Malik Abdulloh ning Pokistonga safari; parda ortidagi Isroil va AQSh bilan maxfi aloqalar!

Doktor Farhon

Bir necha kun avval Iordaniya qiroli Malik Abdulloh II ikki kunlik rasmiy safar bilan Pokistonga keldi; ko‘plab odamlar uni Islom mamlakatining podshosi sifatida emas balki sionistik rejimning norasmiy vakili sifatida tanishadi.

Mutaxassislarning aytishicha, podsho Abdullohning Pokistonga safari yaqinda yuzaga kelgan voqealar va Pokistonning Afg‘oniston hukumati bilan kelishmovchiliklaridan xoli emas; chunki ko‘plab tahlilchilarning ta’kidlashicha bu buzg‘unchiliklar Pokistonning ichidan emas tashqaridan buyuriladi va tashkil qilinadi.

Shu bilan birga pokistonlik senator Molana Ato-ur-Rahmon ham Pokistonning yaqinda Afg‘onistonga qilgan hujumi tashqi kuchlarning buyrug‘i ekanini aytib, Afg‘oniston bilan urush xalqning xohishi emas balki bu mamlakatning armiyasi orqali ijro etilayotgan buyuk kuchlar ssenariysi ekanini qo‘shimcha qildi.

Iordaniya podshosining Pokistonda bo‘lishi Pokistonning sionistik rejim bilan yashirin aloqalarining bir namunasi; ayniqsa shu kunlarda Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada Pokiston pavilyonida isroillik vakilning ishtiroki ham katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Londondagi xalqaro ko‘rgazmadan tarqalgan qisqa video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Unda Isroil Turizm vazirligining bosh rahbari Pokiston pavilyoniga kelgani va uni Pokiston bosh vazirining turizm bo‘yicha maslahatchisi Sardar Ilyos Xon samimiy kutib olgani ko‘rinadi.

Mashhur siyosiy tahlilchi Maykl Kugelmann bu uchrashuv haqida shunday deydi: Pokistonlik rasmiylarning isroillik amaldor bilan uchrashuvi va undan keyingi shov-shuv Pokiston jamoatchiligi fikri bilan hokim elita xulqi o‘rtasida chuqur tafovut borligini ko‘rsatmoqda.

Uning aytishicha garchi Pokiston xalqi sionistik rejimga nisbatan salbiy qarashga ega bo‘lsa-da, bu mamlakatning rasmiylari va harbiy doiralari so‘nggi yillarda Isroil bilan turli norasmiy aloqalarni davom ettirib kelgan.

Ammo Pokistonning so‘nggi harakatlarida faqat sionistik rejim emas, AQShning ochiq ishtiroki ham ko‘rinmoqda. Bu da’voni bir necha kun avval New York Timesda chop etilgan hisobot yanada mustahkamladi; hisobotga ko‘ra Pokiston Trampning e’tiborini jalb qilish uchun millionlab dollar sarflagan.

Bularning barchasi Pokiston xalqi qashshoqlik ishsizlik va iqtisodiy inqiroz bilan kurashayotgan bir paytda yuz bermoqda; Pokiston Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasidan eng ko‘p qarz oluvchi davlatlar qatorida turadi. Ammo Islomobod hukumati Vashingtonda lobbichilik qilish uchun millionlab dollar ajratmoqda.

New York Timesning ma’lumotiga ko‘ra bu ulkan mablag‘larning maqsadi Donald Trampning e’tibori va roziligini qo‘lga kiritish edi; bu rozilik esa Afg‘oniston hududiga hujum qilish va mintaqa xavfsizligini izdan chiqarish uchun ishlatilmoqda shunda hukmdorlar o‘z hukmronlik umrini mazlum Pokiston xalqi ustida bir oz bo‘lsa ham cho‘zib olishlari mumkin.

Malik Abdullohning Pokistonga kelishi isroillik vakilning pokistonlik tomon bilan uchrashuvi hamda New York Timesning Pokiston Trampning e’tiborini qozonish uchun millionlab dollar sarflagani haqidagi hisobotlari har qachongidan ko‘ra aniqroq tarzda Pokiston harbiy rejimi rasmiylarining asl yuzini fosh qildi. Endi nafaqat oddiy xalq balki ayrim hukumat amaldorlari ham Pokistonning Falastin xalqining orzulariga xiyonat qilayotganini aytmoqda.

Shu munosabat bilan pokistonlik senator Mushtoq Ahmad Xon o‘zining X sahifasida harbiy rejim rasmiylariga murojaat qilib shunday yozdi:

Tramp oshiq­lari yoki Tramp qullari! Kim sionistik rejimning do‘sti bo‘lsa u xoin xoin!

Ha; Pokiston xoin. Diniga xoin o‘z millatiga xoin mazlum Falastin xalqiga xoin va sionistik rejim bilan Falastin o‘rtasidagi urushda mazlum falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagan barcha vijdonli insonlarga xoin.

Exit mobile version