Abu Asad Afg’oniy
Qonuni qasos hoziratining fitrat yaratuvchisiga mos va hikmatli qonundir. Qasos Islomdagi muhim hudud va jazo hukmlaridan bo‘lib, Quroni Karim uni jamiyatni najotga yetkazuvchi va hayot baxsh etuvchi hukm sifatida ta’riflagan. Qasos hukmining joriy qilinishi cheksiz va adolatsiz intiqom olishlarni yo‘q qilish uchundir, toki jinoyatchi odamlarni o‘ldirishga yoki ularga zarar yetkazishga jur’at qilmasin.
Bu qonun sog‘lom, barqaror, xavfsiz va osoyishta jamiyat yaratish uchun kiritilgan bo‘lib, unda o‘zaro huquqlar va ikki tomonlama mas’uliyatlar kafolatlanadi. Qasos ilohiy qonun sifatida ijtimoiy hayotning muhim ustunlarini qo‘riqlash va insonlarning jon xavfsizligini ta’minlash uchun joriy etilgandir. Alloh taolo inson qonini nihoyatda muqaddas va ulug‘ qilgan. Hajjatul-vado’ xutbasida Rasululloh ﷺ insonning qoni, moli va obro‘sining hurmatini Ka’ba hurmati bilan teng deb e’lon qilganlar.
Qotillik ikki turga bo‘linadi:
- Qasddan qotillik;
- Xato bilan qotillik (fiqhiy jihatdan besh turga bo‘linadi).
Qasddan qotillik qotil to‘liq qasd, reja va iroda bilan bir insonni o‘ldirgan holatdir; xato bilan qotillik esa niyatsiz, adashib bir insonning o‘ldirilishidir.
Birinchi turda qonun shuki: qotilga o‘zi qilgan ishiga teng jazo beriladi ya’ni qisos. Insoniyat tarixining katta qismi shu qonunga amal qilib kelgan. Tarix guvohlik beradiki, qisos qonuni joriy qilingan har bir jamda inson qoni muqaddas qolgan; qisosdan yuz o‘girgan jamlarda esa odam qoni suvdan arzon bo‘lib qolgan, jamiyat tartibsizlik va buzg‘unchilikka yuz tutgan.
Mana shu buzuqlikning oldini olish uchun Alloh taolo qisos qonunini hayot sifatida nozil qilgan. Lug‘atda qasos izni kuzatish degani, shar’iy istilohda esa jinoyatning izini topib, jinoyatchiga o‘zi qilgan zarariga teng jazo berishdir.
Qasos qadimgi insoniyat qonunlaridan biri bo‘lib, insonning ilk avlodlaridan hozirgacha mavjud bo‘lib kelgan. Jahiliyat davrida arablarning odati shunday ediki, agar qabilalaridan bir kishi o‘ldirilsa, qotilning butun qabilasidan odamlarni o‘ldirishga harakat qilardilar. Ba’zan bir odam o‘rniga bir nechta odamni qatl qilardilar. Bu esa uzoq davom etgan urush va vahshiyliklarga sabab bo‘lgan. Mana shu vaziyatda Alloh adolat qonunini nozil qildi. Islom esa qasosni shaxsiy intiqom o‘rnida qonuniy va adolatli doiraga kiritdi.
Islom odamlarning ko‘cha-ko‘yda intiqom bahonasi bilan bir-birini o‘ldirishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu ishni faqat qozining hukmi, mahkama va adolat doirasiga kiritdi. Islom noto‘g‘ri urf-odatlarni bir odam o‘rniga o‘nlab odamlarni o‘ldirishni bekor qildi. Qur’oni Karim Moida surasi 45-oyatda shunday marhamat qiladi:
Nafsga nafs, ko‘zga ko‘z, binga burun, quloqqa quloq, tishga tish va yaralarga ham qisos bor. Kim kechsa bu uning uchun kafforatdir…
Oyatning ma’nosi: jon uchun jon, ko‘z uchun ko‘z, burun uchun burun, quloq uchun quloq, tish uchun tish va yaralar ham qisoslidir. Kim afv etsa bu uning uchun kafforatdir.
Islom aytadiki: sizdan bir kishi o‘ldirilsa, faqat qotildan qasos oling, uning oila a’zosi yoki qabilasidan emas. Qasos shunday adolatli qonunki, bugungacha unga teng keladigan boshqa bir qonun yaratilmagan unda na o‘ldirilgan kishining oilasi norozi qoladi, na jinoyatchi behuda qo‘yib yuboriladi.
Qasos ibratli qonundir boshqalar qotillikka jur’at qilmasin, jamiyatni qon to‘kilishidan asrasin.
Islom har bir masalada haqni o‘lchaydi. Inson qoni masalasida esa marhumning vorislarining haqqi adolat bilan himoya qilingan. Alloh taolo qasosning asosiy falsafasini Baqara surasi 179-oyatda shunday bayon qiladi:
Ey aqlli kishilar! Sizlar uchun qisosda hayot bordir. Shoyadki taqvodor bo‘lsangizlar.
Ya’ni qisosning maqsadi o‘ldirish emas balki jamiyatning hayoti va salomatligini saqlashdir. Qasos shaxs va jamiyat hayotining kafolatidir.
Ba’zi odamlar e’tiroz qiladilar: qisos yana bir insonning o‘limiga sabab bo‘ladi, rahm-shafqat esa hech kim qatl qilinmasligini talab qiladi! Javob shuki: har qanday rahm yaxshi emas. Qotilga rahm qilish begunoh insonlarga zulmdir. Agar qotil qo‘yib yuborilsa, ertaga yana boshqa bir kishini o‘ldiradi, jamiyatda qotillik zanjiri tezlashadi. Demak, qisos insoniyatga do‘stlikdir, dushmanlik emas. Bir jinoyatchining o‘limi o‘nlab begunoh insonlarning hayotini saqlaydi. Bu o‘lim emas balki jamiyatning hayotidir.
Pok va sog‘lom jamiyat din, jon, mol, obro‘, aql va boshqa asosiy huquqlarning saqlanishiga tayanadi. Ushbu tamoyillarni ulamolar jamiyatning poydevorlari deb atashgan. Islomiy jazolarning maqsadi diniy va ijtimoiy tartibni saqlashdir. Bu esa tarbiya va isloh orqali yoki jazo qo‘rquvi bilan odamning jamiyatni buzadigan ishlardan tiyilishida namoyon bo‘ladi.
Afg‘oniston Islomiy Amirati bu mamlakatdagi Islomiy siyosiy tuzum sifatida mana shu asosga binoan nohaq o‘ldirishlarning oldini olish, zolim qotillarni hibsga olish va ibratli qisos jazolarini amalga oshirish shar’iy mas’uliyatini zimmasiga olgan. Alhamdulillah, so‘nggi yillarda turli viloyatlarda qasos jazolari ijro qilinayotganiga guvoh bo‘ldik, bugun ham Xost viloyatida bir qotilga nisbatan qisos hukmi bajarildi.
Bu yerda yana bir muhim masalani eslatish kerak: ayrim kishilar (xususan, ISHID va boshqa isyonchilar) shunday asossiz targ‘ibot tarqatmoqdalar go‘yoki Islomiy Amirat xalqaro bosimlar tufayli hudud va qisoslarni ijro etmayotgan emish! Ammo bugungi ijro shuni isbotladiki, bularning barchasi yolg‘on va puch da’volardir. Islomiy Amirat rahbarlari, ayniqsa sud tizimi bu borada hech bir bosimga bo‘yin egmaydi va hech bir tahdid yoki shart bilan shar’iy jazolardan voz kechmaydi.
Albatta, shuni bilish kerakki, Islom shariati bo‘yicha hudud va qisoslarni ijro qilish uchun maxsus shartlar mavjud. Ba’zan ushbu shartlar to‘liq ta’minlanmaydi va shu sabab ba’zi ishlar bo‘yicha qasos ijro qilinmaydi. Masalan: jinoyatning isbotida qotil shar’iy hukmga ega mahkama oldida o‘z xohishi bilan, majburiyatsiz va zo‘rliksiz jinoyatni tan olishi lozim; yoki ikki adolatli guvoh barcha shartlarga rioya qilib guvohlik berishi kerak.
Bu kabi shar’iy isbot juda qiyindir va o‘nlab ishlar ichida shartlari to‘liq bajarilgan hollari juda kam bo‘ladi.
Yana bir tomondan, fiqhiy qoida: Shubhalar bilan hududlar tushiriladi ya’ni eng kichik shubha bo‘lsa ham hadd va qasos ijro qilinmaydi. Shuningdek, jazosi bir inson hayotining tugashiga sabab bo‘ladigan hukmlarda juda ehtiyot bo‘lish lozim. Shu sabab qisos holatlari son jihatidan kamdir.
Bundan tashqari, bizning jamiyat an’anaviy va urfga asoslangan jamiyatdir. Ko‘pincha oqsoqollar, ulug‘lar va ulamolarning vositachiligi bilan marhumning oilasi qotilni kechiradi bu ham qasos holatlarining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Islomiy Amirat hudud va qisos borasida biron bosimga taslim bo‘ldi, yoki moddiy manfaatlar uchun shariat hukmlarini susaytirdi degan gapning asosiy yo‘q. Amirat o‘zining Islomiy mavqeini shar’iy adolatni ro‘yobga chiqarish yo‘lida oxirigacha himoya qiladi va hudud hamda qisosni shariat qoidalariga muvofiq o‘rnaningda ijro etadi.
