Islom ummatining tanazzulga uchrash sabablari II qism

Muftiy Bashir Ahmad Muhajir

Bu Qur’oni Karim oyati:
«Va Allohga va Uning rasuliga itoat qilinglar, o‘zaro tortishmanglar, aks holda kuch-qudratingiz yo‘qolib, zaiflashib qolasizlar. Sabrlik qilinglar! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.» (Anfol surasi, 46-oyat).

Ushbu oyatda Islom ummatiga shunday saboq beriladiki, Alloh taologa va Uning Payg’ambariga (sollallohu alayhi va sallam) to’liq itoat qilish va ichki nizolardan uzoq bo’lish lozim.

Agar bir qavm yoki ummat Alloh taolo va Uning Payg’ambariga itoat qilishni gunoh va isyonga almashtirsa, Alloh u qavmga ikki turdagi azob yuboradi:

1. Ular ustiga umumiy azob tushadi.

2. Zulm qiladigan bir shaxs yoki toifa ularga hukmron bo‘ladi va ularni xorlik va sharmandalikka duchor qiladi; hatto ular qullarning quli bo’lib qoladi.

 

Endi «eng yaxshi ummat» deb ta’riflangan ummatning holatiga nazar solamiz. Bu oxirgi Payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati bo’lib, barcha ummatlarning eng yaxshisidir. Bu ummatning rahbarlari va sardorlari dunyoga ilm, ma’rifat, ong va insoniylik nurlarini olib kelgan edilar. Ushbu ummat yomonlik, buzuqlik, johillik ildizlarini yo’q qilib, axloqni dunyo bo‘ylab tarqatdi. Odamlarga insoniyat haqligini ko’rsatib, zulm bozorlarini yopdi va bir-birining qonini ichadigan dushmanlarni aka-ukalardek bir dasturxon atrofiga yig’di.

Ammo bugungi kunda aql egalarini hayratga soladigan savol tug’iladi: qanday qilib shunday ummat, barcha yaxshiliklarning manbai bo‘lgan, har qanday kofir ularning yaxshi amallaridan ilhomlanib, musulmon bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda zavolga yuz tutmoqda? Ular kun sayin ortga ketmoqda, zaiflashmoqda va inqirozga uchramoqda.

Buning ustiga, bu ummat dunyo bo‘yicha son jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Ularning dini haq bo‘lgan Islomdir. Ammo hozir musulmonlarning hindular diniga o‘tishiga guvoh bo‘lamiz. Bu din johillik, yolg‘on va xurofotga to‘la. Yoki ular o‘z dinlarini tashlab, eski dinlarga kirib ketmoqdalar, hatto bu dinlarning osmoniy kitoblari xurofot bilan to‘lgan bo‘lsa ham. Shu bilan birga, musulmonlar o‘z haqli dinlarini tashlab, «bog‘vonlar»ga sig‘inadilar yoki Botil e’tiqodlarga ergashadilar.

Haqiqiy dinni tark etish va botil dinlarni qabul qilish, yoki Islomiy madaniyatni tashlab, begona madaniyatlarni qabul qilish shundan darak beradiki, ummat o‘zining asosiy maqsadidan uzoqlashgan va arzimas narsalarga chalg’igan. Ular kundan kunga ortga qaytmoqda, diniy bo‘lmagan, buzuq va uyatsiz ishlarga botmoqda.

Islom ummatining zavoliga sabab bo‘lgan omillar qanday?

1. Jihodni tark etish:
Bu juda muhim omil bo‘lib, Islom ummati uni tark etgani tufayli o‘z izzati va qudratini yo‘qotdi. Ular Alloh taolo va Uning Payg’ambariga itoatsizlik qildilar. Ha, jihodni tark etish orqali Islom ummati o‘z tuzumlari va xalifaliklarini yo‘qotdi.

Bugungi kunda ular o‘z vatanida siyosiy hokimiyatni boshqara olmayapti. Ichki nizolar kun sayin ko’paymoqda va ularning kattalari ko‘pincha boshqalar tomonidan boshqariladi.
Endi kimdir Islom ummatini ushbu xorlik va sharmandalikdan qanday chiqarish mumkin deb o‘ylasa, va o‘z tarixini qayta tiklash, Islom qonunlarini butun dunyoda joriy etish, va musulmonlardan tortib olingan yerlarni qaytarish yo‘lini izlaydigan bo‘lsa, bitta xulosaga keladi: faqat jihod bilan bu ish amalga oshadi.

Bugungi kunda musulmonlar qayerda azob chekayotgan bo‘lsa, bu ularning Alloh taoloning muqaddas amri – jihoddan yuz o‘girgani sababli. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) rivoyat qiladi:
«Agar sizlar ribo orqali savdo qilsangiz, sigirlarni boqish bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, faqat dehqonchilik bilan kifoyalansangiz va jihodni tark etsangiz; Alloh sizlarning ustingizga xorlikni yuboradi va bu xorlik sizlardan faqat dinga qaytmaguningizcha olib tashlanmaydi.» (Ahmad va Abu Dovud rivoyati).

Exit mobile version