Ajmal Jalol
ISHID (o‘zini Islom davlati” deb tanitgan guruh) aslida hech bir insoniy tamoyilga va islomiy qadriyatlarga rioya qilmaydigan bir to‘dadir. Ularning amallari na shari’atni ifodalaydi va na insoniyatni. Aksincha, ular vahshat, qon to‘kish, yolg‘on va zulmning namoyishidir. Bu guruh faqat Islom nomini shior sifatida ishlatadi ammo Islomning rahmoniy ruhini butkul o‘ldirgan. Qaysi yerga oyoq qo‘ygan bo‘lsalar qon to‘kkan shaharlarni vayron qilgan, ayollar va bolalarni qulga aylantirgan va insoniyat tanasiga qora tamg‘a bosishgan.
ISHIDNING SHAKLLANISH ORQASIDAGI HAQIQAT:
ISHID 2013–2014-yillar oralig‘ida Iroq va Suriya urushlarining chigallashgan davrida paydo bo‘ldi. Tartibsizliklar, hukumatlarning zaifligi, mazhabiy kelishmovchiliklar va tashqi kuchlarning aralashuvi ularga hududlarni egallash imkonini yaratdi. 2014-yilda ular Mosulni bosib olib xalifat e’lon qildi. Bu ularga kuch bergan nuqta bo‘lsa-da, insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyatlarning boshlanishi ham aynan shu davr edi.
NOHAQ INSONLARNI QATL QILISH:
ISHID odamlarni qo‘rqitish va o‘z kuchini namoyish qilish uchun o‘lim sahnalarini videolarga yozib tarqatardi.
Mosul Raqa Falluja Deyr-az-Zor kabi shaharlarida yuzlab tinch odam faqat fikriy qarshilik sabab o‘ldirilgan.
BMTga ko‘ra, 2014–2017-yillar oralig‘ida ISHID tomonidan 30 mingdan ortiq tinch aholi o‘ldirilgan, 70 mingga yaqini yaralangan.
AYOLLAR VA QIZLARNI QULGA AYLANTIRISH:
ISHID zulmining eng qora bo‘limi ayollar xususan ezidiy ayollarning jinsiy qullikka sotilishi bo‘ldi.
Raqa shahri jinsiy qul bozori sifatida tanilgan edi.
12–13 yoshli qizchalar ham sotuvga qo‘yilgan, ayollar bir necha jangari o‘rtasida bo‘linardi.
Jangarilar bu vahshiylikni jihodun-nikoh deb oqlashga urinib, har qanday e’tiroz qiluvchini murtad deb atar edi.
BOLALARNI JANGGA TAYYORLASH:
ISHID bolalar uchun maxsus lagerlar ochib ularni bomba yasash odam o‘ldirish va bo‘yin kesishga o‘rgatgan.
10 yoshli bolalarga qonga o‘rganish uchun o‘lik jasadlarga tegizish majbur qilingan.
Bu, butun mintaqa uchun xavfli bo‘lgan, shafqatsiz avlod yaratish maqsadini ko‘zlagan.
DIN NOMIDAN SUZISTE’MOL:
ISHID Qur’on oyatlarini buzib talqin qilib, Islomni yovuzlik vositasiga aylantirdi.
Ular bilan rozi bo‘lmagan hamma kofir yoki murtad deb atalar edi.
Ularning amallari dunyoda Islomga nisbatan shubha uyg‘otdi.
MADANIY MEROSNI YO‘Q QILISH:
ISHID Iroq va Suriyadagi Naynava Nimrud Hatra hamda Palmyra kabi nodir tarixiy yodgorliklarni vayron qildi. Bu insoniyatning madaniy xotirasiga qilingan genotsid edi.
JAHONNING JAVOBI:
BMT va xalqaro koalitsiya ISHIDga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi.
2019-yil Suriya Bag‘uz hududi ISHIDning so‘nggi istehkomi sifatida tugatildi.
RUHIY VA FIKRIY ZARAR:
ISHID zo‘ravonliklari sabab dunyoda ko‘plab odamlar Islomga shubha bilan qaraydi. Bu, musulmonlar uchun katta fikriy fojiadir.
XULOSA:
ISHID insoniyatga qilingan qora dog‘dir.
Ayollarni qul qilish, bolalarni miyasi yuvish, odamlarni qatl qilish, madaniy merosni yo‘q qilish va dinni buzish bularning barchasi insoniyat hech qachon qabul qilmaydigan jinoyatlardir.
Islom rahmat, adolat va insof dinidir.
ISHID esa jaholat va zulmning timsolidir.













