ISHID; Xalifasiz Xalifalik Ikkinchi qism

Suroosh Niksir

Mag‘lub bo‘lgan tuzilma; (ISHID) DAISh rahbariyatidagi ziddiyatlar

Ekstremistik (ISHID) DAISh guruhi o‘z qudratining cho‘qqisida “islomiy xalifalikni tiklash” da’vosi bilan qirg‘in va vahshiylik orqali butun dunyoni qo‘rqitdi. Biroq bu go‘yoki uyushgan ko‘rinishning ortida, tartibsiz va ziddiyatli tuzilma yashiringan edi, bu esa oxir-oqibat uning qulashiga olib keldi. Ushbu maqolada (ISHID) DAIShning qulashi sabab bo‘lgan ikki asosiy ustun rahbarlarning qochishi va o‘ldirilishi, hamda ichki qanotlar o‘rtasidagi hokimiyat kurashi tahlil qilinadi.

Rahbarlarning qulash jarayoni: Xalifalik da’vosidan sahrodagi qochishlargacha

Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘zini “Musulmonlarning xalifasi” deb e’lon qilgan holda, (ISHID) DAISh guruhining rahbari sifatida tanilgan edi. U 2019-yilda AQSh tomonidan Suriyaning Idlib viloyatida o‘tkazilgan operatsiyada qo‘lga tushib, o‘zini portlovchi kamar bilan portlatib o‘ldirdi. Bu, bir vaqtlar Iroq va Suriyaning uchdan birida zolimona hukmronlik qilgan mazkur kimsaning ramziy oxiri bo‘ldi. Uning o‘limi (ISHID) DAISh rahbariyatining qulashiga boshlang‘ich nuqta bo‘ldi.

Qochish, qarshilik emas: Internetda tarqalgan videolarda yaqqol ko‘rinadiki, (ISHID)DAISh rahbarlari inqirozli vaziyatlarda o‘z tarafdorlarini sahroda tashlab, qochishga ustunlik berishadi. Ular zamonaviy avtomobillarda jang maydonini tark etganlar. Bu harakatlar “jon bilan sadoqat” shiorini kulgili holga keltirdi.

Ketma-ket vorislarning o‘ldirilishi: Al-Bag‘dodiydan so‘ng Abu Hasan Hashimiy Qurayshiy va Abu Husayn Husayniy Qurayshiy ham nishonga olingan amaliyotlarda o‘ldirildi. Har safar “xalifalik”ning yirik rahbarlaridan biri halok bo‘lganda, guruh ichida beqarorlik kuchayib borardi. Hattoki, (ISHID) DAISh ba’zi oylar davomida rasmiy vorisini e’lon qilmay faoliyat yuritdi. Shuning uchun, bu guruhga “xalifasiz xalifalik” atamasi to‘liq mos keladi.

Bu beqarorlik “ilohiy tartib” da’vosining yolg‘onligini ochib berdi. Go‘yoki xudo nomidan boshqaruv da’vo qilgan bu guruh oddiy boshqaruv tamoyillarida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Hokimiyat uchun kurash: Xalifalik soyasidagi dushman qanotlar

Yagona va uyg‘un ko‘ringan bayonotlarning ortida (ISHID) DAISh ichki qanotlar o‘rtasidagi keskin ziddiyatlar maydoniga aylangan edi. (ISHID) DAIShning yuqori darajadagi komandirlaridan biri bo‘lgan Abu Raqiya Ansoriy quyidagilarga iqror bo‘lgan:

  1. Iroqliklar va suriyaliklar o‘rtasidagi ziddiyat: Abu Ali Anbariy boshchiligidagi iroqliklar va Abu Umar Shishoniy boshchiligidagi suriyaliklar o‘rtasida resurslarni nazorat qilish va strategiyalar yuzasidan doimiy kelishmovchilik mavjud edi. Bu ziddiyatlar hatto qurolli to‘qnashuvlarga ham sabab bo‘lgan.
  2. Jabhat an-Nusra bilan raqobat: Jabhat an-Nusra (ISHID)DAIShdan ajralgach, ko‘plab suriyalik komandirlar unga qo‘shilishdi. Al-Bag‘dodiy hatto an-Nusra rahbarini o‘ldirish rejasini tuzgan, ammo muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.
  3. Bag‘dodiydan keyin guruh parchalandi: Bag‘dodiy vafotidan so‘ng (ISHID) DAISh markaziy rahbariyatsiz qoldi va bir nechta mustaqil fraksiyalarga bo‘lindi. Ular markazlashmagan, har biri o‘z boshicha harakat qilardi.

DAISh rahbariyatining qulash sabablaridan biri nima?

  1. Haqiqiy qonuniylikning yo‘qligi:(ISHID)DAIShning eng katta zaifliklaridan biri xalq tomonidan berilgan qonuniylikning yo‘qligi edi. Ular xalqning roziligi asosida emas, qo‘rqitish va terror orqali hukmronlik qilar edi. Qo‘rquv yo‘qolgach, sadoqat ham yo‘qoldi.
  2. Bag‘dodiy shaxsiga to‘liq bog‘liqlik: Guruh to‘liq Bag‘dodiy shaxsiga tayangan edi. U o‘lgach, butun tuzilma beqarorlikka yuz tutdi. Yagona shaxsga tayanilgan rahbarlik tizimi rahbar o‘lgach, tuzatib bo‘lmas bo‘shliq yaratadi va bu aynan DAIShda sodir bo‘ldi.
  3. Barqaror mafkuraning yo‘qligi, kuchga bo‘lgan ochko‘zlik: (ISHID) DAISh a’zolari orasida xalifalik ilohiy orzu emas, hokimiyat vositasi bo‘lib qoldi. Har bir qanot ko‘proq hokimiyat istar, bu esa ularni halokatga yetakladi. Barqaror mafkura bo‘lmagani ularni zaharli o‘lim domiga tortdi va do‘zax sari yo‘lladi.

Xulosa:

(ISHID) DAISh xalifalik emas, zo‘ravonlik va betartiblik girdobi bo‘lib chiqdi, hatto ularning “xalifalari” ham aynan shu girdobda halok bo‘lishdi.

Exit mobile version