirdi.

 

Afg‘onistonda IShID ning paydo bo‘lishi mamlakat xavfsizlik vaziyatini yanada murakkablashtirdi. Ushbu guruh respublika tizimi va xalqaro ko‘mak mavjud bo‘lgan bir paytda, xavfsizlikning zaifligi, ichki muammolar va mintaqaviy mojarolardan foydalangan holda o‘ziga joy topishga harakat qildi.

 

IShID o‘zini o‘rnini mustahkamlash uchun xudkush hujumlar va ommaviy qirg‘in kabi vahshiyona taktikalardan foydalandi, lekin muvaffaqiyatga erisha olmadi.

 

Amorat Islomiy qaytgandan so‘ng, IShID taraqqiy qilish o‘rniga kun sayin zaiflashdi. Qayerda bosh ko‘tarsa, bostirildi va qaysi rejani tuzsa, barbod qilindi. Natijada, qo‘shni davlatlarga qochishga majbur bo‘lib, faqat tarqoq holatda o‘z tarafdorlarini mamnun qilish uchun zararli faoliyat olib bormoqda.

 

IShID ning “Iroq va Shom Islomiy Davlati” nomi ostida paydo bo‘lishi zamonaviy dunyoning eng katta xavfsizlik va ijtimoiy muammolaridan biri bo‘ldi. Ushbu guruh avvalo Iroqdagi siyosiy, diniy va ijtimoiy bo‘shliqlardan foydalanib, kuchaygan va keyinchalik yashirin razvedka ko‘magida Afg‘onistonga kirishga harakat qilgan. Ammo Afg‘onistonning sharoiti Iroqdan tubdan farq qiladi, bu esa DAIShning bu mamlakatda mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Quyida bu farqlarni bayon qilamiz:

 

1- Har ikkala mamlakatning markaziy hukumati kuchidagi farqlar:

Iroqda markaziy hukumatning zaifligi va mavjud bo‘shliqlar IShID ning taraqqiyoti uchun asosiy omil bo‘ldi. Baas rejimi qulagandan va Saddam Husayn chetlashtirilgandan so‘ng, Iroq hukumatining tuzilmasi juda zaiflashdi. Jiddiy siyosiy kelishmovchiliklar, keng tarqalgan korrupsiya va uyg‘unlikning yo‘qligi DAIShning turli hududlarga kirib kelishi uchun imkoniyat yaratdi.

Iroq hukumati zaifligi shu darajada ediki, 2014-yilda Mosul shahri IShID tomonidan egallanganda, davlat kuchlari tomonidan sezilarli qarshilik ko‘rsatilmagan edi.

 

Ammo Afg‘onistonda respublika tizimi qulagandan va Amorat Islomiy qaytgandan keyin, kuchli markaziy hukumat shakllandi. Bu hukumat turli inqirozlardan mamlakatni birlikka yo‘naltirib, IShID hamda boshqa barcha dushmanlarni yo‘q qildi. Amorat Islomiy o‘zining uzoq muddatli partizan urushlari tajribasidan foydalanib, turli hududlarni nazoratga oldi va boshqa guruhlar kabi bo‘linib ketmadi.

 

2- Har ikkala mamlakatning etnik va diniy tuzilmasidagi farqlar:

Iroqda, ayniqsa AQShning hujumidan keyin, shialar va sunniylar o‘rtasidagi chuqur kelishmovchiliklar katta norozilikni keltirib chiqardi. IShID bu norozilikdan foydalanib, o‘zini sunniylarning himoyachisi sifatida ko‘rsatdi.

Ammo Afg‘onistonda bunday diniy bo‘linmalar yo‘q. Jamiyatning aksariyati sunniy musulmonlar bo‘lib, ozchiliklar ham diniy huquqlarga ega. Afg‘onistonning ijtimoiy tuzilmasi islomiy birodarlikka asoslangan bo‘lib, bu IShID ning kirib kelishiga to‘sqinlik qilmoqda.

 

3- Moliya resurslariga kirish imkoniyati farqlari:

IShID Iroqda neft resurslarini nazorat qilish orqali katta daromadga ega bo‘ldi. Iroq dunyodagi eng yirik neftga boy mamlakatlardan biri bo‘lib, IShID 2014-2016-yillarda Mosul va Kirkuk kabi hududlarni egallash orqali noqonuniy neft savdosidan katta daromad oldi.

Ammo Afg‘onistonda IShID hech qanday katta moliyaviy resursga ega bo‘lmadi. Moliya resurslarining yo‘qligi IShID ning Afg‘onistondagi eng katta muammolaridan biri edi.

 

4- Ikkala mamlakatning media kuchidagi farqlar:

IShID Iroqda professional reklama va media mahsulotlari orqali ko‘plab xalqaro tarafdorlarni jalb qildi. Ammo Afg‘onistonda, ayrim yollanma OAVlarning reklamasiga qaramasdan, ushbu guruhning media kirish imkoniyati juda cheklangan edi.

 

Xulosa qilib aytish mumkinki, IShID ning Iroqda kuchayishi ushbu mamlakatning o‘ziga xos siyosiy va ijtimoiy sharoitlari bilan bog‘liq edi. Ammo Afg‘onistonda sharoit butunlay boshqacha edi. Amorat Islomiyning IShIDga qarshi dushmanligi, diniy bo‘linmalarning yo‘qligi va moliyaviy cheklovlar ushbu guruhning Afg‘onistonda tarqalishiga to‘sqinlik qildi. Iroqda o‘zini kuchli ko‘rsatgan IShID Afg‘onistonda zaiflashdi va yo‘q qilindi. Bu guruhning kelajagi ushbu mamlakatda ko‘rinmayapti.

leave a reply